FAYL MENEJERLARI (TOTAL COMMANDER, WINRAR, NAOXIP)
Reja
1. Total Commander panellarini boshqarish
2. Total Commander matn muharriri
3. Total Commander funksional tugmachalardan foydalanish
Total Commander dasturi Windows bilan ishlashni yengillashtirishdan iborat. Bu dastur fayllar va papkalar bilan asosiy amallarni qidirish, nusxa olish, qayta nomlash, o`chirish kabilarni soddaroq, qulayroq va yaqqolroq bajaradi.
Total Commander turli funksiyalarni bajaradi, xususan:
-Diskdagi kataloglar ro`yxatini yaqqol ko`rsatadi.
-Diskdagi kataloglar daraxtini ko`rsatish, kataloglarni yaratish, qayta nomlash, o`chirish imkoniyatlariga ega.
- Fayllar ustida nusxa ko`chirish, qayta nomlash, joyni o`zgartirish va o`chirish komandalarini qulayroq bajaradi.
-Turli matnli fayllar, hujjatlar, arxiv fayllar, ma`lumotlar bazasimatnlarini ko`rish, matnli fayllarni tahrir qilish imkoniga ega.
Total Commander (Windows Commander) dasturi WINDOWS operatsion tizimi bilan ishlash uchun eng ommaviy dastur-qobiqlardan biridir, u Windows tizimida foydalanuvchi disklarni va disklardagi ma`lumotlarni, papkalarni (kataloglarni) ko`radi, fayllarni o`chiradi, nusxa oladi, qayta nomlaydi, dasturni ishga tushiradi va h.k.
Total Commander ekranda buyruqni yoki faylning nomini tanlash yetarli, Enter tugmasini, funksional tugmasini yoki sichqonchani shiqirlatish kerak va kerakli jarayon bajariladi.
Total Commander bilan birgalikda matnli fayllarni va boshqa hujjatlarni tahrir qilish va ko`rib chiqish uchun dasturlar yetkazib beriladi.
Total Commander dasturini yuklash uchun “Пуск” menyusidan “Программ” –Total Commander dasturi tanlanadi.
Total Commander dasturi ishga tushirilgandan keyin oynaning yuqori qismida menyular qatori, disklarni tanlash tugmalari, ikkita ramka bilan chegaralangan to`g`ri to`rtburchakli oyna paydo bo`ladi.
Ekranning pastki satrlarida buyruqli satr va F3-F8, Alt+F4 boshqarish tugmalari joylashgan:
_ F3 o`qish (View)- kursor bilan tanlangan faylni ko`rib chiqish.
_ F4 to`g`rilash (Edit)- kursor bilan tanlangan faylni tahrir qilish.
_F5 nusxa(Soru)- kursor bilan tanlangan papkani (katalogni) yoki fayllarni nusxalash.
_F6 nom(RenMov)- kursor bilan tanlangan papkani (katalogni) yoki fayllarni qayta nomlash yoki siljitish(siljitish boshqa panelda ochilgan papkada amalga oshiriladi).
_F7 katalog(Mkdir) - yangi papka (katalog) yaratish.
_F8 o`chirish(Delete)- kursor bilan tanlangan faylni (bo`sh katalogni) o`chirish.
_Alt+F4 chiqish(Quit)- Total Commander dasturidan chiqish.
Total Commander panellarini boshqarish.
[Tab]- Joriy panelni o`zgartiradi.
[Ctrl]+[U]- Panellarning o`rnini almashtiradi.
[Alt]+[F1]- Chap panelda disklar ro`yxatini chiqaradi.
[Alt]+[F2]- O`ng panelda disklar ro`yxatini chiqaradi.
Paneldagi fayl va papkalar (kataloglar) ro`yxati
[Ctrl]+[F3]- fayl va papkalarni nom bo`yicha tartiblaydi.
[Ctrl]+[F4]-fayl va papkalarni kengaytma bo`yicha tartiblaydi.
[Ctrl]+[F5]-fayl va papkalarni vaqt bo`yicha tartiblaydi.
[Ctrl]+[F6]-fayl va papkalarni hajm bo`yicha tartiblaydi.
[Ctrl]+[F7]-kataloglarning tartiblanmagan ro`yxatini beradi.
Funksional tugmachalardan foydalanish
[F1]-Total Commander dasturi haqida qisqacha ma`lumotni beradi
[F2]-foydalanuvchi ko`rsatgan komandalar ishini taxminlaydi
[F3]-fayl matnini ekranga chiqaradi
[F4]-faylni tahrir qilish imkoniyatini beradi
[F5]-faylning nusxasini ko`chiradi
[F6]-faylni qayta nomlaydi yoki boshqa katalogga ko`chiradi
[F7]-yangi papka tashkil etadi
[F8]-tanlangan fayl yoki papkani o`chiradi.
[Alt]+[F3]-matnli faylni tezroq chiqaradi
[Alt]+[F4]-total commander dasturidan chiqadi
[Alt]+[F5]-ajratilgan fayllarni arxivga joylaydi
[Alt]+[F6]-arxivdagi faylni qayta tiklaydi
[Alt]+[F7]-diskda faylni chiqaradi
[Alt]+[F9]-arxivdagi faylni qayta tiklaydi
[Alt]+[F10]-kataloglar daraxtini ta`minlaydi.
Total Commander matn muharriri
Operatsion qobiqda so`zlangan matnli muharriri bor, u uncha murakkab bo`lmagan hujjatlarni tuzish va tahrir qilish uchun juda qulaydir.
Muharrirlar bilan ishlashda bajariladigan asosiy jarayonlar quyida tushuntirilgan:
. ajratilgan matnli fayl bilan ishlash uchun muharrirni chiqarish-F4 tugmasini bosish kerak.
. yangi faylni yaratish va tahrir qilish Ctrl+N tugmalarini bosish kerak.
. tahrir qilingan faylni saqlash F2 tugmasini bosish kerak.
. muharrirdan chiqish Esc tugmasini bosish kerak
. ajratilgan blokni kursorning joriy holati bilan ko`rsatilgan joyga nusxalash F5 tugmasini bosish kerak.
. ajratilgan blokni o`chirish F8 tugmasini bosish kerak
. matnni namuna bo`yicha kursordan keyin qidirish Shift+F3 tugmasini bosish kerak
. matnni namunalar bo`yicha kursordan oldindan qidirish va almashtirish Ctrl+R tugmasini bosish kerak.
. belgilangan satrni o`chirish delete yoki F8 tugmalarini bosish kerak.
. yangi satrga qo`yish-Enter tugmasini bosish kerak.
. matn ichida kursorni harakatlantirish kursorni boshqarish tugmalari bilan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |