Tizimli dasturiy ta’minot. Bu sathdagi dastur, kompyuter tizimining boshqa dasturlari va bevosita apparat ta’minoti bilan o’zaro bog’lanishni ta’minlaydi, ya’ni bu dasturlar dallollik vazifasini o’taydi.
Butun hisoblash tizimining ekspluatasiya (ishlatish) ko’rsatkichlari ish sathining dasturiy ta’minotiga bog’liqdir. Masalan, hisoblash tizimiga yangi qurilma ulash vaqtida boshqa dasturlarni shu qurilma bilan bog’lanishini ta’minlash uchun, tizimli darajada dastur o’rnatilishi kerak. Aniq qurilmalar bilan o’zaro bog’lanishga javob beruvchi dasturlar qurilma drayverlari deyiladi va ular tizimli sath dasturiy ta’minoti tarkibiga kiradi.
Tizimli sath dasturlarining boshqa sinfi foydalanuvchi bilan bog’lanishga javob beradi. Aynan shu dasturlar yordamida foydalanuvchi, hisoblash tizimiga ma’lumotlarni kiritish, uni boshqarish va natijalarni o’ziga qulay ko’rinishda olish imkoniga ega bo’ladi. Bunday dasturiy vositalar, foydalanuvchi interfeysini ta’minlash vositalari deb ataladi. Kompyuterda ishlash qulaylgi va ish joyi unumdorligi bu vositalar bilan bevosita bog’liqdir. Tizimli satx dasturiy ta’minoti majmuasi kompyuter operasion tizimi yadrosini tashkil etadi. Operasion tizimning to’liq tushunchasini biz keyingi boblarda ko’rib o’tamiz, bu yerda esa biz faqat, agar kompyuter tizimli sath dasturiy ta’minoti bilan jihozlangan bo’lsa, u holda kompyuter yanada yuqori darajadagi dasturni o’rnatishga va eng asosiysi dasturiy vositlarning qurilmalar bilan o’zaro aloqasiga tayyorligini bildiradi. Ya’ni operasion tizim yadrosi mavjudligi – insonni hisoblash tizimida amaliy ishlarni bajarish imkoniyatining zaruriy shartidir.
Dostları ilə paylaş: |