Ii. Asosiy qism



Yüklə 189,63 Kb.
səhifə5/5
tarix02.01.2022
ölçüsü189,63 Kb.
#37749
1   2   3   4   5
II. asosiy qism

Bufer xossalar kuchsiz (kam dissostiastiyalangan) kislota va uning kuchli asos bilan xosil qilgan tuzi bor eritmalarga xos. Bunday eritmaga kuchli kislota yoki ishqor qo’shilsa, eritma reakstiyasi suvga shuncha kislota yoki ishqor qo’shilgandagidek kislota yoxud ishqor tomonga ko’p o’zgarmaydi. Buning sababi shuki, qo’shilgan kuchli kislota kuchsiz kislotani asos bilan xosil qilgan birikmalaridan siqib chiqaradi. Bunda eritmada kuchli kislota tuzi va kuchsiz kislota ҳosil bo’ladi. Shunday qilib, bufer eritma aktiv reakstiyaning o’zgarishiga to’sqinlik қiladi. Bufer eritmaga kuchli ishqor qo’shilganda kuchsiz kislota tuzi va suv xosil bo’ladi; shu sababli aktiv reakstiyaning ishqoriy tomonga o’zgarish imkoniyati kamayadi.

qonning bufer xossalari unda bufer sistemalar deb ataluvchi sistemalarni ҳosil qiluvchi quyidagi moddalar borligiga bog’liq;

1) karbonat kislota — natriy bikarbonat (karbonat bufer sistemasi);

2) bir asosli — ikki asosli natriy fosfat (fosfat bufer sistemasi);

3) plazma oqsillari (plazma oqsillarining bufer sistemalari); oqsillar amfotyorlar bo’lgani uchun muxit reakstiyasiga qarab o’zidan gox vodorod, gox gidroksil ionlarini ajrata oladi; 4) gemoglobin va uning kaliyli tuzi (gemoglobinning bufer sistemasi). qonning bo’yoq moddasi — gemoglobinning buferlik xossasi shundan kelib chiqadiki, u H2SO4 ga nisbatan kuchsizroq kislota bo’lgani uchun unga kaliy ionlarini beradi, o’zi esa H ionlarini biriktirib, juda kam dissostiastiyalanuvchn kislotaga aylanib qoladi. qonning bufer xossasining taxminan 75% gemoglobinga bog’liq. qonning aktiv reakstiyasini doim bir xilda saqlashda karbonat va fosfat bufer sistemalarining axamiyati kamroq.

Bufer sistemalar to’qimalarda xam bor, shuning uchun to’qimalardagi pH nisbatan doimiy darajada turadi. To’qimalarning asosiy buferlari oqsillar va fosfatlardir. Bufer sistemalar borligidan ҳujayralarda modda almashinuv prostesslarida xosil bo’lgan karbonat kislota, sut kislotasi, fosfat kislota va boshqa kislotalar to’qimalardan qonga o’tadiyu, uning aktiv reakstiyasini aytarlik o’zgartirmaydi.

Qon bufer sistemalarining xarakterli xossasi shuki, reakstiya kislotali tomondan ko’ra ishqoriy tomonga osonroq o’zgaradi. Masalan, qon plazmasining reakstiyasini ishqoriy tomonga o’zgartirish uchun unga suvga qaraganda 40—70 baravar ortiq natriy ishqori (NaOH) qo’shish kerak. Uning reakstiyasini kislotali tomonga o’zgartish uchun esa unga suvga qaraganda 327 baravar ortiq xlorid kislota qo’shish kerak. Kuchsiz kislotalarning, qondagi ishqoriy tuzlari qonning ishqoriy rezervini xosil qiladi. Karbonat kislota bosimi simob ustuni xisobida 40 mm ga teng bo’lganda, ya’ni alveolyar ҳavodagi karbonat kislotaning odatdagi bosimiga taxminan mos keladigan bosimda 100 ml qon necha kub santimetr karbonat kislotani bog’lab olishiga qarab, qon ishqoriy rezervining miqdorini aniqlash mumkin.

qonda kislota va ishqor ekvivalentlari orasida muayyan va ancha doimiy nisbat borligidan qonning kislota-ishqor muvozanati xaqida gapirish rasm bo’lib ketgan.

Issiqqonli xayvonlar ustida o’tkazilgan tajribalar, shuningdek klinik kuzatishlar yordamida qon pH o’zgarishining xayotga zarar etkazmaydigan chegaralari aniqlangan. pH o’zgarishining shunday chegaralari 7,0—7,8 bo’lsa kerak. pH o’zgarishining bundan ortishi og’ir o’zgarishlarga, ҳatto o’limga olib kelishi mumkin. Odamda pH ning normaga nisbatan uzoq vaqt 0,1—0,2 qadar o’zgarishi ҳam organizmga ҳalokatli bo’lib chiqishi mumkin.

Bufer sistemalar mavjudligiga va organizm qon aktiv reakstiyasining mumkin bo’lgan o’zgarishlaridan yaxshi ҳimoya qilinganligiga qaramay, ba’zi fiziologik va ayniqsa patologik sharoitlarda qonning aktiv reakstiyasi ba’zan kislotalik yoki ishqoriylik tomonga o’zgaradi. Aktiv reakstiyaning kislota tomonga o’zgarishi astidoz, ishqoriy tomonga o’zgarishi- alkaloz deb ataladi.



XULOSA:

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki: dеyarli bаrchа fiziоlоgik jаrаyonlаr bu jаrаyon uchun vоdоrоd iоnlаrini dоimiy kоntsеntrаtsiyasigа egа bo`lgаn muxitdа bоrаdi. pH qiymаtini оshishi yoki kаmаyishi bu jаrаyonni buzilishigа yoki umumаn to`xtаb qоlishigа оlib kеlishi mumkin. Bufеr eritmаlаrdа vоdоrоd iоnlаri kоntsеntrаtsiyasini u yoki bu tоmоngа o`zgаrtirish judа qiyin kеchаdi.

SHundаy qilib bufеr eritmаlаr quyidаgi xоssаlаrgа egа:

Bufеr eritmаlаrdа vоdоrоd iоnlаri kоntsеntrаtsiyasi eritmаning suyultirilishigа bоg`liq emаs.

Bufеr eritmаlаrgаоz miqdоrdа kuchli kislоtа yoki аsоsni kiritilishi vоdоrоd iоnlаri kоntsеntrаtsiyasini sеzilаrsiz dаrаjаdа o`zgаrtirаdi (eritmаning bufеr sig`imi chеgаrаsidа).

Bufer sistemalar to’qimalarda xam bor, shuning uchun to’qimalardagi pH nisbatan doimiy darajada turadi. To’qimalarning asosiy buferlari oqsillar va fosfatlardir. Bufer sistemalar borligidan ҳujayralarda modda almashinuv prostesslarida xosil bo’lgan karbonat kislota, sut kislotasi, fosfat kislota va boshqa kislotalar to’qimalardan qonga o’tadiyu, uning aktiv reakstiyasini aytarlik o’zgartirmaydi.

Issiqqonli xayvonlar ustida o’tkazilgan tajribalar, shuningdek klinik kuzatishlar yordamida qon pH o’zgarishining xayotga zarar etkazmaydigan chegaralari aniqlangan. pH o’zgarishining shunday chegaralari 7,0—7,8 bo’lsa kerak. pH o’zgarishining bundan ortishi og’ir o’zgarishlarga, ҳatto o’limga olib kelishi mumkin. Odamda pH ning normaga nisbatan uzoq vaqt 0,1—0,2 qadar o’zgarishi ҳam organizmga ҳalokatli bo’lib chiqishi mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. OʻzMU. Birinchi jild. Toshkent, 2000

2. Fizikaviy kimyodan amaliy mashg`ulotlar Z.N.Djurayeva

3. Fizik va kolloid kimyodan amaliy mashg`ulotlar o`tkazish qo`llanmasi

4. Analitik kimyo fanidan muammoli maruzalar matni

5. Internet saytlari:

1.www.google.uz.

2.www. google. Chrom.

3. Ziyonet.





Yüklə 189,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin