Qattiqdisk (NDD). Qattiq disklar (vinchester) kompyuter bilan ishlash jarayonida foydalaniladigan ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun ishlatiladi. Bu ma’lumotlar operasion sistema dasturlari, ko’p qo’lla-niladigan amaliy dasturlar majmuasi, hujjatlar muharriri, dasturlash tillari translyatorlari va hokazolardan iborat bo’lishi mumkin. Qattiq disklar boshqa xotira qurilmalaridan ishonchliligi; hajmining kattaligi va axborotlarni o’qish tezligining yuqoriligi bilan farq qiladi. Hozirgi vaqtda kompyuterlar 800 Mbaytdan 2,2 Gbaytgacha va undan ham kattaroq hajmga ega bo’lgan disklar bilan ta’minlanmoqda.