Ii. Asosiy qism


TOSHKENT, 3 apr – Sputnik



Yüklə 154,82 Kb.
səhifə5/6
tarix22.04.2022
ölçüsü154,82 Kb.
#56039
1   2   3   4   5   6
5 TASHABBUS VA UNING YUKSAK MA’NAVIY MADANIYATNI TA’MINLASHDAGI O‘RNI

TOSHKENT, 3 apr – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan 5 ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda mazkur dasturlarga kiritilgan takliflar, ularni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Xususan, birinchi tashabbus boʻyicha yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga keng jalb etishga oid dastur loyihasi tayyorlangan. Unga muvofiq, 2019-2020 yillarda 14 dan 30 yoshgacha boʻlgan 2 million nafar yoshlarni madaniyat va sanʼatga jalb etish boʻyicha hududiy “yoʻl xarita”larini tasdiqlash koʻzda tutilgan. Shuningdek, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida qoʻshimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholgʻu, xonandalik, tasviriy sanʼat toʻgaraklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllarini tashkil etish belgilangan. Yangidan quriladigan, rekonstruktsiya va kapital taʼmirlanadigan hamda jihozlanadigan madaniyat markazlari manzilli roʻyxati ham shakllantirilgan.

Davlatz rahbari dastur loyihasida tadbirlarni amalga oshirish mexanizmlari yetarli emasligi, har bir shahar va tumanga ijodiy maslahatchi sifatida biriktirilgan soha namoyandalarining amaliy vazifalari aniq belgilanmaganini qayd etdi.

Hududiy “yoʻl xarita”lari ijrosini tizimli tashkil etish, toʻgarak va sinflarga qamrab olingan bolalarni ragʻbatlantirish, jumladan, har xil tanlovlar oʻtkazish zarurligini taʼkidladi

TAʼmirlash ishlari, shuningdek, madaniyat markazlari, musiqa va sanʼat maktablarini musiqa cholgʻulari bilan taʼminlash uchun tegishli mablagʻ ajratish boʻyicha topshiriq berildi.

Ikkinchi tashabbus yuzasidan tayyorlangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirishga qaratilgan dastur loyihasida yaqin 2 yilda har bir tumanda yengil konstruktsiyali, sendvich panelli kichik sport zallari qurish belgilangan. 

Prezident mavjud va yangi quriladigan sport inshootlariga aholi va yoshlarni kengroq jalb etish, ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazishni koʻpaytirish kerakligini taʼkidladi.   

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019-2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etish va ularda bepul taʼlim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha obʼyektini yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulash koʻzda tutilmoqda.

Yigʻilishda aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan bolalarni toʻgʻri



© PRESS yoʻnaltirib, ularni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish, dasturiy mahsulotlar yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.  -SLUJBA PREZIDENTA UZBEKISTANA.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasi toʻrtinchi tashabbus maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan. Unga koʻra, har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar yetkazib berish koʻzda tutilgan. Shuningdek, axborot-kutubxona markazlarini rekonstruktsiya qilish va kapital taʼmirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalari ochish ham belgilangan.

Beshinchi tashabbus boʻyicha hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini taʼminlash chora-tadbirlari dasturi loyihasi tayyorlangan. 2019-2020 yillarda har bir tumanda yengil konstruktsiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollarni band etish koʻzda tutilmoqda.

Yigʻilishda ushbu korxonalarni puxta hisob-kitob asosida tashkil etish, ularda ishlab chiqariladigan tovarlar bozorini, yaʼni aniq xaridorini topish yuzasidan takliflar bildirildi. 

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari eshitilib, dasturlar loyihalarini takomillashtirish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.


Yüklə 154,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin