Ieee 802. 11 standartlarini o’rganish, ieee 802. 11a ieee 802. 11b ieee 802. 11g. Topshirdi


DVB-T2 eski DVB-Tdan qanday farq qiladi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə6/7
tarix23.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#120636
1   2   3   4   5   6   7
sim RAMZ

DVB-T2 eski DVB-Tdan qanday farq qiladi
Texnik nuqtai nazardan, DVB-T 1 ta transport oqimini uzatadi, 2-avlod standarti esa bir nechta uzatishga qodir. Har bitta shunday oqim multipleksda joylashgan bo‘ladi va fizik qatlam kanalini (PLP) hosil qiladi.
Oddiy qilib aytganda, DVB-T2 va DVB-T o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat:

  • teleradiokompaniyalarga yuklanganlik kamaygan holda televizion tasvirlarining yuqori sifatliligini;

  • bitta chastota diapazonidagi kanallar sonining ko‘payishi (ko‘proq telekanallar efirga uzatilishi mumkin);

Standartning ikkinchi turi takomillashtirildi. Teleradioeshittirish tarmog‘ining mumkin bo‘lgan maksimal sig‘imi kengaytirildi va boshqa texnik parametrlar yaxshilandi. Agar biron sababga ko‘ra tyuner DVB signalini qabul qilishga moslashtirilmagan bo‘lsa yoki eski televizor raqamli televizorni umuman qo‘llab-quvvatlamasa nima qilish kerak? Antenna (televizor pristavkasi) bilan raqamli televideniye qabul qilgichni sotib oling. Bu qurilma juda arzon, shuning uchun jiddiy muammolar paydo bo‘lmasligi kerak.

Yangi DVB-T2 va MPEG-4 kanal kodlash texnologiyasining kombinatsiyasi ko‘p dasturli efir teleko‘rsatuvi operatorlari uchun raqamli televideniyaning sifatini sezilarli darajada oshiradi, chunki bu bitta 8 MHz chastota kengligida uzatiladigan dasturlar sonini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, chastota bilan taʼminlashda mavjud qiyinchiliklarni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasida raqamli eshittirishni joriy etish surʼatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
8MHz chastota diapazonida MPEG-2/DVB-T kombinatsiyasidan foydalanilganda, standart sifatdagi 9-11 TV dasturlarni yoki 2-3 ta yuqori sifatli dastur paketi uzatilishi mumkin. Shu bilan birga, paketdagi teledasturlarning maksimal soni kontent turiga (yangiliklar, sport, animatsiya, filmlar va boshqalar) va statistik remultiplekslash funksiyasining samaradorligiga bog‘liq. MPEG-4 siqish standarti va DVB-T2 standartidan foydalanganda paketdagi standart ta'rifli dasturlar soni 15-16 tagacha ko‘tariladi.
DVB-C standarti
DVB-C Yevropa raqamli kabel televideniyesi standartidir. Yevropada sotish uchun mo‘ljallangan zamonaviy televizorlarning deyarli barcha modellari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu standartga ega tyuner kabel televideniyesi provayderlari tomonidan ishlatiladigan signalni to‘g‘ri qayta ishlashga qodir.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin