Ii. Asosiy qism


TARTIBI, KORSATGICHLAR TIZIMI VA SAMARADORLIK TAHLILI



Yüklə 22,42 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2022
ölçüsü22,42 Kb.
#77474
1   2   3   4   5
KORXONALAR IQTISODIY SALOXIYATI TARTIBI, KORSATGICHLAR TIZIMI VA SAMARADORLIK TAHLILI

2. TARTIBI, KORSATGICHLAR TIZIMI VA SAMARADORLIK TAHLILI
Tavsiya etilayotgan ko‘rsatkichlarning me’yoriy darajalari yuqorida keltirilgan me’yoriy-uslubiy hujjatlarda ko‘rsatilgan tavsiyalardan farq qiladi. Fikrimizcha, bizning tavsiyalarimiz asoslangan va amaliyot talablariga to‘liqroq javob beradi. Tavsiya etilgan kriteriyalardan amaliyotda foydalanilsa, korxonalarning iqtisodiy nochorligini tahlil qilish, aniqlash sezilarli takomillashtiriladi va bozor munosabatlaridan foydalanish samarasi ko‘tariladi.
Ma’ruza matnlari korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishning bozor munosabatlari davridagi nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilish, yoritish bizni quyidagi xulosalarga olib keldi:
- Bozor munosabatlariga o‘tish bilan korxonalarning moliyaviy holatini ahamiyati oshib boradi.
- Korxonalarni ishlab chiqarish — xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda ularning moliyaviy holatini tahlil qilishni tutgan o‘rni kuchayib boradi.
- Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishni yaxshilash maqsadida respublikada hisobni va hisobotni tashkil etish takomillashtirilmoqda.
- Moliyaviy tahlil bozor munosabatlarining talablariga javob bera borib, u har tomonlama, asoslangan, chuqur bo‘lishi lozim.
Moliyaviy tahlil ikki yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim:
Birinchidan, korxonalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida faoliyat kechirayotgan korxonalarni moliyaviy holatini baholab, me’yoriy va ilg‘or korxonalarning ko‘rsatkichlari bilan solishtirib, moliyaviy holatni yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish.
Ikkinchidan, bozor munosabatlari davrida tabiiy bo‘lgan korxonalarning iqtisodiy nochorligini har tomonlama, asoslangan ravishda tahlil qilib, korxonalarni sanatsiyaga o‘tkazish, bankrot deb e’lon qilish jarayonini takomillashtirish.
Korxonalar moliyaviy holatini tahlil qilishni yaxshilash uchun:
- moliyaviy tahlil usulini takomillashtirishi lozim;
- moliyaviy tahlil bo‘yicha me’yoriy-uslubiy tavsiyalarni har tomonlama ishlab chiqish;
- barcha o‘quv yurtlarida moliyaviy tahlil fanini o‘qitishni yaxshilash lozim;
- korxonalarni moliyaviy holatini tahlil qilishda qiziqqan manfaatdor organ va tashkilotlarni bu borada qilayotgan ishlarini yanada yaxshilash zarur;
- moliyaviy tahlilda moliyaviy ko‘rsatkichlarni miqdoriy ifodalash, baholash, ular iqtisodiy mazmun bilan bog‘lanish tarzda tahlil etilishi lozim;
- moliyaviy tahlil bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, mutaxassislar keng iqtisodiy ilmga ega bo‘lishlari kerak;
- moliyaviy tahlil yakunida korxonalarning moliyaviy holatini ko‘tarishga safarbar etilgan tavsiyalar bo‘lishi darkor.
Ishonamizki, yuqorida eslatilgan muammolarni yechish uchun qo‘yilgan vazifalarni bajarishda tavsiya etilayotgan ma’ruza matnlari sezilarli yordam beradi.
Korxona foydasi – uning moliyaviy natijasi, uning faoliyatini samarasini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Yalpi foyda – ularni korxona faoliyatidan olingan moliyaviy natija.
Sof foyda – korxona tomonidan budjetga o‘tkazilgan to‘lov va soliqlardan keyin qolgan korxona foydasi.
Rentabellik – korxona faoliyatining samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkich.
1. Bozor munosabatlari sharoitida foyda deb nimani tushunasiz?.
2. Korxonani foydasi qanday ko‘rsatkichlarda, shakllarda ifodalanadi?
3. Korxona foyda ko‘rsatkichlari qanday tahlil etiladi?
4. Korxona foydasiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sir qanday tahlil etiladi?
5. Rentabellik deb nimani tushunasiz
6. Rentabellik qanday shakllarda ifodalanadi?
7. Qanday ko‘rsatkichlar orqali rentabellik tahlil etiladi?
8. Rentabellikning asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlari.
9. Korxonalarning iqtisodiy nochorligi deb nimani tushunasiz?

10. Korxonalarni sanatsiya qilish va bankrot deb e’lon qilish.


11. Korxonalarni iqtisodiy nochorligini qanday ko‘rsatkichlar orqali tahlil etiladi?
Hurmatli o‘quvchi, ushbu o‘quv qo‘llanmadan foydalanuvchi!
Tavsiya qilinayotgan bu qo‘llanma muallifning ko‘p yillar mobaynidagi o‘qituvchilik faoliyati, o‘ylashi, izlanishi va tadqiqot ishlarining natijasidir.
O‘quv qo‘llanmada muallifning O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik davrida «Korxonalarning moliyaviy holati tahlili» fanidan Bank-moliya Akademiyasi, Buxgalterlar va auditorlar Assotsiatsiyasi, Toshkent moliya instituti huzuridagi tarmoqlararo moliya-bank xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash institutida va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi magistraturada darslar o‘tkazish rejalari, mavzulari bayon etilgan.



Yüklə 22,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin