MAVZU: KORXONALAR IQTISODIY SALOXIYATI: TARTIBI, KORSATGICHLAR TIZIMI VA SAMARADORLIK TAHLILI REJA: I.KIRISH II.ASOSIY QISM: 1. KORXONALAR IQTISODIY SALOXIYATI
2. TARTIBI, KORSATGICHLAR TIZIMI VA SAMARADORLIK TAHLILI
3. KORXONADA IQTISODIY TAHLILNI TASHKILLASHTIRISH SHAKLLARI VA UNING IJROCHILARI
III.XULOSA IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH Korxona faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishning natijasi asosan, uning
to‘g‘ri amalga oshirilishiga bog‘liq. Iqtisodiy tahlil qilish qator talablar-
ga javob berishi, ya’ni u reja va yangi metodikaga asoslanishi hamda
analitik jarayon samarasini ta’minlab berishi lozim.
Boshqaruv uchun analitik ishlanmalarni bir tartibda, o‘z vaqtida
hamda tushunarli tarzda yetkazib berishni ta’minlash uchun iqtisodiy
tahlilni tashkil qilish va o‘tkazish jarayonlari quyidagi talablarga asos-
lanadi. Majburiyatlarning taqsimlanishi. Tahlilni amalga oshirish bo‘yicha
majburiyatlar alohida ijrochilarga bo‘lib beriladi hamda u bo‘yicha
mas’ul belgilanadi.
Tahlil kamchiqim, natijasi esa samarali bo‘lishi zarur. Tahlilni
amalga oshirishda tahlilning yangi usullari, ma’lumotni kompyuter tex-
nologiyalari yordamida o‘rganish, ma’lumotni yig‘ish hamda uni saq-
lashning ratsional usullari keng miqyosda ishlatilishi lozim. Natijalardan
esa turli maqsadlarda foydalanish imkoniyati ta’minlanishi shart. U
asosida qabul qilingan qarorlar aniq ijobiy yakunlar bilan tugashi kerak.
Ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojlarni to‘la qondirishga yo‘naltirilishi.
Tahlilni turli subyektlarning informatsion talablarni imkon qadar to‘la
qondirish yo‘llarini hamda tahlilni o‘tkazishga ketgan xarajatlarni
kamaytirish bilan uyg‘unlashtirib olib borish.
Tahlil ishlarini reglamentatsiyalash va unifikatsiya qilish. Regla-
mentatsiyalash har bir ijrochidan majburiy talab qilinadigan jadval va
natija shakllarini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Tahlilni unifikatsiya-
lash (standartizatsiyalash) metodik qo‘llanmalarni, natija shakllarini,
jadvallarni, standart dasturlarni, umumiy baholash mezonlarini ishlab
chiqishni ko‘zda tutadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya qilish tahlil ishlari samarasini
keskin oshiradi.