Ii. Asosiy qism


shaxsiga qo’yilgan talablar



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix06.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#108953
1   2   3   4   5   6   7
shaxsiga qo’yilgan talablar. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkilotchisining
vazifalariga quyidagilar kiradi: 
- darsdan tashqari tarbiyavity ishlarni rejalashtirish va amalgaoshirishni
nazorat qilish; 
- o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarini 
pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga 
ko’yish; 
- sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik qilgan
holda o’qituvchilar, ota-onalar, sinf faollari, uslubiy yordam ko’rsatish; 
- umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy 
tadbirlarda qatnashish; 
- o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat 
muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. 
Bu borada tashkilotchilar faolligini 3 ta asosiy tomonini ko’rish mumkin: 1 -
tashkilotchilik, 2 - usuliy, 3-ma’muriy. 
Bular ko’pincha o’zaro uzviy bog’langan holda namoyon bo’ladi.
Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator is hlarni kiritish
mumkin: 
- tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish
- tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarini aniqlash 
- tarbiyaviy, ommaviy -siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni,
shakl va usullarini aniqlash; 
- sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish,
boshqaruvchi shaxslarni aniqlash. 


Direktor o’rinbosari o’quvchilarga nisbatan mehr va muhabbat, pedagogik
jamoasiga va ota-onalarga nisbatan talabchan bo’lgan holda ish tutishda va
muntazam o’z ustida ishlab, sabr-bardoshli, o’z fikrlarini puxta bayon qilib,
o’zgalarni o’ziga jalb qila oladigan xislatlarni o’ziga mujassamlaydi. 
Davlat va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan barcha hujjatlar mohiyatini,
Prezident asarlarini yaxshi bilishi, uni o’quvchi-yoshlar orasida targ’ib eta olishi,
xalq pedagogikasi an’analarini, o’zbek xalqi milliy urf -odatlari, qadriyatlari,
allomalari o’gitlarini yaxshi bilishlari lozim. 
– Mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini yaxshi bilishi va doimo uni o’z
faoliyatida hisobga olishi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ilmiy asoslari hamda
yangicha usul va metodlarini yaxshi bilishi; 
– radio, televidenie va ommaviy axborotning boshqa vositalari orqali berilgan
eng so’nggi yangiliklardan boxabar bo’lishi hamda ularning mohiyatini
o’quvchilarga yetkaza olishi; 
– sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o’tkaza bilishi; 
– tuman, shahar, viloyat, respublika miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarda
ishtirok etishi; 
– maktabda o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borayotganlarga metodik
tavsiyalar berib borishi; 
– muntazam ravishda o’z malakasini oshirib turishi, o’z sohasi bo’yicha
o’tkaziladigan seminarlarda ishtirok etish
Direktor o’rinbosarining huquqlari 
Nizomda belgilangan vazifalar bilan bog’liq ravishda tegishli pedagogik
xodimlarga ko’rsatma beradi. 
Xizmat vazifasi doirasidan kelib chiqqan holda sinfdan va maktabdan tashqari
ishlarni tashkil etish va yangi to’garaklarni ochish masalalarini hal qiladi.


– sinf rahbarining ta’lim-tarbiya ishlari bo’yicha er ishgan yutuqlarini hisobga
olib, uni taqdirlash uchun direktorga taklif kiritish; 
– sinf rahbarlarining o’z vazifasiga nisbatan mas’uliyatsizligi yoki suiiste’mol
qilinganligi uchun direktor bilan kelishilgan holda tanbeh berish; 
– bolani yaxshi tarbiyalagan ota-onalarni, maktabga yordam bergan mahalla
faollarini taqdirlash uchun direktorga taklif berish huquqiga ega. 
Direktor o’rinbosari bilan quyidagi ishlar kelishilishi kerak: 
– sinf rahbarlari ish rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash; 
– maktabda o’tkaziladigan sport musobaqalari rejasini direktor bilan
hamkorlikda tasdiqlash; 
– turli xildagi to’garak ishlari rejasini direktor bilan hamkorlikda tasdiqlash. 
Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllari, mazmuni
va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qarorlarini hisobga olishni
talab etmoqda. Sinfdan va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs
kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur
muammoni ijobiy hal etish uchun sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
tizimida quyidagilar bo’lishi lozim: 
– ulg’ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish,
har bir bolaning betakror va o’ziga hosligini hurmatlash, ijtimoiy huquqini
e’tiborda tutish lozim; 
– milliylikni o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish; 
– pedagoglar va o’qituvchilar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini
shakllantirish; 
– maktabning jamoat tashkilot, otaliq qiluvchi korxonalar bilan aloqasini
mustahkamlash; 


– bolalar nazoratsizligi va qonun buzilishining oldini olish;
– yashash joyi bo’yicha bolalarning bo’sh vaqtini tashkil etish; 
– o’quvchilarning oilalariga borish va bolalarni tarbiyalashda ularga yordam
berish; 
– yosh avlodning Vatanga, jamiyatga va mehnatga, o’ziga va odamlarga
munosabatini anglab olishga qaratilgan ahloqiy tuyg’ularini tarbiyalash. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o’quvchilar hayotidagi
tarbiviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g’ri shakllanishiga, 
ahloqiy
kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan
chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan tashqari
ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir. 
Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingan aniq dalillar va
voqealarni, badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, kinofilmlardan olingan misollarni
tahlil etish hamda muhokama qilish asosida o’tkaziladi. Bu ishlarning xususiyati
shundaki, bu bolalarning o’zini ahloqiy xatti-harakatlari haqida mulohaza 
yuritishga va ularga to’g’ri baho berishga o’rgatadi. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o’quvchilarning darsdan
bo’sh vaqtlaridagi o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytiradi, 
o’quvchilarni
mustaqil bilim olishlari, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga
imkoniyat yaratadi. 
Shu sababli keyingi davrda o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini
ko’ngilli uyushtirishga alohida ahamiyat bermoqda. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan tarbiyaviy ishlar o’quvchilar
hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularni ongli, dunyoqarashini


shakllantiradi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisining
vazifalariga quyidagilar kiradi: 
- darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni
nazorat qilish;
- o’quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko’p qirrali ishlarni
pedagogik jamoa, o’quvchilar tashkilotlari, sinf faollari yordamida yo’lga qo’yish; 
- sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo’nalishiga bevosita rahbarlik
qilgan holda, o’quvchilar tashkilotlari sinf faollariga uslubiy yordam ko’rsatish; 
- umummaktab va maktablararo o’tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy
tadbirlarda qatnashish; 
- o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat
muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. 
Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy
yo’nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichda o’quvchilarning psixik rivojlanishi
darajasiga mos kelishi lozim. 
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni
taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon
Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishi kerak. 
Maktabda bashlang’ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish uni yo’lga
qo’yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi
tarbiyaviy ishning asosiy yo’nalishlari: o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini
shakllantirish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning
ijtimoiy
foydali mehnatini tashkil etish; o’quvchilarda ahloq madaniyatini, ularning
o’z
xuquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash; o’quvchilarda o’z 
o’zini boshqarish malakalarini shakllantirishdir. 


Boshlang’ich jamoa ishi shunday quriladiki, undan sinfning bo shqa jamolari
bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umum maktab an’analari
saqlanadi. Boshlang’ich jamoa o’qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari,
o’quvchilar
o’z-o’zini boshqarish, o’z -o’zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab
ijtimoiy foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi.
O’qituvchi va sinf rahbari sog’lom, ahil bolalar jamosini shakllantirish bilan
birga doimiy bolalar qiziqishlarini qo’llab-quvvatlaydilar, ularning ijtimoiy foydali
faoliyatini yo’naltirib boradilar. 
Kichik yoshli o’quvchilar juda faol va harakatchan bo’ladilar. Faollikka intilish
bu yoshdagi bolalarning organik ehtiyoji. Biroq bunda bolalar hali yetarli hayotiy
tajribaga ega bo’lmaydi va kundalik pedagogik rahbarlikka ehtiyoj sezadi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi bolaning ilk maktabdagi qadamidanoq
tarbiyaviy
ishning chinakkam jamoatchilik munosabatlarini yaratishga zo’r imkoniyat
beradigan, bolalarda bir-birlariga g’amxo’r munosabatda bo’lishni tarbiyalaydigan,
individual qobiliyatlarni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadigan
usullarni tanlaydi. 
O’qituvchi boshlang’ich sinflarda bolalarga o’zlarini qiziqtiruvchi faoliyat
turini tanlashga yordam beradi. Biroq ko’pincha kichik yoshdagi o’quvchilar yosh
xususiyatlariga ko’ra, o’z hususiyatlarini to’g’ri b aholay olmaydilar. 
Bolalarning o’sishi ularda jamoatchilik malaka va ko’nikmalarining shakllanib
borishi bilan o’qituvchi-tarbiyachining bolalar jamoasiga rahbarlik qilishidagi
jarayonini o’zgartirib boradi. 
O’qituvchi boshlang’ich sinflardayoq ahil bolalar jamoasini yaratish asosida
sog’lom jamoatchilik fikrini yaratadi. 


Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining bolalar tarbiyaviy jamosini yaratish
sohasidagi ishini yuqori sinflarning sinf rahbarlari davom ettiradilar.
Tashkilotchi 
va o’quvchilarning o’z -o’zini boshqarish ishlarining metodikasi 
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari o’z faoliyatini
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi Qonunlar, Prezident farmonlari,
hukumat
qarorlari, xalq ta’limi vazirligi va boshqa yuqori tashkilotlarning qaror, 
buyruq va
me’yoriy hujjatlari talablari asosida ish olib boradi. 
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimiga
kamida 5 yil pedagogi k ish stajiga ega bo’lgan qobiliyatli, mahalla, ota-
onalar va
keng jamoatchilik o’rtasida hurmat-e’tiborga loyiq bo’lganlar tuman (shahar) 
xalq
ta’limi bo’limi tomonidan tayinlanadi va bo’shatiladi. 
Jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, m illiy mafkurani
shakllantirish, yoshlarni boy tarixiy va madaniy merosimiz, milliy an’analarimizga,
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga
sadoqat ruhida keng fikrli, sog’lom, jismoniy, akliy va ma’naviy jihatdan 
barkamol, 
iqtisodiy islohotlarning mohiyatini tushunadigan hamda ularni yangi ijtimoiy
munosabatlar orqali hayotga tatbiq eta oladigan, milliy g’oya va istiqlol mafkurasi
mustahkam bo’lgan shaxslarni shakllantirish direktor o’rinbosari faoliyati
maqsadining asosini tashkil etadi. 
O’quvchi-yoshlar dunyoqarashini shakllantirishda milliy va umuminsoniy
qadriyatlar, xalqimizning boy tarixiy, madaniy va ma’naviy merosi asosida ularni
vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik, iymon -e’tiqod, mehr-shafqatlilik


kabi insoniy fazilatlar misolida har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalaydi; 
– «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» Respublika
Oliy Majlisi sessiyasi materiallari, Prezident farmonlari, asarlari, nutqlari,
hukumatimiz qarorlari, ta’lim boshqaruvi organlari me’yoriy hujjatlari,
talablari asosida o’z ishini amalga oshiradi; 
– direktor o’rinbosari tarbiyaviy ishlarini rejalashtirishda, sinf rahbarlarining
qiziqishlari, topshiriqlarni qay darajada bajara olishlarini hisobga oladi; 
– o’quvchilarda Vatanga muhabbat, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,
Konstitutsiyasi va Davlat ramzlariga sadoqat hislarini tarbiyalaydi;
O’quvchilarning o’z-o’zini idora qilish organlari faoliyatida qatnashuvi
ularning ijtimoiy faollik sifatlarini shakllantir ishning ta’sirchan vositasidir. Bu
bolalar va o’smirlarning fuqarolik, demokratiya borasidagi tushunchalarini
kengaytiradi,O’z-o’zini idora qilish – tashabbuskorlik va mustaqillik
maktabidir.
O’quvchilar o’z-o’zini boshqaruvi o’quvchilar tomonidan fan va mashg’ulotlarning
to’liq o’zlashtirilishiga, biror kasb o’rganishiga, Vatanga sadoqat ruhida
tarbiyalanishiga, Vatan himoyachisi bo’lishiga maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlarda, Davlat, jamoat mulkini ko’z qorachig’iday asrashga, tabiatni muhofaza
etishga ko’maklashadi.O’z-o’zini boshqarish o’quvchilarni mustaqil hayotga,
to’rmush va jamiyatga mos qilib tarbiyalash, ta’lim muassasasida ma’naviy
muhitni saqlash ma’muriyatga qo’shimcha ta’lim olish uchun o’quvchilar
talabnomasini shakllantirishda ko’maklashadi.O’quvchilar o’z-o’zini boshqaruvi
a’zolari maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o’tkazilayotgan
barcha tadbirlarda, tanlovlarda, xonalarni jihozlashda faol ishtirok etadilar. 
Mazkur boshqaruv tashkilotchilik ishi ko’nikmalarini tarbiyalaydi, umumiy
g’oyalari bilan ahil, jipslashgan o’quvchilar jamoasini tuzadi. O’quvchilar o’z -
o’zini idora qilish tizimi maktab o’quvchilari (jamoasi) tomonidan o’zining


faoliyatida demokratik faoliyat tarzlarini chuqur o’zlashtirish uchun qulay 
sharoitlar yaratadi.
Bu to’g’ri taqsimlash, ijro ustidan hisobot va nazoratni yo’lga qo’yish, harakatlar,
tashabbuskorlikning uyg’unligini ta’minlash, musobaqalar uyushtirish, o’z
zimmasiga mas’uliyat olish kabi ko’nikmalardan iborat. Tarbiyalanuvchilar
davrimiz kishisi uchun zarur bo’lgan qator axloqiy sifatlarni, chunonchi, jamoat
ishiga va unga qo’shadigan ulushi uchun shaxsiy mas’uliyat, jamoa manfaatlariga
sodiqlik, o’zaro munosabatlarning qat’iylik, talabchanlik, jamoat tashabbusini
qo’llab-quvvatlash kabi sifatlarni egallaydi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin