1.Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi
Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm-fan. Yuzaga
kelgan yangi tarixiy shart-
sharoit ilm-fan sohasini tub islohot qilishni taqozo etdi. Zero, dolzarb ilmiy-texnik
muammolar hal qilinishi respublikaning rivojlanishini ta‟minlar edi. Avvalo, Birinchi
Prezident I.A.Karimovning 1992-yil martdagi farmoni bilan ilmiy kadrlar tayyorlanishini
tashkil etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi.
Birinchi PrezidentI.A.Karimovning 1992-yil iyuldagi «Ilm-fanni davlat yo„li bilan
qo„llabquvvatlash va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish to„g„risida»gi farmoni asosida
respublika olimlari xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborilishi yo„lga qo„yildi.
Ilmiy natijalarni ichki va tashqi bozorga olib chiqish bilan shug„ullanuvchi Respublika
ilmiy ishlanmalarni innovatsiya tijorat markazi Fanlar akademiyasi tarkibida tashkil
etildi. 1997-yil Xorazm Ma‟mun akademiyasi qayta tiklanib,
Fanlar akademiyasining
mintaqaviy bo„linmasi sifatida tashkil etildi. 2000-yili Fanlar akademiyasi
Sharqshunoslik institutining qo„lyozmalar fondi dunyoning eng boy qo„lyozmalar
xazinasidan biri sifatida YuNESKO madaniy merosi ro„yxatiga kiritildi. Birinchi
Prezidentning
2006-yil
avgustdagi «Fan va texnologiyalar rivojlanishining
muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida»gi
qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzurida Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni
muvofiqlashtirish qo„mitasi tashkil etildi (bugungi kunda vazirlik). Qo„mitaga fan va
texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo„nalishlarini ishlab chiqish,
akademik va
oliy ta‟lim Innovatsion g„oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi 82
muassasalari
fani
integratsiyalashuviga,
ilmiy
sohadagi
xalqaro
hamkorlikni
rivojlantirishga ko„maklashish kabi vazifalar belgilab qo„yildi. 2008-yildan buyon
Toshkentda innovatsion g„oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi o„tkazib
kelinmoqda. 2008–2015-yillar davomida o„tkazilgan I – VIII yarmarkalar doirasida jami
4000 dan ortiq ishlanmalar taqdim etildi. 2008-yildan buyon umumiy qiymati 113 mlrd.
so„mdan ortiq bo„lgan 3000 dan ziyod shartnomalar tuzildi. O„zbekiston olimlari
demokratik va huquqiy jamiyatning ma‟naviyma‟rifiy va madaniy rivojlanishini tadqiq
qilish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, energetika va energiya xomashyoni tejash,
axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya, kimyo, bio va nanotexnologiyalarni
rivojlantirish, qishloq xo„jaligi, ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish,
tibbiyot,
farma-kologiya, geologiya, geofizika, seysmologiya bo„yicha ma‟lum yutuqlarga erishib
kelmoqda. Arxeologiya fani sohasida ham ma‟lum siljishlar bo„ldi. Jumladan, 2002-
yildan «O„zbekistonda arxeologik tadqiqotlar» yillik to„plamlari nashr etilib, ularda
respublikamiz hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarning umumlashma ilmiy
xulosalari berib boriladi.
2010-yildan esa «O„zbekiston Arxeologiyasi» ilmiy jurnali chop etila boshlandi.
Fanning boshqa yo„nalishlaridagi olimlar ham yirik natijalarni qo„lga kiritishmoqda.
Fanlar akademiyasi O„simlik moddalari kimyosi instituti tomonidan tayyorlangan 10
jildlik «Tabiiy birikmalar (O„simlik zaxiralari, tuzilishi va xossalari)»
nomli noyob
ma‟lumotnoma ingliz tilida Londonda chop etildi. Bu ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlik
rivojlanayot-ganidan ham dalolat beradi. Mustaqillikning dastlabki yillari birgina Fanlar
akademiyasining ilmiy mahsulot eksporti 8,2 martaga ko„paydi. Ilm-fan va ta‟lim
integratsiyasi. O„zbekiston fani va ta‟limi integratsiyasini ta‟minlash borasida ham qator
ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon 2012-yilga qadar Fanlar akademiyasi tizimida
ilmiy-o„quv markazlari tashkil etilishi orqali amalga oshirildi. Jumladan, 2011-yili Fanlar
akademiyasining Fizika-texnika institutida «Qayta tiklanadigan energiya manbalari»
ilmiy-o„quv markazi, 2012-yili Immunologiya institutida «Biotibbiyot» ilmiy-ta‟lim
innovatsion markazi ish boshladi. 83 2012-yildan esa, oliy ta‟lim tizimida ilmiy sektor
rivojini ta‟minlash maqsadida Fanlar akademiyasning 5 ta ilmiy tadqiqot instituti, 4 ta
mintaqaviy ilmiy markazlar ilmiy bo„linma tarzida qayta tashkil etilib, yo„nalishi va
ixtisosliklariga ko„ra ular tegishli oliy ta‟lim muassasalariga o„tkazildi. Fanlar
akademiyasi tuzilmalarini qisqartirish va akademik fan va ta‟lim
integratsiyasini
kuchaytirish maqsadida 2014-yilda 2 ta institut va 1 ta bo„linma oliy ta‟lim muassasalari
qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazlari sifatida tashkil etildi.
O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yildagi «Oliy malakali ilmiy
va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o„tkazish tizimini yanada
takomillashtirish to„g„risida»gi farmoniga muvofiq 2013- yilning 1-yanvaridan boshlab
dissertatsiya himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo„yicha oliy o„quv
yurtidan keyingi ta‟limning bir bosqichli tizimi joriy qilindi. Lekin bu tizim mavjud
xalqaro ilmfan standartlariga to„la mos kelmaganligi, respublikadagi mavjud ilmiy
salohiyatning tushib ketganligi sababli, 2017-yil fevraldan Shavkat Mirziyoev tashabbusi
bilan xalqaro
standartlariga mos keluvchi, falsafa doktori va fan doktori darajalarini
beruvchi ikki bosqichli tizimga o„tildi.
Ilm-fandagi tub islohotlar. 2016– 2017-yillar O„zbekiston ilm-fanida tom ma‟noda
tub islohotlar davri bo„ldi. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2016-
yil 30-dekabr kuni ilk bor mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan
uchrashdi. Uchrashuv natijalariga ko„ra, O„zbekistonda ilm-fanga e‟tibor yanada
kuchayishi belgilandi. Prezidentning 2017-yil 17-fevraldagi «Fanlar akademiyasi
faoliyati, ilmiytadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida»gi qarori asosida 9
ta ilmiytadqiqot
muassasasi Fanlar akademiyasi tarkibiga qaytarildi, qator ilmiy tashkilotlar qayta tashkil
etildi, Fanlar akademiyasining fan yo„nalishlari Ilm-fan xodimlari bilan uchrashuv
bo„yicha 3 ta bo„limi va Navoiy bo„limi tashkil etildi, O„zbekistonning eng yangi tarixi
bo„yicha Jamoatchilik kengashi faoliyati yo„lga qo„yildi.
O„zbekiston Prezidentining 2017-yilda imzolangan «Innovatsion rivojlanish
vazirligini tashkil etish to„g„risida» qarori bilan O„zbekiston Respublikasi Innovatsion
rivojlanish vazirligi tashkil etildi. Mazkur vazirlikning davlat va jamiyat qurilishiga,
iqtisodiyot tarmoqlariga, qishloq xo„jaligiga, ijtimoiy rivojlanishga,
atrof-muhitni
muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish tizimiga innovatsiyalarni joriy etish hamda
ilg„or texnologiyalar joriy etilishini tashabbus qilish, muvofiqlashtirish va rag„batlantirish
sohasidagi asosiy vazifalari belgilab berildi. Fanlar akademiyasi haqiqiy a‟zoligiga oxirgi
saylovlar 1995-yilda o„tkazilgan edi. O„tgan yillar mobaynida akademiklarning soni ikki
martadan ko„proqqa qisqardi va 2017-yilga kelib akademiyaning atigi 63 nafar haqiqiy