Reja: yosh maqom ijrochilari tanlovi "registon" maqomchilar guruhi



Yüklə 33,83 Kb.
səhifə2/3
tarix24.10.2023
ölçüsü33,83 Kb.
#160853
1   2   3
Mavzu maqom ijrochiligining xalqora respublika tanlovlari 3

"Registon" guruhi 2005-yilda mohir sozandalar va yakkaxon xonandadan iborat bo'lgan tarkibda tashkil etilgan professional guruh. Guruhning tashkilotchisi va badiiy rahbari O'zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti, respublika tanlovlari laureati, dutor bas va ud cholg'ulari ijrochisi Zulxorbek Turapov.
Guruh tarkibida iste'dodli, oliy darajadagi usta san'atkorlardan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, respublika tanlovlari g'olibi Komiljon Shermatov (chang, qonun), Maqom ijrochilari respublika tanlovi Gran pri sohibi O'tkir Qodirov (g'ijjak, sato), respublika tanlovi go'libi Nazira Tursunova (rubob prima), respublika tanlovi go'libi Elmurod Shoxakimov (doira, urma zarbli cholg'ular), Davronbek Shermetov (surnay, qo'shnay, bulomon) hamda xushovoz xonanda, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Mohichehra Shomurodovalar faoliyat olib bormoqdalar.
Guruh o'zining ijrochilik faoliyatida o'zbek xalq musiqasini, bastakorlik ijodiyotini va jahon xalqlari musiqasini targ'ib etishga katta e'tibor qaratib kelmoqda. Sozandalar musiqiy asarlarni ijro etish jarayonida ularning milliy jihatlari va beqiyos xususiyatlarini ifodalab berishda talqin etishning o'ziga xos uslubini qo'llamoqdalar.
"Registon" guruhi o'z mahoratlarini YaponiyaBelgiyaGollandiyaAvstriyaQozog'istonLatviyaLitvaMisr Arab Respublikasi va jahonning bir necha mamlakatlarida namoyish etib, yuqori darajadagi tahsinlarga sazovar bo'lib, katta muvaffaqiyatlarga erishdilar.
Jamoaning asosiy maqsadi ijroda musiqaning badiiy mazmuni, o'zbek musiqasining o'ziga xos xususiyatlari, ijrochilik san'atining beqiyos jihatlari hamda badihaviy ijro yo'nalishini ifodalab, milliy cholg'ularning betakror fazilatlarini va ijrochilik imkoniyatlarini musiqa shinavandalariga yetkazib berishdan iboratdir.
Guruh 3 ta CD albomi chiqardi:
CD 1, 2005 y.
CD 2, 2006 y.
CD 3, 2009 y. Shveytsariyaning O'zbekistondagi hamkorlik byurosi ko'magida chiqarilgan.
"Registon" guruhi bir necha Xalqaro hamda Respublika miqyosidagi tadbirlarda qatnashdi. Jumladan:

Yüklə 33,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin