Axborotlarni saqlovchi va tashuvchi vositalar: fleshka, CD va DVD disklar.
Flesh disklar juda katta hajmdagi axborotni o’z ichiga sig’dira oladigan yarim o’tkazgichli elementlardan qurilgan xotira. Hozirgi kunda flesh xotiralarning hajmi 32 Gb gacha bo’lgan axborotni o’ziga sig’dira oladi. Flesh xotiralar o’lcham jihatidan juda kichik bo’lib foydalanish uchun juda qulash. Ma’lumot yozish tezligi 6700 kbayt/sek gacha yetadi. Ma’lumot o’qish tezligi yesa 18000 kbayt/sek gacha boradi. Flesh xotiralar hozirgi kunda eng asosiy axborot tashuvchilardan hisoblanadi.
CD disklar – bu kompakt disk so’zlarining bosh harflaridan olingan nomli disklar bo’lib, axborotlarni saqlash uchun optik yuzadan iborat, yumaloq disk ko’rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga ega bo’lib, unga ma’lumot disk o’quvchi qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o’qiladi.
DVD disklar – bu dijital video disk so’zlarining bosh harfidan iborat nomli disklar hisoblanadi. Bu disklar 4.5 Gbayt hajmga ega bo’lib, CD disklarga nisbatan 7 barobar ko’p axborot sig’dirishi mumkin.
Har ikkala turdagi disklar ham optik rejimda ma’lumotlarni yozish, o’qish va saqlash xususiyatiga ega bo’lib, ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni tashish imkoniyatiga ega.
Hozirgi kunda ushbu disklarning yangi avlodlari ishlab chiqarilmoqda, ular CD-RW va DVD-RW ko’rinishida belgilanadi. Bunday turdagi disklarga axborotlarni yozish, o’chirish va qayta yozish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |