1. 8-razryadli mikroprosessorli kompyuterlar uchun SR/M operasion sistemasi. Bu operasion sistemaning yaratilishi kompyuterlar uchun boshqa operasion sistemalarning yaratilishiga asos soldi. SR/M operasion sistemasi 1974 yilda yaratilgan va ko’plab 8 razryadli mikroprosessorli shaxsiy kompyuterlarga o’rnatilgan. Uning asosiy yutug’i juda soddaligida va turli xil kompyuterlar uchun tezroq moslash-tirilishidan iborat.
2. 16-razryadli mikroprosessorli kompyuterlar uchun operasion sistemalar.Hozirgi vaqtda MS DOS operasion sistemasi 16-razryadli mikroprosessorli kompyuterlar uchun eng ko’p qo’llaniladigan operasion sistemasi hisoblanadi. U o’zining imkoniyatlarining kengligi bilan SR/M operasion sistemadan farq qiladi. Bu turdagi operasion sistemadan farq qiladi. Bu turdagi operasion sistemalar asosiy ustunligi quyidagidan iborat: buyruqlar tilining kengayganligi; faylli sistemaning iyerarxik ko’rinishga egaligi; tashqi qurilmalar bilan ishlash imkoniyatini mavjudligi va hokazo. MS DOS operasion sistemasida ishlash uchun 60 Kbaytga yaqin xotira hajmi kerak bo’ladi.