II-bob. Komputerlarning texnik ta’minoti.
2-ma’ruza
Mavzu: Kompyuterlarning texnik tarkibi, asosiy va qo’shimcha qurilmalari
Reja:
1.Zamonaviy komputerlar, turlari asosiy xarakteristikalari va qo'llanish sohalari
2.Komputerlarning asosiy qurilmalari.
3.Komputerlarning qo’shimcha qurilmalari
Ma’ruza bayoni
Hozirgi kunda kompyuterlarning imkoniyati kun sayin benihoya kengayib bormoqda. Ular barcha sohalarda: qishloq xo’jaligida, xalq xo’jaligida, sanoatda, ishlab chiqarishda, fan va texnikada, boshqarishda, o’quv dargohlarida va hokazolarda keng qo’llanilmoqda. Kompyuterlar orqali buxgalteriya hisoblari bajarilmoqda, bank faoliyati va ishlab chiqa-rish sistemalari boshqarilmoqda, hujjatlar chiroyli qilib chop etilmoqda, rasm va multfilmlar yaratilmoqda, musiqa yaratilib, ijro etilmoqda, banklararo aloqalar elektron pochtalar yordamida amalga oshirilmoqda, turli xil o’yinlar o’rnatilmoqda, turli predmetlar va chet tillari o’rganilmoqda va hokoza. Kompyuter degani inglizcha “computer” so’zidan olingan bo’lib, “hisoblagich” degan ma’noni anglatadi.
Kompyuterlarning eng ko’p tarqalgan turlari quyidagilardan iborat:
Katta EHM – bu kompyuterlar katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash uchun mo’ljallangan bo’lib, o’zining ishonchliligi, yuqori ishlash tezligiga ega ekanligi bilan boshqa kompyuterlardan ajralib turadi. Ular asosan yirik korxonalarda, xalqaro miqyosdagi banklarda, davlat tashkilotlarida va boshqa joylarda ishlatiladi. Ularga minglab displey va klaviaturalarni ham ulash mumkin.
Super EHM – bu kompyuterlar katta hajmdagi hisoblashlarga ega bo’lgan masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Ular asosan mudofa ishlarida, meteorologiya sohasida, geologiyada, astrologiya sohasida va hokazolarda ishlatiladi.
Mini EHM – bu kompyuterlar ham ma’lum bir sohaga tegishli masalalarni yechish uchun mo’ljallangan. Ular asosan davlat tashkilotlarida oliy o’quv yurtlarida, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarida qo’llaniladi. Ularga o’nlab, yuzlab displey va klaviaturalarni yoki shaxsiy kompyuterlarni qo’shish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |