Ii. Asosiy qism


Prezident taklif etgan besh tashabbusni Urgutda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi



Yüklə 154,82 Kb.
səhifə4/6
tarix22.04.2022
ölçüsü154,82 Kb.
#56039
1   2   3   4   5   6
5 TASHABBUS VA UNING YUKSAK MA’NAVIY MADANIYATNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

Prezident taklif etgan besh tashabbusni Urgutda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi


Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov tomonidan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da besh tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullar va chora-tadbirlar belgilandi, deb xabar berdi “Zarnews”.

Xususan, tumandagi 135 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabini 3 turdagi (rubob, dutor, doira) musiqa asboblari bilan ta’minlash orqali qo‘shimcha 150 ta to‘garak tashkil etiladi. Shuningdek, maktablarda havaskor yoshlar teatr va ansambllari tuziladi.

Tumandagi barcha korxona, tashkilot, muassasalar ishchi-xodimlari, o‘quvchilar, katta yoshdagi aholi o‘rtasida ertalabki gimnastika mashg‘ulotlari, haftada bir kun sport tadbirlari yo‘lga qo‘yiladi.

Urgut markaziy madaniyat va aholi dam olish maskanida, tuman markazidagi musiqa maktabida, amfiteatrda wi-fi hududi tashkil etiladi.

Umumta’lim maktablari, bog‘chalar va mahallalarga 18 mingdan ortiq kitob tarqatiladi.

Tumanning olis qishloqlarida tikuv-trikotaj majmualarini ishga tushirish hisobiga 400 nafar xotin-qizlar ish bilan ta’minlanadi.

Besh tashabbusni Urgutda amalga oshirish doirasida 600 nafar yoshlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish rejalashtirilgan.

Aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarni toʻgʻri yoʻnaltirib, ularni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.


Yüklə 154,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin