Ii jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi milliy harkatli o’yinlar tasnifi va ularni o’rgatish yo`llari


Chidamlilikni tarbiyalovchi o’yinlar



Yüklə 24,85 Kb.
səhifə5/8
tarix02.01.2022
ölçüsü24,85 Kb.
#35680
1   2   3   4   5   6   7   8
referat

4. Chidamlilikni tarbiyalovchi o’yinlar. Ko’pchilik milliy xalq o’yinlarida nihoyatda jadal bajariladigan mashqlar tufayli tezkorlik va chidamlilik kabi jismoniy sifatlar tarbiyalanadi. Bunday o’yinlarda jismoniy yuk (nagruzka) ham asta-sekin oshirib boriladi. Masalan, maydonni kattalashtirish; maydonni kichraytirmay turib o’yinchilarning sonini kamaytirish; o’yin jihozlari sonini ko’paytirish (tayoqcha, ro’molcha, do’ppi, chopon, to’p v.h.) yugurish masofasini uzaytirish; to’siqlar sonini oshirish; murakkab mashqlarni qo’llash va ularning sonini ko’paytirish va hakazo.

Ko’rsatilgan bu metodik usullar izchillik bilan qo’llanilganda maqsadga tezroq erishiladi. Mazkur jismoniy sifatni tarbiyalovchi o’yinlarga “Oqsoq qarg’a”, “Lanka”, “Podachi” kabilarni misol qilib ko’rsatish mumkin. masalan, “Oqsoq qarg’a”-estafeta tarzidagi harakatli o’yin. O’yinchilarning miqdori teng bo’ladi, ikkita jamoa bir-biriga ro’para turib, saf tortadi. O’ynovchilardan har biri navbat bilan o’zining bitta oyog’i bog’ich (ro’molcha yoki tasma) bilan boldiridan sonigacha bog’laydi.

Har ikkala komandaning o’yinchilari “Tayyorlan-Bajar!” buyrug’i berilishi bilan qarshi jamoaning chizig’iga qadar bir oyoqlab irg’ishlab boradilar, undan keyin esa oyoqlaridagi bog’ichni yechib olib, orqalariga qarab yuguradilar va uni o’z jamoalaridagi navbatdagi o’yinchiga beradilar. O’yin bog’ichini o’qituvchiga keltirib beradigan so’nggi o’yinchiga qadar Shu tariqa davom ettiriladi. Bog’ichni birinchi bo’lib o’qituvchiga keltirib bnrgan jamoa g’olib bo’ladi.


Yüklə 24,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin