13 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjet 1
I-BOB.IQTISODIY MADRERINIZATSIYALASH USULLARI. 1.1 Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishda davlat budjetining ahamiyati. Har bir mamlakatning normal ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlanishi uchun samarali faliyat qiluvchi davlat zarur. Davlat jamiyatga va mamlakat fuqarolariga zarur tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiyot va ijtimoiy tarmoqlarning samarali faoliyat qilishi uchun me’yoriy va institutsional tuzilmalarning qonuniy asoslarini yaratish va shu bilan o’z fuqarolarining yashashi va ishlashi uchun moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratib berish vazifalarini bajaradi. Shu vazifalardan kelib chiqqan holda. davlatning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:
1. Bozor xo’jaligining institutsional asoslarini shakllantiruvchi qonuniy xujjatlarni ishlab chiqish, qabul qilish, amalga oshirish va takomillashtirish;
2. Makroiqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlash,iqtisodiyotni samarali boshqarish va tartibga solish;
3. Asosiy ijtimoiy xizmatlarni moliyalashtirish, aholining muhtoj qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;
4. Milliy manfaatlarni himoya qilgan holda, jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonlarini boshqarish va tartibga solish;
5. Davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasi va milliy havfsizligini ta’minlash;
6. Tabiat muhofazasi va ekologik muvozanatni ta’minlash bilan bog’liq chora-tadbirlarni amalga oshirish va shu kabilar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakat iqtisodiy salohiyatining oshib borishi bilan davlatning kuch-qudrati, uning o’z funktsiyalarini kengaytirib borish imkoniyati ortib boradi. Davlat o’z funktsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun, shuningdek, rivojlanishning har bir bosqichida dolzarb bo’lga strategik maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatda yaratilgan moliyaviy resurslarning ma’lum bir qismini o’z qo’lida to’plamog’i ob’ektiv zaruriyatdir.
Aynan shu ob’ektiv zaruriyatning mavjud bo’lishi davlat budjetining mavjud bo’lishini va amal qilishini taqozo etadi.
Davlat budjeti orqali jamiyatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromad qayta taqsimlanadi. Yalpi ichki mahsulotning qayta taqsimlanishi jamiyatdagi umumiy ehtiyojlar: maorif, sog’liqni saqlash, mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, aholi tarkibidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, mamlakat osoyishtaligi, chegaralar dahlsizligini ta’minlash va favqulodda holatlar uchun saqlanadigan davlat zahiralarining mavjud bo’lish zarurati tufayli kelib chiqadi. Shuningdek, davlat budjeti orqali davlat jamiyatning ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlariga ta’sir qilishning moliyaviy dastaklariga ega bo’ladi.
Mamlakat moliyaviy resurslarining davlat ihtiyorida markazlashish darajasini aks ettiruvchi davlat budjetining hajmi qator omillarga bog’liq:
- iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasiga;
- davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasiga;
- korxona, tashkilot va muassasalardagi xo’jalik yuritish usullariga;
- jamiyat tomonidan xal etilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning xarakteriga,
- iqtisodiyotda va ijtimoiy soha tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy o’zgarishlarning ko’lamiga va boshqalar.
Davlat budjetida to’planayotgan mablag’lar davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, ular davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan tegishli funktsiyalar va vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi. Davlat budjetining maqsadi resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash natijasida ijtimoiy yo’naltirilgan jamiyatni barpo etishdir. Davlat budjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir.Davlat budjeti milliy iqtisodiyot korxonalarini texnikaviy jihatdan qayta qurollantirishda alohida ahamiyatga ega. Budjetdan iqtisodiyotga qilinayotgan xarajatlar va markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish, eng avvalo, ana shu maqsadlarga xizmat qiladi. Ayniqsa, ijtimoiy soha (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy ta’minot) xarajatlarini moliyalashtirish, oilalarga ijtimoiy nafaqa berish, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar bahosidagi farqlarni budjetdan qoplash, davlat hokimiyati organlari, boshqaruv va sud organlarini saqlash, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish organlarini moliyalashtirish, mamlakatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash kabi vazifalarning o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashda Davlat budjetining ahamiyati juda beqiyosdir.
Sub’ektlarning faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda Davlat budjetining tartibga soluvchi o’rni quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
– moliyaviy resurslarga bo’lgan yangi talabni kelgusi budjet yilida budjetning xarajatlari tarkibiga kiritish;
– moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud bo’lgan budjet resurslarini manyovr qilish, ya’ni budjet kreditlarini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish. Bunday imkoniyatning mavjud ekanligi amaliyotda ayrim sub’ektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan belgilanadi;
– qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar.
O’zining mohiyatiga ko’ra, Davlat budjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismidan iborat bo’lib, shunga mos ravishda u moliya tizimiga tegishli bo’lgan barcha xususiyatlarga ega va unga tegishli bo’lgan barcha funktsiyalarni bajaradi. Bir vaqtning o’zida, Davlat budjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z navbatida, davlat budjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan ajratib turadi va unda markaziy o’rinn egallashga imkon beradi. Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda hukumat barcha moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsada, uning bu xislati, ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarini asosiy taqsimlovchisi sifatidagi o’rni faqat budjetda katta kuch bilan namoyon bo’ladi.
Yagonalik va markazlashuvning yuqori darajada ekanligi Davlat budjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli ma’muriy-hududiy budjetlarning ko’pligiga qaramasdan ularning barchasi quyi bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga bo’ysunishiga ketma-ket rioya qilgan holda yagona Davlat budjetiga birlashadi. Bir vaqtning o’zida budjet resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda oshkoralik ham ta’minlanadi. Chunki davlat hokimiyatining barcha organlari o’zlarining budjet mablag’lariga ega bo’lib, bu borada ular o’zlariga tegishli bo’lgan budjet huquqlaridan foydalanadilar.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni Davlat budjeti orqali taqsimlash, bir vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada nisbatan mustaqil ham bo’lgan uch bosqichga egadir:
1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (budjet daromadlari);
2) hududiy va ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli budjet fondlarini yaratish;
3) budjet fondidan foydalanish (budjet xarajatlari).
Umuman olganda davlat budjetining ahamiyatini biz quyida keltirilgan 1.1- rasmda kurishimiz mumkin .
Davlat budjeti davlatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida davlat hokimiyatini iqtisodiy imkoniyatlarining moliyaviy asoslarini yaratadi.