Mundarija bet Kirish


Tadqiqotning davriy chegarasi



Yüklə 372,5 Kb.
səhifə3/9
tarix16.06.2023
ölçüsü372,5 Kb.
#131189
1   2   3   4   5   6   7   8   9
XX – asrning 50 – 3

Tadqiqotning davriy chegarasi. 20 yillarning oxirlariga kelib esa mamlakatda Stalincha ma’muriy – buyruqbozlik boshqarishi o`rnatiladi. Shu yillardan to ikkinchi jahon urushigacha bo`lgan davr xalqimiz tarixida bir tomondan total boshqarish, ma’muriy – buyruqbozlik usulining o`rnatilishi, ommaviy qatag`onlarning uyushtirilishi, madaniy-ijodiy jarayonlar va xalq ta’limi ustidan tor sinfiy yondashuvlarning shakllanishi, ikkinchi tomondan xalqimizning zamonaviy ilm, fan, texnikani egallashga, jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan bahramand bo`lib, yangi hayot qurishga intilishi jo`sh urgan davr bo`ldi. Ushbu davrdagi ziddiyatli jarayonlarda sovet davri aynan shu davrda sotsialistik madaniyatni qaror toptirish maqsadida juda keng g’oyaviy va mafkuraviy kurashlar bordi. Sovet madaniyatining g’oyaviy nazariy asoslari vujudga keldi. Madaniyatning kelgusi rivojlanishini belgilab berdi.
Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari: XX asr 20 yillarining oxiri va 40 yillarning boshida, totalitar boshqarishning ma’muriy – buyruqbozlik usuli o’rnatilgan va avjiga chiqqan davrida O’zbekistonda madaniyatning rivojlanish jarayonlarini o’rganish ilmiy ishimning maqsadidir.
Ushbu maqsadga qo’yidagi vazifalarni:
O’zbekistonda umumiy ta’lim tizimarining shakllanishini va ularning ma’muriy-buyruqbozlik boshqarishi sharoitidagi ahvolini;

  • oliy, o’rta maxsus va kasb ta’limining madaniyatning rivojlanishiga ta’sir etish jarayonlarini;

  • maktabdan tashqari ta’limning aholi savodsizligini va chalasavodlikni tugatishdagi o’rnini;

  • ilm, fanning mustabid tuzum tazyiqiga qaramay kishilarning dunyoqarashini rivojlantirishdagi va xalq xo’jaligi muammolarini hal etishdagi vazifalarini;

  • adabiyot va san’atning madaniyatning rivojlanishiga ta’sirini va ushbu jarayonlarda erkin ijod bilan ma’muriy – buyruqbozlik boshqarishi o’rtasidagi ziddiyatlarni;

  • madaniy – ma’rifiy ishlarning xalq madaniyati va ijodining rivojlanishi jarayonlariga ta’sirini tadqiq etish orqali erishiladi.

Bitiruv malakaviy ishining metodologik va ilmiy – nazariy
asoslarini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tarixiy xotirani shakllantirish, o’zbek xalqining tarixiy – madaniy merosini o’rganish, milliy ma’naviy qadriyatlarni tiklash haqidagi fundamental ahamiyatga ega asarlari, fikr – mulohazalari, ko’rsatmalari va farmonlari tashkil etadi.
O’zbek tarixchi – olimlarining mustabid tuzum hukmronlik qilgan va ommaviy qatag’onlar uyushtirgan davr tarixini o’rganish jarayonida chiqargan ilmiy – nazariy xulosalari, milliy madaniy rivojlanishining ijtimoiy tarixiy xususiyatlari haqidagi fikrlari ilmiy ish uchun konsepsual ahamiyatga ega. Ilmiy ishda falsafaning milliy va umuminsoniy madaniyatlarning uzviy bog’liqligi, xalq madaniyati, san’ati, ijodining tadrijiy rivojlanishi qonunlariga buysunishi haqidagi hulosalarga ham tayanildi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi:
1. O’zbek tarixshuinosligida hali to’la o‘rganilmagan, totalitar boshqarishning ma’muriy – buyruqbozlik usuli o’rnatilgan, XX asr 20 yillarining oxiri va mustabid tuzum hukmronligi avj olgan 40 yillarning boshida madaniyatning ahvoli, rivojlanish jarayonlari, ijtimoiy – tarixiy o’zgarishlarga ta’siri masalalari O’zbekistonning yangi tarixini yaratish konsepsiyasi nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan.
2. Mustabid tuzum o’z hukmronligini o’rganishga intilishiga qaramay O’zbekistonda jahon sivilizatsiyasi yutuqlariga munosib hissa qo’shgan ilm, fan, adabiyot va san’at asarlari yaratilgani, milliy madaniyatimizning yirik namoyondalari yetishib chiqqani, ularning ijodiy izlanishlari tufayli jahon xalqlari o’zbek xalqining madaniyati bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo’lgani ochib berilgan.
3. Tadqiq etilgan davrda O’zbekistonda oliy, o’rta maxsus va kasb ta’limi to’la shakllangani, unda yetishib chiqqan mutaxassis kadrlar milliy madaniyatning sobiq SSSR xalqlari bilan hamkorlikda rivojlantirishga o`lkan hissa qo’shgani, yoshlarimiz orasida ilm, fan, texnikani egallashga qiziqish keskin oshgani ko’rsatilgan. Bu yutuqlar sho’rolar saltanatining emas, eng avvalo o’zbek xalqining hohishi va orzu umidlarining natijasi sifatida qaralgan.
4. Mustabid tuzum o’sha davr ichida alifboni, yozuvni uch marta o’zgartirdi. Bu kishilar o’rtasida savodsizlik va chalasovodlikni keng yoyilishiga sabab bo’ldi. Biroq xalqimiz o’zining milliy madaniyatidan va tarixiy – madaniy an’analaridan voz kechmadi, o’zining muloqot tilini, nutq madaniyatini saqlab qoldi, zarur bo’lganida uni umuminsoniy belgilar bilan boyitdi. Demak, har bir xalqda shunday tarixiy – madaniy paradigmalar mavjud bo’lar ekanki, ularni eng g’ayriinsoniy va g’ayrimadaniy – tuzumlar ham batamom yo’q qila olmaydi.
5.Adabiyot, san’at, madaniy – ma’rifiy ishlar, xalq ijodiyoti madaniyatning eng muhim tarkibiy qismlari sifatida ijtimoiy munosabatlarning va yosh avlodning shakllanishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham mustabid sho’rolar hukumati va kommunistik partiya ushbu sohalar ustidan o’zining yakka hukmronligini o’rnatishga intilgan. Ilmiy ishda ushbu hukmronlikning salbiy oqibatlari, milliy madaniyatning to’laqonli rivojlanishiga aks ta’siri keng manbalar, misollar asosida ochib borilgan. Unda, totalitar boshqarish, mustabid tizum ijtimoiy – tarixiy jarayonlarga qanchalik o’zboshimchalik bilan aralashmasin xalq o’z madaniyatini yaratish istagidan, erkin ijod qilish va demokratiyada yashash umidlaridan voz kechmaydi, degan fikr ilgari surilgan. Erkin ijod qilish, demokratiyada yashashning asl mohiyati esa “inson qadr – qimmati, hurmati hamma narsadan ulug’, degan aqidadan iborat”.1
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati shundaki, uning
_____________________
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyatsiz kelajak yo’q\\ Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T.: O’zbekiston, 1997. 148 b.
natijalaridan o’rta maktablar, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida o’qitiladigan O’zbekiston tarixi, madaniyatshunoslik, ma’naviy asoslari kabi fanlarda foydalanish mumkin.
Xuddi shuningdek ulardan darsliklar, o’quv rejalari va uslubiy qo’llanmalar tayyorlashda foydalansa ham bo’ladi.
Ilmiy ishning ilmiy – nazariy xulosalari va unda qo’llanilgan tadqiqot usullari navbatdagi ilmiy izlanishlarga asos qilib olinishi mumkin. Yoshlarda tarixiy xotirani, milliy madaniyatga, ajdodlarimiz qoldirilgan tarixiy – madaniy boyliklarga hurmat ruhini shakllantirishda, ilmiy ishda ishlab chiqilgan tavsiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga egadir.
Mazku bitiruv malakaviy ish ikki bobdan iborat bo’lib, uning birinchi bobida xalqimiz madaniyati tarixiga qisqacha sharh beriladi. Ikkinchi bobning birinchi §da jamiyatimiz madaniy – ma’naviy hayotiga rivojlangan sotsializm g’oyasining majburan singdirilishi haqida batafsil ma’lumot berilsa, Ikkinchi §da xalqimiz madaniyatining qayta qurish yillaridagi holati, Uchinchi §da Qoraqolpog’iston Respublikasi madaniyatini yoritishga harakat qilinadi.


Yüklə 372,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin