O‘zbekiston respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


O„zbekiston Respublikasining 2018 yil “Yoshlarga oid davlat siyosati



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix25.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#102075
1   2   3   4   5
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA’LIM SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR

4.O„zbekiston Respublikasining 2018 yil “Yoshlarga oid davlat siyosati 
to„g„risida”gi Qonuni – davlat tomonidan amalga oshiriladigan va yoshlarning 
intellektual, ijodiy salohiyatining ijtimoiy shakllanishi, rivojlanishi uchun sharoit 
yaratishni ta‟minlaydigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar 
tizimi sifatida. 
 
O„zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin mamlakat yoshlarini 
birlashtirish uchun «Yoshlar ittifoqi» tashkiloti tuzildi. Tashkilot yoshlarni o„z plenumi 
va konferensiyalari qarorlarini bajarishga safarbar qilishga urinishi, qarorlarda 
yoshlarning manfaatlari va ehtiyojlari to„la aks etmaganligi natijasida 1996-yilda 
«Yoshlar ittifoqi» tashkiloti tugatilib, O„zbekiston Respublikasi yoshlarining «Kamolot» 
jamg„armasi tuzildi. «Kamolot» jamg„armasining vazifasi yoshlarning manfaat va 
ehtiyojlarini o„rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko„magida 
hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Yoshlar jamg„armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, 
yoshlarning haqiqiy ma‟nodagi yetakchisiga aylana olmadi, deb topildi. 2001-yil 
Toshkentda bo„lgan yoshlar qurultoyida o„zini o„zi boshqaradigan nodavlat, notijorat 
tashkilot – O„zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. 
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, 
jamiyatda munosib o„rnini egallashga ko„maklashish, ularning manfaatlarini himoya 


qilish, yosh yigit-qizlarning o„z aql zakovati, kuch-g„ayratini to„la namoyon etishi uchun 
zarur shartsharoit yaratib berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bo„lishdan 
iboratdir.
Harakatning Qoraqalpog„iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va 
shahar bo„limlari, ta‟lim muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlarida 
boshlang„ich tashkilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 yoshgacha bo„lgan O„zbekiston 
fuqarolarini o„z safl arida ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko„rsatdi. 2017-
yil 30-iyun kuni O„zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida «Kamolot» 
Yoshlar ijtimoiy harakati (YoIH) qurultoyi bo„lib o„tdi. Bu qurultoyda «Kamolot» YoIH 
tashkilot tugatilganligi va «O„zbekiston Yoshlar ittifoqi» tashkil etilganligi e‟lon qilindi. 
Yoshlarning muammolari hamda tashabbuslari O„zbekiston Prezidentining to„g„ridan 
to„g„ri e‟tiborida bo„lishini ta‟minlash maqsadida «O„zbekiston yoshlar ittifoqi» raisi bir 
paytning o„zida Prezidentning Davlat maslahatchisi lavozimida bo„lishi ham belgilab 
qo„yildi.
2017-yil mazkur harakat faoliyati tugatilib, «O„zbekiston yoshlar ittifoqi» tashkil 
etildi. Yoshlarning davlat tomonidan qo„llab-quvvatlanishi. Millat kelajagi ham ma‟nan, 
ham jismonan baqquvat yoshlar qo„lida. O„zbekiston aholisining 60 foizdan ortig„ini 30 
yoshgacha bo„lgan yoshlar tashkil etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki 
davrdanoq yosh avlod ta‟limtarbiyasi, salomatligiga katta e‟tibor berib kelinmoqda. Bu 
dolzarb masala davlat siyosatining eng muhim ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta‟lim sohasidagi jahon andozalariga mos islohotlar, 
aholi salomatligini saqlashga qaratilgan beqiyos ishlarning zamirida ham ana 92 shunday 
mushtarak maqsadlar mujassam. 
1991-yil noyabrda «O„zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining 
asoslari to„g„risida»gi qonun qabul qilindi. 1997-yil O„zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet ellarga o„qishini qo„llab-quvvatlash bo„yicha 
«Umid» jamg„armasini tashkil etish to„g„risida farmoni e‟lon qilindi. O„zbekiston 
Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014-yildagi «O„zbekiston Respublikasida 
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo„shimcha chora-tadbirlar 
to„g„risida»gi qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda yuksak ma‟naviyatli, mustaqil 
va erkin fi krlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o„zlashtirgan har tomonlama 
sog„lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarning mantiqiy davomi 
bo„ldi. Ushbu qaror ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni, 
jumladan, qizlarni intellektual salohiyatini ro„yobga chiqarish uchun yanada keng 
sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Mustaqillik yillarida yosh iqtidorli qizlarning adabiyot, madaniyat, san‟at, fan va 
ta‟lim yo„nalishlarida o„z iste‟dodini, salohiyat va qobiliyatlarini namoyon etishlariga 
imkoniyat yaratib bergan O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1999-yilda 
qabul qilingan «Zulfi ya nomidagi davlat mukofotini ta‟sis etish bo„yicha taklifl arni 
qo„llab-quvvatlash to„g„risida»gi farmoni jamiyat hayotida yetuk mutaxassislar, yetakchi 
va iqtidorli qizlarning shakllanishiga zamin yaratdi. 80 nafarga yaqin xotin-qizlarning 


mumtoz qo„shiqchilik, akademik ijro, estrada, opera, balet, cholg„u ijrochiligi, an‟anaviy 
ijrochilik, raqs yo„nalishlarida «Nihol» mukofoti bilan taqdirlangani tom ma‟noda ularga 
ko„rsatilayotgan yuksak e‟tibor va g„amxo„rlikning yorqin ifodasidir. Yodda tuting! 
2017-yilga kelib 14 yoshdan 22 yoshgacha bo„lgan qizlardan iborat «Zulfi ya» mukofoti 
sovrindorilarning soni 200 dan oshdi. Harbiy xizmatning yoshlar uchun mustahkam 
hayotiy prinsiplar, harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag„batlantirishning 
ahamiyatini, ularning o„qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o„quv yurtlariga 
o„qishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e‟tiborga olib, 2005-yilda 
O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «O„zbekiston Respublikasi Qurolli 
kuchlari 93 safida muddatli harbiy xizmatni o„tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan 
imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida» qarori e‟lon 
qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, O„zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida 
muddatli harbiy xizmatni o„tab bo„lgan fuqarolar uchun respublika oliy o„quv yurtlariga 
o„qishga kirishda test sinovlarida to„planadigan eng ko„p ballning 25 foizi miqdorida 
qo„shimcha ball shaklidagi imtiyoz berish belgilandi. Istiqlol yillarida yoshlarning har 
tomonlama yetuk, barkamol voyaga yetishi uchun mustahkam qonunchilik bazasi 
yaratildi. Xususan, 23 ta qonun va 100 dan ortiq meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, 
hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, yillarga nom berishda ham yoshlarning 
manfaatlari alohida e‟tiborga olindi. Xususan, 2000-yil «Sog„lom avlod yili», 2001-yil 
«Onalar va bolalar yili», 2008-yil «Yoshlar yili», 2010-yil «Barkamol avlod yili», 2014-
yil «Sog„lom bola yili», 2016-yil «Sog„lom ona va bola yili», deb e‟lon qilinib, yaxlit 
chora-tadbirlar dasturlari amalga oshirilgani fikrimiz tasdig„idir. Yoshlarga e‟tiborning 
kuchayishi. 2016-yil «Yoshlarga oid davlat siyosati to„g„risida»gi O„zbekiston 
Respublikasi qonuni qabul qilindi. Unga ko„ra, 30 yoshgacha bo„lgan barcha toifadagi 
shaxslar yoshlar ekanligi qayd etilgan. «Yoshlarga oid davlat siyosati to„g„risida»gi 
qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini ro„yobga chiqarishda 
davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar masuliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada 
sog„lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan choratadbirlar samaradorligini 
yanada oshirishga xizmat qiladi.
Prezidentimizning 2017-yil iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini 
oshirish va O„zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo„llab-quvvatlash to„g„risida»gi 
farmoniga muvofiq, mamlakatimizdagi barcha harbiy akademik litseylarga «Temurbeklar 
maktabi» nomi berildi. Yoshlarni yanada rag„batlantirish maqsadida «Mard o„g„lon» 
mukofoti ta‟sis etildi. Shu yil sentabrda o„quvchilarning aniq fanlarning yuksak 
marralarini zabt etishiga ko„maklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini ro„yobga chiqarish uchun zarur 
shart-sharoitlar yaratish maqsadida O„zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufi da Muhammad al-Xorazmiy 
nomidagi 
axborotkommunikatsiya 
texnologiyalari 
yo„nalishiga 
oid 
fanlarni 
chuqurlashtirib o„qitishga ixtisoslashtirilgan maktab (Al-Xorazmiy maktabi) tashkil 
etildi. Ushbu maktabga o„quvchilar 5-sinfdan boshlab yozma va og„zaki sinov 
natijalariga ko„ra tanlov asosida qabul qilinadi. Mulohaza! «Bugungi dunyo yoshlari – 


son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini 
tashkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson 
bo„lib kamolga yetishi bilan bog„liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o„z 
salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo„ravonlik g„oyasi «virusi» 
tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo„llab-quvvatlash, 
uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko„p tomonlama hamkorlikni 
rivojlantirish lozim, deb hisoblaymiz. Shu munosabat bilan O„zbekiston globallashuv va 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan bugungi sharoitda 
yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan 
xalqaro huquqiy hujjat – BMTning Yoshlar huquqlari to„g„risidagi xalqaro 
konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etadi».deya takidlagan edilar Shavkat 
Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqlarida. 
Ta‟lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik. Kadrlar tayyorlash 
sohasidagi hamkorlikning xalqaro-huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning 
ustuvor yo„nalishlari ro„yobga chiqariladi, xalqaro ta‟lim tizimlari rivojlantiriladi, ilmiy-
pedagog kadrlar, talabalar va o„quvchilar almashish kengayadi. Ta‟lim to„g„risidagi 
milliy hujjatlar xalqaro miqiyosda e‟tirof etilishi uchun asos yaratiladi. Manfaatdor 
vazirliklar va idoralarning, O„zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining 
kadrlar tayyorlash sohasiga chet el investitsiyalarini bevosita va bilvosita keng jalb qilish 
borasidagi faoliyati kuchaytiriladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin