Immunitet turlari. Immunitet 2 turga bo‘linadi:
1. Tug‘ma immunitet – onadan bolaga beriladi. Lekin bu immunitet bolaning birinchi yoshidayoq, hatto birinchi oylaridayoq o‘z kuchini yo‘qotadi.
2. Odam hayoti davomida orttirilgan immunitet.
Orttirilgan immunitet o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi:
1) orttirilgan tabiiy faol immunitet. Odam biron bir yuqumli kasallik bilan xastalanib tuzalgandan keyin tanasida ana shu yuqumli kasallikni qo‘zg‘atadigan mikrob (virus)ga qarshi hosil bo‘ladi. Buning natijasida bu odam butun umri davomida ana shu yuqumli kasallik bilan hech qachon takror kasallanmaydi. Masalan: Qizamiq, qora chechak, tepki, bo‘g‘ma, ko‘k yo‘tal kabilar. Lekin, ta’kidlash lozimki, hamma yuqumli kasalliklarning mikroblariga qarshi immunitet hosil bo‘lavermaydi. Masalan, gripp, ichbu-rug‘,yuqumli gepatitning A,C turlari va boshqa kasalliklar bilan kasallanib tuzalgan odamda bu kasallik mikrobi, virusiga qarshi immunitet hosil bo‘lmaydi. Shu sababli odam bu kasallik bilan takror kasallanishi mumkin.
2) orttirilgan sun`iy faol immunitet. Sog‘lom odamni (asosan bolalarni) maxsus tayyorlangan vaksinalar bilan emlash natijasida sun`iy usul bilan immunitet hosil qilinadi.
O`zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda chaqaloq tug‘il-ganining birinchi kunidan boshlab 46 yoshgacha 8 xil yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar bilan emlash o‘tkaziladi.
Bu kasalliklar quyidagilar: 1. Virusli gepatitning B turi, 2. Silga qarshi. 3. Poliomiyelitga qarshi. 4. Difteriya. 5. Qoqshol. 6. Ko‘k yo‘talga qarshi. 7. Qizamiqqa qarshi. 8. Epidemik parotitga qarshi.
Passiv (nofaol) immunitet. Odam og‘ir kechadigan yuqumli kasallik bilan kasallanganda uni davolash maqsadida maxsus zardob yoki gammaglobulin yuborish natijasida passiv (nofaol) immunitet hosil qilinadi.
Zardob va gammaglobulin tarkibida yuqumli kasallik mik-robi (virusi)ga qarshi tayyor antitela, antitoksinlar bo‘ladi.
Gammaglobulin davolash maqsadida qo’llanishidan tash-qari, aholi orasida biror yuqumli kasallik tarqalganida uning oldini olish (profilaktika) maqsadida, asosan yosh bolalarga qo‘llanadi.
Zardob, gammaglobulin yuborish yo‘li bilan hosil qilingan passiv immunitet odam organizmida qisqa muddat saqlanadi (ko‘pi bilan 1-2 oy).
Dostları ilə paylaş: |