Ishlab chiqarishni
takomillashtirish,
sotish hajmini ustirish
1920-1930
Tovar
Sifatli tovarlarni ishlab
chiqarish
Tovar siyosati
Iste’mol tovarlari
xossalarini
takomillashtirish
1930-1950
Sotish
Sotish tarmoqlari va
kanalini rivojlantirish
Sotish siyosati
Tovarlar sotish
intensifikatsiyasi
1960-1980
An’anaviy
marketing
Iste’molchiga nima
kerak bo‘lsa o‘shani ishlab chiqarish
Marketing miks
kompleksi, iste’molchini tadqiq
qilish
Maqsadli bozorni
xoxish-ehtiyojlarini tadqiq etish
1980-1995
Ijtimoiy-
axloqiy
marketing
Jamiyat talablarini
hisobga olgan holda
iste’molchiga kerak
bo‘lgan tavrlarni ishlab
chiqarish
Marketing miks
kompleksi, ishlab
chiqariladigan tovar
va xizmat ishlab
chiqarish,
iste’molchi bilan
bog‘liq bulgan
ijtimoiy va
ekologik
oqibatlarni tadqiq
etish
Maqsadli bozorni
xoxish-ehtiyojlari-ni
qondirish
1995
yildan shu
davrgacha
Marketingni
o‘zaro
alokaviy
konsepsiyasi
Biznes bo‘yicha
shyeriklar va
iste’molchilarni
kondiradigan tovarlar
ishlab chiqarish
Marketing miks
kompleksi,
integratsiya va
tarmoqli taxlil,
koordinatsiya
uslubi
Maqsadli bozorni
xoxish-ehtiyojlarini
qondirish
Ko‘rsatib o‘tilgan marketing konsepsiyalari har bir mamlakat uchun
starndart yoki norma yoki qoida sifatida qurilmasligi kerak. Marketing
evolyutsiyasi har qaysi mamlakatda o‘zini xususiyatlari va bozor munosabatlari
rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Biroq marketingni paydo bo‘lishi bilan
bog‘liq jahon tajribasi hamda bozor munosabatlarini rivojlanishi aniq
mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatini tadbiq tadbiq bozor munosabatlarini
shakllantirishga ishlatilishi mumkin ekanligi foydali hisoblanadi. Bundan
tashqari marketingni rivojlanishida mashhur umumiy tendentsiya - e’tiborni
tovar ishlab chiqarishdan iste’molchiga, uning xoxish va ehtiyojlariga qaratish
talab etiladi.
Birinchi davr - marketing konsepsiyasi «ishlab chiqarish konsepsiyasi» -
«mahsulot ustunligi» tarzida belgilanadi, bunda eng muhim masala yaxshi tovar
ishlab chiqarish va uni xaridorga arzon narxlarda sotish deb hisoblanadi.
Konsepsiya shiori - «imkoni boricha ko‘proq tovar ishlab chiqar, chunki bozor
talabi cheksiz». Shunisi diqqatga sazovorki, bizning iqtisodiyotimiz hozirgi
davrda hammadan ko‘ra ibtidoiy marketing kotseptsiyasiga yaqin turadi.
Tovar konsepsiyasi iste’molchi e’tiborini tovarga, uning sifatiga va narxiga
qaratishni talab etadi. Iste’molchilar o‘xshash tovarlarni sifatlarini boshqa
firmani shunday tovarlari bilan solishtirib ko‘radilar. Bu konsepsiyani ko‘pincha
kompaniya, firma, tashkilotlar, shuningdek, notijorat tashkilotlar ham ushlab
turadilar. Biroq tovar konsepsiyasi muvaffaqiyat keltiravyermaydi.
Keyingi davr «sotish konsepsiyasi» nomini oldi. Bunda firmaning
mahsulotini «mana tovar tayyor, kelavyering va savdolashing» shiori bilan
sotishni mo‘ljallash birinchi o‘ringa chiqadi. Tovar va savdo marketinggi
konsepsiyalari mahsulot ishlab chiqarish hali syeriyali, ya’ni yalpi tus olmagan
davrda maydonga kelgan edi. Tovarlarning yangi turlari va xillari hisobiga
yuqori darajada foyda qo‘lga kiritilar edi, sababi mohiyat e’tibori bilan cheksiz
talabga ega bo‘lgan bozorda bu tovarlarga nisbatan talab benixoya katta edi.
50-yillarda boshqarish konsepsiyasining ilk asosini sotish hajmi, ishlab
chiqarish va muomala xarajatlari darajasi, daromad, foyda va boshqa
ko‘rsatgichlarni uzoq muddatli o‘zgarishlarini aniqlash tahlil qilindi. Shunga
ko‘ra bozordagi ish faoliyatini bir yildan besh yilgacha moslashtirish ko‘zda
to‘tilgan.
Marketing rivoji tarixida o‘tgan asrning 50-yillari muhim bosqich buldi.
Ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish tangligi ko‘rinib qoldi. Marketing - ishlab
chiqarishni bozor talabiga moslashtirish konsepsiyasi, uning asosini
iste’molchiga - «bozor ustunligi»ga mo‘ljal olish tashkil etdi. Marketing
boshqaruvining bozor konsepsiyasi yanada rivojlandi.
An’anaviy marketing konsepsiyasi o‘tgan asrning 50-yillari o‘rtalaridan
boshlab marketing bozor konsepsiyasi tarzida boshqarishda firmaning faqat
bozor strategiyasini emas, balki ishlab chiqarish strategiyasini ham
belgilaydigan yetakchi vazifaga aylandi. Marketing xizmati firmaning asosiy
boshqarish markazi, bozor, ishlab chiqarish, ilmiy-texnika va moliyaviy faoliyati
masalalari bo‘yicha axborotlar va tavsiyalar manbai bo‘lib qoldi. Marketing
xizmati ijtimoiy talab va bozor konyunkturasi holati hamda o‘zgarishlarini
batafsil tahlil qilish asosida u yoki bu tovarni ishlab chiqarish zarurati, istiqboli
va foydadorligi, ishlab chiqarish dasturlarini moddiy-texnika jihatlaridan
ta’minlash imkoniyatlari to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi.