I-BOB Sovet mustabid tuzumining o’rnatilishi va uning Turkiston xalqlari milliy madaniyatiga ta’siri. 1.1. O’zbekiston xalqi madaniyatining og’ir sharoitdagi
taraqqiyoti………………………………………………………11
1.2. XX asr 20 yillarning ikkinchi yarmi va 50 yillar
boshlarida O’zbekistonda xalq ta’limi hamda fan sohasidagi
sovet siyosati…………………………………………………….18
II-BOB. O’zbekistonda 1950-1980 yillardagi ma’naviy, madaniy qaramlik va uning oqibatlari. Qatag’onlikning yangi to’lqini. 2.1. Respublikamiz madaniy – ma’naviy hayotiga
“rivojlangan sotsializm” g’oyasining singdirilishi…………27
2.2. XX asrning 80- yillarida O’zbekiston madaniy
hayotida yuz bergan o’zgarishlar………………………………48
2.3.O’zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi xalqlarning
XX asrning 50-80 yillarida madaniyatdagi ziddiyatlar………55
Xulosa……………………………………………………………59 Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar……………………………62
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil- likka erishgach, biz yaqin – yaqingacha hukmron bo’lgan noinsoniy kommunistik g’oya asoratidan qutilib, o’tmishimizni xolisona baholash, xalqimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan milliy – madaniy qadriyatlarni, yurtimiz ravnaqi, istiqloli va istiqboli uchun kurashganlarni muborak nomlarini qayta tiklash imkoniga ega bo’ldik. “Hoyotimizda qanday o’zgarishlar ro’y berganini baholash uchun, - deydi Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov, - bizga sodiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday tarixiy meros qolganini yana bir karra eslashimiz zarur… Noinsoniy g’oya hukmron bo’lgan mustabid tuzum o’zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaxarlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg’ularini qo’pol ravishda kamsitar, tarixiy haqiqatni buzub ko’rsatar edi. O’z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o’z tarixini bilmaslik ko’plab odamlarning shaxsiy fojeasiga aylanib qolgan edi.”1 Totalitar tuzum tazyiqidan qutulish uchun milliy o’zlikni anglash kishilarni eski tafakkur qoliplaridan xalos qilish lozim bo’ldi. Bu o’lkan ijtimoiy – tarixiy axamiyatga ega vazifa eng avvalo tarixchi olimlar zimmasiga tushadi, chunki: “Ma’naviyatini tiklashi, tug’ilib o’sgan yurtida o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini balan ko’tarib yurishi uchun insonga, albatt, tarixiy xotira kerak… Jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar tasiriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustaxkamlaydi”.2 Tarixiy xotira esa o’tmishni obyektiv baholaydigan, oqni oq,
___________________________
1.Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O`zbekiston, 2000.5 b.
2.Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q// Biz o`z kelajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T. 7.-T.: O`zbekiston, 1999. 138 – 139 b.
qorani qora, deb ko`rsatib bera oladigan, hech qanday g`oyaviy tazyiqsiz xalq, millat manfaatlariga xizmat qila oladigan tadqiqotlar, fikrlar va ilmiy-nazariy qarashlar orqali shakllanadi.
I.A.Karimov tarixchi – olimlar va jurnalistlar bilan uchrashgan vaqtida (1998 yil) “biz shakllantirayotgan jamiyatimiz mafkurasi ham tarix buloqlaridan oziqlanadi”, mutaxassislarimiz o’zaro bahslashgan va turli ilmiy qarashlari surgan holda “davlatimiz, millatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratishlari lozim”,1 deb uqtirdi.
Yurtboshimizning ushbu ko’rsatmasi biz tadqiq etayotgan davrlarga ham taalluqlidir. Darvoqiy, sho’rolar davri tarixi, ayniqsa ijtimoiy – tarixiy jarayonlar ta’siri bois shakillangan yangi usuldagi maktablar, tizimi, ilm, fan, texnika, adabiyot va san’at – madaniyat turli bahslarni, yondashishlarni keltirib chiqarmoqda. Ularning ba’zilari, ko’pincha zimdan, “sotsialistik madaniyat” yoqlansa, ba’zilari esa sho’rolar davridagi yutuqlar butunlay inkor etildi.
Bugun kommunistik g’oya, sho’rolar davlati g’ayriinsoniy, g’ayrimilliy va g’ayrimadaniy maqsadlarni o’z oldiga qo’ygani hammaga ma’lum. Ammo o’tmishni ob’ektiv baholash uchun ushbu umumiy xulosa yetarli emas. Ayrim kishilar ongida saqlanib kelayotgan eski tushunchalarni batamom siqib chiqarish, ularda to’g’ri tarixiy xotirani shakllantirish uchun uchun har bir davrda ro’y bergan fojealarning bor ko’lamini, natijalarini, mohiyati va qoldirgan asoratlarini aniq tahlillarda ochib berish ham zarurdir.