1-amaliy mashg’ulot maktab laboratoriyalarida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. Maktab dasturi asosida dars rejalarini metodik ishlab chiqish



Yüklə 37,42 Kb.
səhifə1/3
tarix01.07.2023
ölçüsü37,42 Kb.
#135626
  1   2   3
1- амалий мавзу


1-AMALIY MASHG’ULOT
MAKTAB LABORATORIYALARIDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA RIOYA QILISH. MAKTAB DASTURI ASOSIDA DARS REJALARINI METODIK ISHLAB CHIQISH.
Kimyoviy tаjribаni o‘tkаzishdа o‘qituvchi vа o‘quvchining mеhnаtini muhоfаzа qilishgа vа хаvfsizlik mаsаlаlаrigа kаttа e’tibоr bеrilаdi. Kеyingi vаqtlаridа sоg’liqni sаqlаsh оrgаnlаri tоmоnidаn tаjribаlаr o‘tkаzishgа tаlаblаr kuchаytirildi. Ko‘pinchа sоg’liq uchun zаrаrli vа zаhаrli mоddаlаr bilаn nоto‘g’ri ishlаsh hоllаri kuzаtilаdi, bu хаvfsizlik tехnikаsi qоidаsi vа sаnitаriya-gigiеnа nоrmаlаrining buzilishigа, o‘quvchilаr tаjribаni bаjаrish vаqtidа ishlаsh zоnаsidа zаrаrli mоddаlаr kоntsеntrаtsiyasining оshib kеtishigа оlib kеlаdi. Shu sаbаbli sоg’liq uchun judа хаvfli rеаktivlаr «O‘rtа mаktаblаr uchun o‘quv jihоzlаri vа o‘quv ko‘rgаzmаli qo‘llаnmаlаrining tipаvоy ro‘yхаti» dаn оlib tаshlаngаn. Kimyoviy tаjribаni хаvf-хаtаrsiz o‘tkаzish uchun rеаktivlаrning turli kоntsеntrаtsiyadаgi eritmаlаrining nаbоrlаrini tаyyorlаsh zаrur.
LABORATORIYADA ISHLASHNING XAVFSIZLIK QOIDALARI.
Tajriba o`tkazishda baxtsiz hodisalarning bo`lishining oldini olish uchun quyidagi xavfsizlik qoidalariga qat`iy rioya qilish lozim:

  1. Ishning asosiy maqsadi aniq bo‘lmasdan, tajribani o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan idishlar, asbob-uskunalar, reaktivlar tayyor bo‘lmasdan tajribani boshlamaslik;

  2. Tajribani o‘tkazishda ko‘rsatilgan tartib va ketma-ketlikni aniq bajarish;

  3. Ayni tajriba uchun ko‘rsatilgan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilish;

  4. Ayni laboratoriya ishlari uchun tayyorlangan reaktivlardangina foydalanish. Umumiy qo‘llanadigan reaktivlarni, konsentrlangan kislota va ishqorlarni ish joylariga olib ketmaslik:

  5. Reaktivlarni ishlatishdan oldin uni ayni tajriba uchun ishlatish mumkinligini idishdagi yozuvga qarab aniqlash; Agar idishda yozuv bo‘lmasa o‘qituvchining ruxsatisiz ishlatmaslik.

  1. Ayni tajriba uchun reaktiv miqdorini ko‘rsatilmagan bo‘lsa undan imkoniyati boricha kamroq ishlatish;

  1. Ortiqcha olingan reaktivni qaytarib o‘z idishiga quymaslik va uning uchun ajratilgan mahsus idishga quyish;

  2. Reaktiv olingan zahotiyoq uning idishini qopqog‘ini yopib, o‘z o‘rniga qo‘yish;

  3. Quruq reaktivlarni farfor, metall yoki shisha qoshiqchalarda olish va ishlatilgandan so‘ng qoshiqchalarni filtr qog‘oz bilan tozalab qo‘yish;

  4. Agar reaktiv pipetka yordamida olingan bo‘lsa, undan boshqa ishdishdagi reaktivni olish uchun ishlatmaslik;

  5. Barcha tajribalarni xalat kiygan holda bajarish;

  6. Laboratoriya ishini bajarishda tinchlik va tartibni saqlash;

  7. Tajribaning sodir bo‘lishini e’tibor bilan kuzatish va barcha o‘zgarishlarga sinchkovlik bilan nazar tashlash;

  8. Issiq idish yoki narsalarni qo`l bilan ushlab olmang. Ular bilan ishlaganda hamma vaqt tutqichlardan foydalanish.

  9. Qo`lingizni kesib yoki kuydirib olsangiz o`qituvchiga murojaat eting.

16.Kipp apparatida vodorod gazini olishda alohida ehtiyotkorlik talab qilinadi. Chunki, noto‘g‘ri bajarish natijasida portlash ro‘y berishi mumkin. Shuning uchun ish boshlashdan oldin o‘qituvchidan yo‘llanma olish va Kipp apparatining tuzilishini diqqat bilan o‘qib, o‘rganish lozim.
17.Kipp apparati oldiga yonib turgan gaz gorelkasini yaqinlashtirish qat’iyan man qilinadi;
18.Vodorod gazi bilan ishlashdan oldin uch marotaba havoni chiqarib tashlash va vodorodning toza chiqayotganligini aniqlash kerak. Buning uchun quruq probirkaga vodorod gazini yig‘ib, so‘ngra alangaga tutiladi. Tovush baland chiqsa, demak gazning tarkibida havo bor. Toza vodorod yonganda past tovush chiqaradi. Toza holga keltirib olingandan so‘ng vodorod gazi bilan ish olib borish mumkin.
19.Konsentrlangan sulfat kislotani suyultirganda uni suvli probirkaning ichiga chayqatib turgan holda tomchilatib quyiladi. Suyultirish vaqtida qo‘lga rezina qo‘lqop kiygan ma’qul.
20.Qattiq ishqorlarni eritish vaqtida oldindan o‘lchangan suvga oz-ozdan ishqorni solish kerak. Qattiq o‘yuvchi kaliy va natriylarni toza matoga o‘rab maydalash kerak.
21.Ochiq alanga (gaz yoki spirtli gorelkalar) bilan ishlaganda tez yonuvchan suyuqliklar alangadan kamida bir metr uzoqlikda bo‘lishi kerak.
22.Yengil alangalanuvchi moddalarni bir idishdan ikkinchi idishga solishda ochiq alangadan kamida uch metr uzoqlikda bajarish kerak.
23.Konsentrlangan nitrat kislota organik moddalarni alangalanishiga olib kelishini yodda saqlash kerak.
24.Ba’zi moddalarning eritmalarini elektroliz qilinganda barcha elektr kontaktlar izolyasiya qilingan bo‘lishi shart. Aks holda hosil bo‘lgan uchqun ajralib chiqayotgan vodorod gazini portlatishi mumkin.
25.Gaz gorelkalari bilan ishlash alohida ehtiyotkorlikni talab qiladi. Laboratoriyadan ketish oldidan barcha gaz gorelkalarining kranlari yopiqligini tekshirish zarur.
26.Olovdan havfli, portlovchi (ishqoriy metallar, qizil va oq fosfor, serouglerod, engil yonuvchan moddalar) moddalarning ortiqchasini chiqindi idishga yoki mutlaqo tashlamaslik kerak. Ularni mahsus ajratilgan idishlarga solish kerak.
27.Ishlatilgan ishqor va kislotalarni kanalizatsiyaga quyish mumkin emas. Laboratoriyada ularni solish uchun alohida mahsus idish bo‘lishi kerak.
28. Ishqoriy metallar eng aktiv moddalar ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim. Ular bilan ishlaganda nihoyatda ehtiyot bo‘lish kerak.
29. 2g gacha bo‘lgan ishqoriy metallarning chiqindilari etil spirtida eritilib yo‘qotiladi.
30.Ishqoriy metallarning qoldiqlarini to‘plash qat’iyan man qilinadi. Ular shisha idishda kerosin ostida saqlanishi kerakligini doimo yodda tutish kerak.
31.Yonuvchan suyuqliklar yoki boshqa moddalar alangalanib ketsa, gaz gorelkasini, elektr asboblarini o‘chirish, yonuvchan moddalarni xavfsizroq joyga olish kerak va yong‘inni o‘chirish uchun quyidagi choralarni ko‘rmoq zarur:
a) yonayotgan suyuqlikning ustini asbest qog‘ozi yoki katta mato bilan berkitish, yoki qum sepish kerak;
b) yonayotgan fosforni nam qum yoki suv bilan o‘chirish kerak.
32.Inson ustidagi kiyim yonayotganda katta matoga, xalatga yoki paltoga o‘rab o‘chirish kerak.
33.Agar elektr simlari yonayotgan bo‘lsa, tezda elektr toki rubilnikini o‘chirish kerak va yong‘inni laboratoriyada bor imkoniyatlardan foydalanib o‘chirish kerak (qum, suv, asbest).
34.Kuzatilgan tajriba natijalarini va reaksiya tenglamalarini tajriba tugashi bilanoq laboratoriya daftariga yozib qo‘yish;
35.Laboratoriya daftarida ish o‘tkazilgan kun, mavzuning nomi, tajribaning nomi, uning qisqacha mazmuni, asbob-uskunaning sxemasi yoki rasmi, kuzatish natijalari, reaksiya tenglamalari, hisoblashlar va xulosalar ko‘rsatilishi kerak;
36.Laboratoriya ishi tugagandan so‘ng talaba ishlatgan kimyoviy idishlarini yuvib, ish joyini tartibga solib, laborantga topshirishi kerak.

Yüklə 37,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin