Ii-bob iqtisodiy madrerinizatsiyalash sharoitlarida davlat byudjeti


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash masalalari



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə5/6
tarix11.05.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#111467
1   2   3   4   5   6
13 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjet 1

2.2 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti xarajatlarini samarali ijrosini ta’minlash masalalari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatni rivojlantirish sharoitida davlat budjeti xarajatlari samarali ijrosini ta’milashda oldindan belgilangan tamoyillar asosida amalga oshiriladi (chizma). Bunday tamoyillar qatoriga budjet mablag’larini maqsadli taqsimlash,ulardan eng yuqori samara olinishiga erishiladigan holda foydalanish, tejamkorlik rejimiga qat’iy amal qilish va budjet xarajatlarini ijrosini ta’minlashda budjet intizomiga rioya etilishini ta’minlash kabilar kirishi mumkin. Bu tamoyillarga so’zsiz amal qilish budjet mablag’laridan maqsadli, samarali va tejamlilik asosida foydalanishga katta imkoniyat yaratadi.
Bugungi kunda mamlakatdagi mavjud ahvolni o’rganib chiqib, budjet xarajatlarini rejalashtirish va ijrosi jarayonidagi budjet intizomini buzilishiningquyidagi xarakterli ko’rinishlarini keltirish mumkin:
 Budjetning ikkinchi darajali xarajatlarini mablag’ bilan ta’minlash
oqibatida birinchi darajadagi tadbirlarga mablag’ yo’naltirishni kechiktirish;
 Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarning tazyoiqi ostida budjet
mablag’larini budjet parametrlarida ko’zda tutilmagan xarajatlarga yo’naltirish;
 Ish xaqi, xo’jalik xarajatlari bo’yicha belgilangan budjet limitlarini oshirib borish;
 Bdyudjet mablag’larini bir moddadan ikkinchi moddaga o’tkazish va ulardan noqonuniy tarzda foydalanish va h.k.
Budjet intizomiga rioya etish buzilishining eng ko’p tarqalgan xarakterli
ko’rinishi – bu bdjet mablag’larini mahalliy hokimliklarning farmoyishlari asosida adres dasturiga kiritilmagan qurilish va ta’mirlash ob’ektlariga, avtomobillar sotib olish, dabdabali tadbirlarni o’tkazishga yo’naltirishdir.
Budjet mablag’larining mahalliy budjetlar parametrlarida belgilanmagan xarajatlarga tarqatib yuborilishi, birinchi navbatda bo’lgan ish haqi, ijtimoiy nafaqalar, stipendiya to’lovlari, davolash va xalq maorifi muassasalariga doridarmon, oziq-ovqat, yoqilg’i – energiya resurslarini etkazib berishda jiddiy salbiy holatlarga olib kelmoqda.
Ma’lumki, ko’p yillar davomida budjetning xarajatlar ijrosini amalga oshirishda hamda budjet mablag’larini nazorat qilishda bir talaygina muammolarga duch kelinishi budjet mablag’larini sarfi ustidan nazoratni to’liq amalga oshirilmayotganligi ko’zga tashlanar edi.
Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan moliya muassalari va budjet tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni bo’shashtirib yuborganligi oqibatida moliya organlari va budjet tashkilotlari rahbarlari birinchi darajali xarajatlarni moliyalashtirish uchun yo’naltirish
o’rniga mablag’larni budjet parametrlarida ko’rsatilmagan xarajatlarga yo’naltirish, budjet mablag’larini boshqa moddalarga sarflash holatlarini ko’rish mumkin edi. Bularning barchasi faqatgina budjet mablag’larini rejalashtirish jarayonida emas, balki ulardan foydalanish ya’ni ijrosi jarayonida ham budjet intizomiga rioya etishning buzilishiga xos bo’lgan qutsidagi xarakterli ko’rinishlarni keltirib chiqargan edi :

G’aznachilik tizimining faoliyati nafaqat davlat moliyaviy resurslarini safarbar qilish orqali davlat xarajatlarini muntazam boshqarish imkoniyatini yaratadi, balki ular ustidan samarali nazorat qilish imkonini ham beradi. Boshqacha qilib aytganda, rivojlangan moliya tizimini shakllantirishda davlat moliyaviy resurslarini malakali boshqarish va budjetni to’xtovsiz ijro etish hamda budjet mablag’larini oluvchilar tomonidan mablag’larni maqsadli ishlatilishini nazorat qilishni ta’minlaydi. Oxirgi yillarda ko’pchilik mamlakatlarda g’aznachilik organlari o’zlarining turli darajadagi budjetlar ijro-sini ta’minlash kabi asosiy funktsiyalaridan tashqari, umuman davlat moliya tizimida faolroq rol o’ynamoqda. Ular iqtisodiyot va davlat moliyasi sohasida universal vazifalarga ega o’ziga xos davlat moliyaviy organlariga aylanib bormoqda.

XULOSA
Mazkur kurs ishidan tadqiq etish jarayonida biz quyidagi xulosalarga keldik:
Birinchidan- davlat budjeti xarajatlarini amalga oshirish da tarqoq xoldagi tijorat banklarida ochilgan xisob raqamdan, markazlashgan tartibda Markaziy bankda ochilgan yagona g’azna xisob rakamidan xarajatlarni amalga oshirish tashkil etildi.
Ikkinchidan-amalda bulgan tasdiqlangan budjet xarajatlari miqdori va budjet tashkilotlarining smeta xarajatlari doirasida xarajatlarini moliyalashtirishdan budjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy majburiyatlarini ruyxatga olish orqali , xar bir budjet tashkilotlari xarajatlarini mablag’ bilan taminlash amaliyotiga utildi.
Uchinchidan- Gaznachilik organlari budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar xarajatlari, tulovlarini amalga oshirish doirasida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirish imkoniga ega buldi. Bu uz navbatida mablag’larni ishlatilishini nazorat qilish imkonini berdi.
Turtinchidan- budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar tovarlar (ish, xizmatlar) xarid qilishi buyicha malum urnatilgan narxlarini shakllantirish va shu asosda xarajatlarni amalga oshirish tartibi urnatildi. Natijada budjet mablag’larini suistemol qilinishini oldini olish imkoniyati yaratildi.
Beshinchidan-davlat budjeti g’azna ijrosini taminlovchi tizimlashgan operativ organ faoliyatiga asos solindi. Bu esa muayyan vaqt xolatiga budjet xarajatlari ijrosi buyicha tezkor malumotlarni olish bo’sh turgan pul mablag’larini zaruriy xarajatlarni amalga oshirish uchun yunaltirish imkonini
beradi.
Oltinchidan- G’aznachilik sharoitida budjet xarajatlarini amalga oshirish orkali, budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning xarajatlari buyicha qarzlarni vujudga kelish darajasi pasaytirildi.
Ushbu xulosalarimizdan kelib chiqqan holda istiqbolda davlat budjeti xarajatlari ijrosini samarali tashkil etish bo’yicha quyidagi vazifalarni bajarish lozim.
Budjet intizomini mustahkamlash maqsadida budjet xarajatlaridan samarali va oqilona foydalanishning asosiy shartlaridan biri tejamkorlik rejimidagi xarajatlarni nazorat qilish normalariga qat’iy rioya qilishdir. Buning uchun budjetdan ijtimoiy ijtimoiy- madaniy tadbirlarni moliyalashtiriladigan mablag’lardan tashqari boshqa xarajatlarni bosqichma – bosqich kamaytirish va me’yordan ortiqcha amalga oshirilgan xarajatlarni budjet hisobotlariga debitorlik va kreditorlik qarzlari sifatida qabul qilish amaliyotiga chek qo’yish zarur.
Budjetdan mablag’ oluvchi muassasalarning moddiy texnik bazasini inobatga olgan holda, byujetdan mablag’ oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan to’lovlar ko’chirmasini (vipiska) o’z muddatlarida hisobotlarda aks ettirilishini ta’minlash maqsadida, ushbu hujjatlarni tegishli operatsiyalar amalga oshirilgandan so’ng g’aznachilikda to’g’ridan-to’g’ri budjet muassasasiga elektron tarzda yuborish va shu asosda budjet muassasalari tomonidan hisobotlarni o’z vaqtida va sifatli tuzishga erishish maqsadga muvofiq bo’lardi
davlat budjetini shakllantirish va uning mablag’laridan foydalanish ustidan operativ nazoratni ta’minlash maqsadida o’z faoliyatlari bilan bog’liq munosabatlar doirasida budjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim .
Uylaymizki, yuqorida keltirilgan xulosalarimiz istiqbolda davlat budjeti xarajatlarini samarali ijro etishda o’z ijobiy natijalarini beradi.


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin