Reja: yosh maqom ijrochilari tanlovi "registon" maqomchilar guruhi



Yüklə 33,83 Kb.
səhifə1/3
tarix24.10.2023
ölçüsü33,83 Kb.
#160853
  1   2   3
Mavzu maqom ijrochiligining xalqora respublika tanlovlari 3


MAVZU: MAQOM IJROCHILIGINING XALQORA RESPUBLIKA TANLOVLARI


REJA:

  1. YOSH MAQOM IJROCHILARI TANLOVI

  2. "REGISTON" MAQOMCHILAR GURUHI

  3. MAQOM IJROCHILIGI TO’G’RISIDAGI PREZIDENT FARMONI

Yurtimizda yosh maqom ijrochilarining iste'dodi va ijodiy qobiliyatini namoyon etish, o'zbek mumtoz musiqa ijrochilik san'atini yanada yuksak darajaga ko'tarish, milliy maqom san'atini dunyo sahnalariga olib chiqish, iqtidorli yosh maqom ijrochilarini kashf etish, rag'batlantirish va targ'ib etish maqsadida “Yosh maqom ijrochilari” Respublika tanlovi o'tkaziladi..
Tanlov 20-35 yoshgacha bo'lgan maqom ijrochilari orasida 2021 yilning 29 aprel- 8 may kunlari Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutining katta zalida bo'lib o'tadi.
Tanlovda quyidagi 9 ta yo'nalish bo'yicha ishtirok etishingiz mumkin.
"Maqom xonandaligi" yo'nalishi

  1. Ayol ovoz

  2. erkak ovoz

"Maqom cholg'u ijrochiligi" yo'nalishi

  1. Nay, qo'shnay, surnay

  2. Chang, qonun

  3. Qashqar rubobi, ud

  4. Dutor, tanbur, sato

  5. G'ijjak

  6. Doira, nog'ora

  7. Sozandalar ansambli

Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan ijrochilar joriy yilning 20 apreliga qadar O'zbek milliy maqom san'ati markazi hamda Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati institutiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
a) Nomzodning pasport nusxasi;
b) Nomzodning ish yoki o'qish joyi rahbariyati tomonidan berilgan ijodiy tavsifnoma va tasdiqlangan ma'lumotnoma;
v) Nomzodning tarjimai holi;
g) 4 dona (2 dona 3x4 sm va 2 dona 9x12 sm hajmda) rangli fotosurat;
d) Ijro dasturi
Belgilangan muddatdan kechikkan hollarda hujjatlar qabul qilinmaydi. Asarlar yoddan ijro etiladi.
Tanlov g'oliblariga quyidagicha bir martalik pul mukofoti berilishi belgilangan.
Yakkaxon ijrochilar uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 40 barobari miqdorida
bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari miqdorida
bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida
Maqom ansambllari uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 70 barobari miqdorida
bazaviy hisoblash miqdorining 60 barobari miqdorida
bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobari miqdorida

Yüklə 33,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin