ISH BAJARISH TARTIBI. Har bir amaliy mashg`ulotni bajarishdan oldin talabalar oldingi ish yuzasidan hisobot tuzib o`qituvchiga ko`rsatilganliklaridan keyingina navbatdagi laboratoriya ishini bajarishiga ruxsat etiladi. Yangi ishni boshlashdan avval o`qituvchi bir nechta talabadan shu ishning mazmunini qanchalik bilib olganliklarini tekshirib ko`rishi kerak. O`qituvchi, talabalar nazariy materialni o`zlashtirib, eksperiment texnikasini tushunib olganliklariga ishonch hosil qilganidan keyingina ishni bajarishga ruxsat etadi.
-Talabalar tayyorlagan asboblari va sxemalari to`g`riligini o`qituvchi yoki katta laborant tekshirib ko`rib ruxsat etgandan keyingina tajriba o`tkazishga kirishadi.
-Tajribaning borishini diqqat bilan kuzating va uning o`ziga xos xususiyatlarini tajriba tamom bo`lishi bilan ish daftariga yozib qo`ying. Ish tamom bo`lganidan keyin, talaba o`z ish o`rnini tartibga keltirishi lozim. Ish daftariga ish bajarilgan kun, mavzuning nomi, ishning mazmuni, kuzatilgan natijalar, reaksiya tenglamalari, hisobotlar va xulosalar yozib qo`yiladi.
LABORATORIYA MASHG`ULOTLARIDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI. Kimyo laboratoriyalarida ishlatiladigan moddalarning ko`pchiligi ozmi-ko`pmi sog`liqqa ta`sir qiladi. Shuning uchun laboratoriyada ishlashda quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim:
Konsentrlangan kislotalar, xlor, yod, vodorod sulfid va boshqa mod