O‘zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


Ta‟limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix25.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#102075
1   2   3   4   5
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR

3. Ta‟limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. 
O„zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar 
 


O„zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati. 
O„zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo„lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning 
barcha qlarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Totalitar boshqaruv usuli asosida 
ish yuritilayotgan xalq ta‟limi tizimida ham so„nggi o„n yilliklar davomida yuzaga kelgan 
muammolarni hal etish vazifasi Respublika hukumati hamda mutasaddi tashkilotlarni 
ta‟lim tizimida ham jiddiy o„zgarishlarni amalga oshirishga undadi. Bu boradagi 
sahiharakatlarning samarasi sifatida 1992 yil iyul oyida mustaqil O„zbekistonning ilk 
«Ta‟lim to„g„risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun mazmunida Respublika 
ta‟limi tizimi, uning asosiy yo„nalishlari, maqsad, vazifalari, ta‟lim bosqichlari va 
ularning mohiyati kabi masalalar o„z ifodasini topdi. Biroq, 1997 yilga kelib, O„zbekiston 
Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan 
g„oyalarning amaliyotga tadbiqi tahlil etilganda bu borada muayyan kamchiliklarga yo„l 
qo„yilganligi aniqlandi. 
O„tkazilgan tahlil natijalariga ko„ra, ta‟lim tizimida olib borilayotgan islohot 
aksariyat o„rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega bo„lmaganligi Ma‟lum bo„ldi hamda 
kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish zarurligi belgilandi. Shu bois O„zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida yangi tahrirdagi O„zbekiston 
Respublikasining «Ta‟lim to„g„risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
qabul qilindi. Har qanday mamlakatning kuchi uning fuqarolarining ma‟naviy yetukligi, 
intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma‟naviy yetukligi, 
intellektual salohiyati esa ta‟lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama 
shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma‟naviy shartsharoitlarning mavjudligi, 
jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog„lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, 
shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy 
ehtiqodlari asosida shakllantiriladi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishida 
mazkur jihatlar to„la o„rganildi. Milliy dastur asosini O„zbekistonning taraqqiyotini 
tahminlay oladigan, uni jahonning ilg„or mamlakatlari darajasiga ko„tarilishiga hissa 
qo„shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy 
sifatlarga ega bo„lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O„zbekiston Respublikasining «Ta‟lim 
to„g„risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta‟lim 


tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va 
kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil 
ravishda mo„ljalni to„g„ri ola bilish mahoratiga ega bo„lgan, istiqbol vazifalarini 4 ilgari 
surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo„naltirilgandir 
 
1 . «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning maqsadi – ta‟lim qsini tubdan isloh 
qilish, uni o„tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to„la xalos etish, 
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma‟naviy va axloqiy talablarga javob 
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir 
 
2 . «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ilgari surilgan maqsadning to„laqonli 
ro„yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishiini nazarda tutadi. 
Dasturda bu boradagi vazifalarning quyidagilardan iboratligi ko„rsatiladi: 
- «Ta‟lim to„g„risida»gi O„zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq ta‟lim tizimini 
isloh qilish, davlat va nodavlat ta‟lim muassasalari hamda ta‟lim va kadrlar tayyorlash 
qsida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta‟lim tizimini yagona o„quv, ilmiy-ishlab 
chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni tahminlash;
- ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik 
huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;
- kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan tahminlash, 
pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko„tarish; 
- kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti 
istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning 
zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
- ta‟lim oluvchilarni ma‟naviy axloqiy tarbiyalashning va ma‟rifiy ishlarning samarali 
shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta‟lim va kadrlar tayyorlash, ta‟lim muassasalarini attestatsiyadan o„tkazish va 
akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
- yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta‟limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, 
kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko„rsatishi va barqaror rivojlanishining 
kafolatlarini, ustuvorligini tahminlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini 
yaratish; - ta‟lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini tahminlash, 
tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, 
shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini 
shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; - uzluksiz ta‟lim va kadrlar tayyorlash 
tizimiga byudjetdan tashqari mablag„lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb 
etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; 
- kadrlar tayyorlash qsida o„zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir 
bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi1 nazarda tutiladi. Ushbu vazifalar 
quyidagilardan iboratdir: Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) mavjud kadrlar 
tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish 
va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-
sharoitlarni yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001-2005 yillar) - Milliy dasturni to„liq ro„yobga chiqarish, 
mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda 
unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta‟lim muassasalarini maxsus 


tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to„ldirish tahminlanadi, ularning faoliyatida 
raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» 
maqsadini ro„yobga chiqarishning ikkinchi bosqichda ta‟lim muassasalarining moddiy-
texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o„quv-tarbiya jarayonining 
yuqori sifatli o„quv adabiyotlari va ilg„or pedagogik texnologiyalar bilan tahminlash, 
uzluksiz ta‟lim tizimini axborotlashtirish vazifalarining ham hal etilishi alohida urg„u 
beriladi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to„plangan tajribani tahlil etish 
va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga 
muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu 
bosqichda, yana shuningdek, 
- ta‟lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash; 
- o„quv-tarbiya jarayoni yangi o„quv-uslubiy majmualar, ilg„or pedagogik texnologiyalar 
bilan to„liq tahminlanishi; - milliy (elita) oliy ta‟lim muassasalarini qaror toptirish va 
rivojlantirish; 
- ta‟lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta‟lim tizimi jahon axborot tarmog„iga 
ulanadigan kompg„yuter axborot tarmog„i bilan to„liq qamrab olinishiga erishish kabi 
vazifalarning ham ijobiy yechimi tahminlanadi. O„zbekiston Respublikasi «Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi» tarkibiy tuzilmasi quyidagicha aks etadi( 1 O„sha manba, – 27-
29-betlar. 6 Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.) 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta‟lim-tarbiya jarayoninigina qamrab olmay, 
ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o„z ichiga oladi. Kadrlar tayyorlash 
milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta‟lim, fan va ishlab chiqarish kabi 
tarkibiy qismlarning o„zaro hamkorligi, ular o„rtasidagi o„zaro aloqadorlik asosida 
“yuksak ma‟naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni 
tayyorlash Milliy tizimi” mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi
Kadrlar tayyorlash milliy modeli salmoqli element sifatida fanni o„z ichiga oladi, 
bu sohada: 



tabiat vajamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to„g„risidagi yangi fundamental 
vaamaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyorlash tizimida ommalashtirish, o„rganish 
vafoydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi; 

oliy malakali ilmiy vapedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi; 

kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-tadqiqotjihatidan ta‟minlash infrastrukturasi 
vujudga keltiriladi, ta‟limning axborot tarmoqlarida foydalanish maqsadida bilimning 
turli sahalari bo„yicha axborot bazasi shakillantiriladi; 

mamlakatimiz ilm-fanining jahonilm-faniga integratsiyasi 
sodir 
bo„ladi, 
zamonaviy ilm-fan vatexnologiyalarning eng muhimmuammolarini haletish uchun ilmiy 
yutuqlar vakadrlarni xalqaro miqiyosda almashinuv amalga oshiriladi. 
Nogiron bolalar uchun ta‟lim. Mamlakatimizda rivojlanishida turli nuqsonlari 
bo„lgan hamda davolanishga va sog„lomlashtirishga muhtoj bo„lgan bolalarning 
ijtimoiy kafolatlarini ta‟minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, 
ularning ta‟lim-tarbiya olishlarida moslashuv muhitini yaratish maqsadida 
imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta‟lim muassasalari 
tashkil etilgan.
Bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat 
ta‟lim muassasalari (keyingi o„rinlarda – ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasi) 
rivojlanishida turli nuqsonlari bo„lgan hamda davolanishga va sog„lomlashtirishga 
muhtoj bo„lgan bolalarga ta‟lim-tarbiya berish, korreksiyalash va davolash-
sog„lomlashtirish hamda ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuv ida 
ko„maklashish vazifalarini amalga oshirib kelmoqda. 
Shu bilan birga, rivojlanishida turli nuqsonlari bo„lgan hamda davolanishga va 
sog„lomlashtirishga 
muhtoj 
bo„lgan 
bolalarga 
ta‟lim-tarbiya 
berish, 
sog„lomlashtirish va ijtimoiy muhofaza qilish, shuningdek, ularning ta‟lim-tarbiya 
olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida mavjud ayrim muammo va 
kamchiliklarni 
bartaraf 
etish 
hamda 
olib 
borilayotgan 
ishlarni 
yanada 
takomillashtirishni taqozo etmoqda, shu jumladan:
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida o„quvchilar uchun o„quv-tarbiya 
jarayonini tashkil etishda tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish, ta‟lim-tarbiya 
jarayonlari nuqsonlarni tuzatish (korreksiya)ga yetarli darajada yo„naltirish, 
o„qitish va tarbiyalash jarayonini o„quvchilarning alohida xususiyatlarini hisobga 
olgan holda tashkil etish; 
ixtisoslashtirilgan 
ta‟lim 
muassasalarining 
moddiy-texnik 
bazani 
mustahkamlash bo„yicha qurilish-ta‟mirlash va jihozlash ishlarini talab darajasida 
olib borish; 
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasalarida 10–11-sinf o„quvchilariga kasb-hunar 
o„rgatish, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda 
egallaydigan kasblari bo„yicha mehnat faoliyati bilan shug„ullanishlari uchun keng 
shart-sharoitlar yaratish, mazkur ta‟lim muassasalarni tegishli kasblarni o„rgatish 
uchun zarur jihozlar va xom ashyo materiallari bilan ta‟minlash; 
korreksion pedagogika va defektologiya sohasi pedagoglari, shuningdek, 
ixtisoslashtirilgan ta‟lim muassasasining faoliyat sohasi bo„yicha tegishli qayta 
tayyorlashdan o„tgan oliy ma‟lumotli kadrlar bilan ta‟minlash; 


2020 yil 23 sentabrda O„zbekiston Respublikasi Ta‟lim to„g„risidagi yangi 
Qonuni qabul qilindi. U 75 ta moddadan iboratdir. Yangi qonunga ko„ra ta‟lim 
turlari quyidagilardir. 
7-modda. Ta‟lim turlari 
 
Ta‟lim turlari quyidagilardan iborat: 
 
maktabgacha ta‟lim va tarbiya; 
 
umumiy o„rta va o„rta maxsus ta‟lim; 
 
professional ta‟lim; 
 
oliy ta‟lim; 
 
oliy ta‟limdan keyingi ta‟lim; 
 
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 
 
maktabdan tashqari ta‟lim. 
15-modda. Ta‟lim olish shakllari 
Ta‟lim olish shakllari quyidagilardan iborat: 
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta‟lim olish (kunduzgi); 
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta‟lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy); 
dual ta‟lim; 
oilada ta‟lim olish va mustaqil ta‟lim olish; 
katta yoshdagilarni o„qitish va ularga ta‟lim berish; 
inklyuziv ta‟lim; 
eksternat tartibidagi ta‟lim; 
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash. 
 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin