Ii. Asosiy qism


 Tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan



Yüklə 0,68 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix06.05.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#108953
1   2   3   4   5   6   7
4. Tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan 
tarbiyaviy ishlar jarayoni. 
Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy shakllarini, mazmuni
va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga
olishini talab etmoqda. 
Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti
bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur muammoni
ijobiy hal etish uchun sin fdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar
tizimida
quyidagilar bo’lishi lozim: 
- Ulg’ayayotgan inson shaxsini tarbiyada oliy ijtimoiy qadriyat deb tan 
olish, har bir bola, o’smir va yosh yigitning betakror va o’ziga xosligini 
hurmatlash, ijtimoiy xuquqini e’tiborda tutish zarur. 
- Milliylikning o’ziga xos an’ana vositalariga tayanish. 
- Pedagoglar o’rtasida o’zaro hurmat munosabatlarini shakllantirish. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtlardagi
o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va kengaytradi, o’quvchilarni mustaqil
bilim
olishlari, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat
yaratadi.
Sinfdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlarda fan o’qituvchilari o’z faniga qiziqqan
o’quvchilar bilan mashg’ulot o’tqazib, o’quvchilarning qiziqishlarini o’stiradi.
Sinfdan tashqari ishlarni to’la qamrab olgan to’garaklar bir necha xilda
bo’lishi
mumkin: 
A) fan to’garaklari 
B) mohir qo’llar to’garaklari 


V) sport to’garaklari 
G) badiiy havaskorlik to’garagi 
O’rta umum ta’lim maktablarida bu ishlarni sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar
tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari sinfdan tashqari ishlarni uyushtirishda
to’garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil
bo’lgan o’z o’quvchilarini biror to’garakka a’zo bo’lishga chorlaydi. Ularni qaysi
to’garakda mashg’ul bo’lishlari hisboga olinadi. 
Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da’vat etuvchi
tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, hozirgi sh 
aroitda maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari,
yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab 
tarbiyasining uzviy davomchisi bo’lib qolishi kerak. O’zbekiston
Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar 
kontseptsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo’ladi. 
Ma’lumki, o’quvchilarni g’oyaviy-siyosiy, axloqiy, mehnat, nafosat va jismoniy
jihatdan to’liq shakllangan kishilar qilib tarbiyalash dars jarayonidan boshlanadi.
Biroq o’quvchilarning kundalik o’sib borayotgan ehtiyojlari, talablari va
barcha qiziqishlarini faqat dars jarayoni bilangina cheklab bo’lmaydi. 
Bunday ko’p qirrali qiziqishlarni sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlarni uzviy bog’lanis h asosidagina qondirish mumkin. SHu sababli
keyinga davrda o’quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini ko’ngilli uyushtirishga 
alohida ahamiyat berilmoqda. 
Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar – o’quvchilar hayotidagi
tarbiyaviy faoliyatni to’ldiradi. Ularning dunyoqarashini to’g’ri shakllanishiga,
axloqiy kamol topishiga ko’maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab
chiqarish bilan chambarchas bog’lanishiga zamin yaratadi. Sinfdan va maktabdan
tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchining vazifalari ham ko’p qirralidir.
Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan, uning mazmuni, shakl


va usullarini aniqlamasdan, ma’lum bir tizimga solmasdan turib ko’zda 
tutilgan maqsadga erishi qiyin.
1998 yilning «Oila yili» deb e’lon qilinishi vash u yilning o’zida Oila
kodeksining qabul qilinishi hamda mamlakatimiz tarixda ilk bor tashkil
etilgan Respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining maqsadi ham davlatimizning 
oilani har tomonlama mustahkamlash, himoya etish borasidagi siyosatiga 
hamohang bo’lib, oilaga taalluqli boy va sermazmun milliy an’analarni
avaylab -asrash, ularni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirish, oila va 
nikohning muqaddasligini yosh avlod ongiga chuqur singdirish yo’li bilan oilani 
mustahkamligi, barqarorligini ta’minlash, oila a’zolarining xuquqiy 
savodxonligini oshirish muammolarini ilmiy o’rganish, oilaviy hayotga bog’liq
muammolarni tadqiq eti shva fuqarola rga bu masalalarda amaliy yordam 
berishdan iboratdir. 
Markazning muhim maqsad va vazifalaridan biri oila kontseptsiyasini yaratish
va uni hayotga joriy etishning uslub va vositalarini joriy etish orqali
hukumatimizning ijtimoiy sohadagi insonparvar siyosatini amalda har bir fuqaro
ongiga oila instituti orqali singdirishdan iboratdir. 
Davlatimiz rahbari I.A.Karimov har chiqishlarida oila masalalariga katta
e’tibor berar ekanlar, uning tarbiya beradigan maskanlar orasida eng muhimi
qadrli ekanligiga oid fikrlari alohida ahamiyatga ega. «Oila haqida gapirar 
ekanmiz, avvalambor oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini 
ta’minlaydigan muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak 
nasllar qanday
inson bo’lib yetishishiga bevosita ta ’sir ko’rsatadigan tarbiya o’chog’i 
ekanligini tan olishimiz darkor». Mustaqillik yillarida respublika hukumati va
Prezidenti
I.A.Karimov tomonidan oilaga ko’rsatilayotgan etibor, yillarga maqom
berilayotganda oialni mustahamlash, nikohni qadriyat sifatida e’zozlashga
qaratilgan chora tadbirlar tom ma’noda yurtimizda oila va farzandlar hukumatning
doimiy g’amxo’rligi ekanligidan dalolatdir.Taqdim etilayotgan kontseptsiya
oila institutini yurtimizda yanada mustahkamlash, u orqali milliy istiqlol


g’oyasini fuqarolar ongiga singdirish ishlari uchun dasturulamol bo’lib xizmat 
qiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o’zgarishlar, yangilanish
jarayonlari va islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad ozod va obod Vatan,
rivojlangan fuqarolik jamiyati barpo etish, shu tarzda xalq farovonligini 
ta’minlash, jahon hamjamiyatidan munosib o’rin egallash, oilaning
barkarorligiga erishish ekan, oila bag’ishlangan kontseptsiyaning vujudga
kelishi o’ta dolzarbdir. Zero, Respublikamiz o’z iqtisodiyotini yangi bos qichga
ko’tarish, jamiyatni erkinlashtirish va demokratiyalash siyosatini izchil olib
borar ekan, bizga jamiyatning negizi bo’lgan oilalar muammolari va
istiqboliga qaratilgan kontseptsiya zarur. Darhaqiqat, kontseptsiya
O’zbekistondagi oilalarning rivojlanishi istiqbolini tasavvur qilish, oila
borasidagi ijobiy va muammoli masalalarni oldindan bashorat qilish uchun,
mavjud muammolarning sabab va omillarini belgilab olish uchun ham xizmat 
qiladi. 
SHuni alohida ta’kidlash lozimki «Oila» kontseptsiyasini yara tish va bu bilan
bog’liq ishlarning dolzarbligi hamda bajarilishining maqsadga muvofiqligi
mustaqillik yillarida Respublika rahbari I. A. Karimov tashabbusi bilan
yillarga berilgan maqomlar doirasida amalga oshirilayotgan davlat
dasturlarining oilani, ona va bolani ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilganligi, 
xukumat tomonidan oila manfaatlariga ajratilayotgan sarmoyalarning amalda
oqlanishi zarurati bilan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 5 fevral 6 -sonli «Ona 
va bola» Davlat dasturi to’g’risidagi qarorida belgilangan vazifalarning muhimlligi 
va dolzarbligidan ham kelib chiqadi.Oila va jamiyat - mohiyatan bir-biri
bilan chambarchas bog’liq bo’lib, oilada jamiyatning tub mohiyati va muammolari 
o’z aksini topadi. SHuning uchun ham oilani kichik jamiyat deyish mumkin. 
Har bir jamiyat a’zosi oila bagrida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni 
o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni 
shakllantirish, uni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir.
Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim shartidir.
SHu boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi. 

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin