Ii. Asosiy qism


KORXONADA IQTISODIY TAHLILNI TASHKILLASHTIRISH SHAKLLARI VA UNING IJROCHILARI



Yüklə 22,42 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2022
ölçüsü22,42 Kb.
#77474
1   2   3   4   5
KORXONALAR IQTISODIY SALOXIYATI TARTIBI, KORSATGICHLAR TIZIMI VA SAMARADORLIK TAHLILI

3. KORXONADA IQTISODIY TAHLILNI TASHKILLASHTIRISH SHAKLLARI VA UNING IJROCHILARI
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi bozor munosabatlariga o‘tkazilmoqda. Bozor munosabatlari davrida korxona va tashkilotlar faoliyatining asosiy natijalari bo‘lib moliyaviy ko‘rsatkichlar shakllanadi. Demak, korxonalarning moliyaviy holati tahlili korxonalarning boshqaruv tizimini takomillashtirishda alohida o‘rin egallaydi.
O‘quv qo‘llanmada xorijiy mamlakatlarning tajribalari, mamlakatimizda bajarilgan ilmiy-amaliy ishlarning natijalari, bozor munosabatlariga o‘tish vazifalari, bozor munosabatlarining samaradorligini ko‘tarish muammolari o‘z ifodasini topgan. Qo‘llanmani tayyorlashda muallif soha mutaxassislarini, talabalarni tahlil asosida faqat moliyaviy ko‘rsatkichlarni hisoblash uslublariga o‘rgatish bilan chegaralanmasdan, bu ko‘rsatkichlarning mazmunini tushunishga, moliyaviy muammolar bo‘yicha o‘ylashga, xulosalar chiqarishga, tavsiyalar ishlab chiqarishga o‘rgatishga intilgan. Shu sababli o‘quv qo‘llanmada ko‘rilgan muammolarni ko‘pchiligiga har tomonlama, batafsil, turli nuqtai nazardan qarash amalga oshirilgan.
Hozirgi paytda iqtisodiy mavzudagi adabiyotlarning tarqalishi, o‘quvchilarga yetib borishi murakkabligi sababli muallif moliyaviy tahlil bo‘yicha chop etilgan asarlarga va boshqa materiallarga ko‘proq e’tibor bergan.
O‘ylaymizki, o‘quv qo‘llanmani o‘qituvchilar, aspirantlar, magisrtlar, bakalavrlar, korxona, tashkilot rahbarlari, xalq xo‘jalik mutaxassislari katta qiziqish bilan qabul qiladilar. Muallif kelgusida ham bu borada ilmiy tadqiqot ishlarni davom etar ekan, hurmatli o‘quvchi va foydalanuvchilarga iltimos qilib, qo‘llanma bo‘yicha o‘z mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini va tavsiyalari Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi, 18-uydagi Tarmoqlararo moliya-bank xodimlari malakasini oshirish institutiga yuborishlarini so‘raydi. Ular muallif tomondan samimiylik bilan qabul qilinadi va kelgusi ishlarda e’tiborga olinadi.
XULOSA
Xulosalar amaliyotga to‘g‘ri kelmaydi, tahlilchilar tomonidan ishlab chi-
qilgan takliflar esa nafaqat korxonaga kerakli bo‘lishi, balki unga ziyon 
keltirishi ham mumkin. Shuning uchun tahlil uchun yig‘ilgan ma’lumot 
yuqori sifatli bo‘lishini tekshirish lozim.
Ma’lumotning tezkorligi. Amalga oshirilgan xo‘jalik jarayonlari 
haqidagi ma’lumotlar qanchalik tez yetkazib berilishi, tahlilni ham shun-
chalik tezkor o‘tkazish mumkinligini, kamchiliklarni, yo‘qotishlarni 
aniqlash va ularni o‘z o‘rnida bartaraf etishni bildiradi. Ma’lumotning 
operativligini oshirish yangi muloqot vositalaridan foydalanish, ularni 
EHM amalga oshirish hisobiga erishiladi.
Ma’lumotning sifatiga beriladigan talablardan biri uni tadqiqotning 
predmeti va obyektiga, ma’lum bir muddatga, ko‘rsatkichlarni hisoblash 
metodologiyasi va boshqa bir qator belgilarga taqqoslanishini ta’min-
lashdir. Oldindan ko‘rsatkichlar taqqoslanishi ta’minlangan bo‘lsa, u 
holda tahlil ancha kam mehnat talab qiladi. Buning uchun butun raqamli 
ma’lumotning sifatliligi tekshirilganidan so‘ng u ko‘rib chiqilgan qo‘lla-
nishlarni ishlatib ma’lum bir ko‘rinishga keltiriladi.
Informatsion bazani shakllantirishda tahlil qilish uchun ma’lumot-
larni osonlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Analitik tadqiqot 
ko‘p xolda bashorat tavsifiga ega bo‘lib, buxgalter hisobotidagi kabi 
aniqlikni talab qilmaydi. Xo‘jalik subyektlari faoliyatiga beriladigan 
umumiy bahoni osonlashtirish maqsadida birlamchi ma’lumotlar ko‘-
pincha o‘rta va nisbiy ko‘rsatkichlar darajasida ko‘rsatiladi.
Va nihoyat, ma’lumot tizimi ratsional bo‘lishi kerak, ya’ni ma’lu-
motni yig‘ish, saqlash va ishlatish uchun ketgan vaqtni kamaytirish 
lozim. Bir tomondan, iqtisodiy jarayonini kompleks tahlil qilish uchun 
har tomonlama ma’lumot talab qilinadi. Agar bunday imkoniyat mavjud 
bo‘lmasa tahlil to‘liq bo‘lmaydi. Boshqa tomondan, ortiqcha ma’lumot 
uni qidirish, yig‘ish va qaror qabul qilish jarayonini uzaytiradi. Ushbu 
talabdan, ma’lumotning foydaliligini tekshirish zarurligi, hamda kerak-
siz ma’lumotlarni chiqarish va kerakli ma’lumotlarni kiritish asosida 
ma’lumotlarni takomillashtirish mumkinligi kelib chiqadi.
Shunday qilib, iqtisodiy tahlilning samaradorligini ta’minlashda za-
ruriy shartlardan biri bo‘lgan iqtisodiy tahlilning ma’lumot tizimi yuqo-
rida qayd etilgan talablarga muvofiq shakllanishi shart.
Tahlilni amalga oshirishda, uning uslubiy ta’minoti ham alohida 
o‘ringa ega. Korxonada qanday tahlil uslubi qo‘llanilishiga qarab, uning 
natijasini aniqlash mumkin. Tahlilning uslubiy ta’minoti bo‘yicha mas’-
uliyat, odatda, korxonada analitik ishni boshqaradigan mutaxassisga 
yuklatiladi. U doimiy ravishda iqtisodiy tahlil metodikasini tahlil soha-
sidagi tajriba va ilm-fan taraqqiyotini o‘rganish asosida takomillash-
tirishi hamda ularni korxonaning har bir segmentida joriy etish, tahlil 
bo‘yicha kadrlarni tayyorlashi va qayta tayyorlash ishlarini amalga 
oshiradi. Mas’uliyatli shaxsni tayyor iqtisodiy-matematik usullarni 
qo‘llab, tezkor va kompleks tarzda hujjatlar asosida faoliyat natijalarini 
o‘rganishni ta’minlovchi tahlil dasturlarini joriy etishi yoki o‘zi ijodiy 
tarzda ishlab chiqishi kabi harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 22,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin