Qisqa Shart Operatorlari.
C++ dasturlash tilini shunday bir imkoniyati borki bular birini imkoniyati shart operatorini qisqartirib . yozishdan iborat. Quyidagi formulani yod oling.
o'zgaruvchi= (shart) ? shart to'g'ri bo'lsa: shart notug'ri bo'lsa;
Quyidagi kodga e'tibor bering.
#include
using namespace std;
int main() {
int time = 20;
if (time < 18) {
cout << "Hayirli Kun.";
} else {
cout << "Hayirli Kech.";
}
return 0;
}
Qisqa tartibda yozish.
#include
using namespace std;
int main() {
int time = 20;
string result = (time < 18) ? "Hayirli Kun." : "Hayirli Kech."; cout << result;
return 0;
}
Hayirli Kech.
3.Massivlar
Massiv - bir xil ma'lumot turiga ega bo'lib bir nechta o'zgaruvchini har birini alohida e'lon qilish o'rniga. Bir o'zgaruvchiga bir nechta qiymat saqlash uchun ishlatiladi.
Massiv e'lon qilishda o'zgaruvchi turini aniqlang va shu bilan birga unga saqlanadigan element turlarini aniqlang.
string massiv[4];
Endi biz to'rta qiymatni o'ziga saqlash uchun mujjallangan massivni e'lon qildik. unga qiymat yuklash uchun qiymatlarni virgul bilan ajratib figurniy qavus ichida yoziladi. Quyidagiga e'tibor bering.
string massiv[4] = {"Master", "Sherkulov", "CPP", "course"};
Uchta butun sondan iborat qator yaratish uchun siz quyidagicha yozingiz zarur bo'ladi.
int myNum[3] = {913, 15, 96};
Eslatma: Massiv indekslari 0 dan boshlanadi: [0] birinchi element. [1] ikkinchi element va boshqalar.
#include
#include
using namespace std;
int main() {
string massiv[4] = {"Master", "Sherkulov", "CPP", "course"}; cout << massiv[0];
return 0;
}
Master
Dostları ilə paylaş: |