Inson resurslarini boshqarish
6-seminar
Djabbiyev Adilbek
Maktab o’qituvchisining lavozim yo’riqnomasiga asosan
KPI tizimida baholash
1.Davlat ta’lim standartlari va kadrlar tayyorlash milliy dasturlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, o’quv dasturlariga muvofiq tegishli fanlar bo’yicha darsliklarni yangilash, dars mashg’ulotlariga tayyorgarlikni va ularni o’tkazishni ta’minlash innovatsion texnologiyalar orqali tashkil etish, sohaga milliylikni yo’qotmagan holda zamonaviy metodlarni olib kirish.
2.Umum ta’lim maktablari o’quvchilarini ma’lum boshlang’ich sinfni tugatgandan kiyin maqsadli bir yo’nalishni tanlashini majburiy tartibga solish. Ular o’zlashtirgan bilimlarini amaliyotda mustaqil qo’llay olishga tayyorlash, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirishlarini xolisona, muntazam baholanishini ta’minlash, darsliklarda qiyinchilikka uchrayotgan va eskirgan manbalarni olib tashlash.
3.Davlat ta’lim standartlariga kiritigan o’zgartirishlar muvofiq dastur materillairini yuqori darajada o’zlashtirilishini ta’minlash maqsadida hududlar kisimida ekologik muhitni hisobga olgan holda dars mashg’ulotlarini kunning ma’lum vaqtida yosh davrlar psixologiyasi fani talablarida kelib chiqib belgilash va fan mavzularini o’zlashtirishda nuqsonlari bo’lgan o’quvchilar bilan guruhlar bo’yicha va individual ishlash.
4.Guruhlar miqyosida ishlash hamda yutuqlarga erishgan o’quvchilarni rag’batlantirish tizimini ta’komillashtirish, fan to’garaklarida ishlash, fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga va festivallarga o’quvchilarni tayyorlashni ma’lum tizimini yaratish, o’quvchilarda bilim va ko’nikmalarni shakllantirish, ularni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni amalga oshirishda oila va ijtimoiy institutlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish.
5.O’quvchilarni maktabga qabul qilishda suxbatlar tashkil etish, boshlang’ich sinflarda oraliq va yakuniy testlar, imtihonlar o’tkazish, o’quvchilarning yozma ishlarini va daftarlarini tekshirish.
6.Har bir dars rejalarini, ko’rgazmali qurollar bilan tashkil etish, dars o’tkazish uchun zarur bo’lgan didaktik tarqatma va ko’rgazmali materiallarni o’quvchilar to’laqonli o’zlashtirishiga erishish.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida yil yakunlari va yangi o’quv yilini boshlash bo’yicha o’tkaziladigan avgust sho’balarida o’quvchilarni yil davomida erishgan yutuqlari va reting ballari ma’lum qilinishi, buni chegarasini belgilash. Yangi o’quv yilida o’quvchilarni yutuqlari va natijalarini baholash va munosib malakaga ega bo’lgan o’qituvchilarni tayinlash. Shundan so’ng pedagogik kengash chaqirilib, baholash natijalari asosida dars taqsimoti qilinadi. Eng yaxshi sifat ko’rsatkichlarga erishgan o’qituvchilar rag’batlantiriladi va faxriy yorliqlari topshiriladi. Sifat ko’rsatkichlarini baholash 6 xil usulda amalga oshiriladi va har bir yo’nalishga ball qo’yib ustamalar tayinlab boriladi.
O’qituvchining sifat samaradorligini baholash quyidagi ko’rinishlarda amalga oshiriladi
Dostları ilə paylaş: |