1.4 - rasm. Ijtimoiy ahloqiy marketing sub’ektlari Marketingni o‘zaro aloqaviy konsepsiyasi. Marketingni o‘zaro aloqaviy
konsepsiyasining asosiy g‘oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni
qatnashchilari o‘rtasidagi munosabatlar (kommunikatsiya)dan tashkil topadi.
Marketingni o‘zaro aloqasi samarali kommunikatsiya, shaxsiy muloqotlar
ahamiyatini oshiradi. Marketingni o‘zaro aloqasi kommunikatsiyani kengroq jihatda - kompaniya bilan uning shyeriklari o'rtasidagi daromad olib keluvchi
xohlagan o'zaro aloqasi sifatida ko'radi.
Savdo, keyinchalik sanoatda marketingni faol qo'llanish jarayoni o'tish
davri iqtisodiyotining xususiyatlari bo'lib hisoblanadi. XXI asrning 2008 yilida
iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning vujudga kelishi
natijasida moliya bozorlari xizmatlarida marketing tizimini keng qo'llash
ahamiyati yanada ortadi.