o’yishni o’ylab topgan, piyoda yurgisi kelmagan – ot-arava, parovoz, avtomobilni o’ylab topgan va h.k.
Inson ijodiy faoliyatining tashqi motivlari:
1. Insoniyat taraqqiyotida oila, mamlakat ehtiyojlarini qondirish. Yuqoridagi ehtiyojlarni qondirish uchun ijod namunalariga juda ko’p misollar keltirish mumkin – oila tashkil etilishidan, to yo’ldoshli aloqa, Internet tizimigacha. Zamonaviy insonda ijtimoiy ehtiyojdan hosil bo’lgan bu motiv birmuncha aniq namoyon bo’ladi.
2. Jamiyat mafkurasi, madaniyati va afsonalariga ergashish. Har bir shaxs u yoki bu darajada o’z jamiyati mafkurasi, umum qabul qilingan afsona va e'tiqodi ta'sirida bo’ladi. Bu elementlar shaxs o’zi yashayotgan jamiyatni saqlash va qo’llab-quvvatlash ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan ijodiy faollik namoyon bo’lishiga sabab bo’ladi va uni stimullaydi.
3. Urf (poda bo’lib yashash) hissi, boshqalardan kam bo’lmaslik istagi. Bu motiv «boshqalarga o’xshamaslik» tushunchasi umum qabul qilingan qoida va normalarni buzish deb hisoblanuvchi jamiyatlarda, ayniqsa rivojlangan. «Boshqalarga o’xshamagan» odam jamiyat tomonidan tan olinmaydi. Bunday jamiyatda agar muhit ijodiy bo’lsa, unga tushgan odam ham qobiliyatlarini rivojlantirishga intiladi.
Sanab o’tilgan motivlar birdan, hammasi turli darajada ta'sir qiladi, lekin bittasi asosiy o’rinda bo’ladi. Bu inson yashayotgan tarixiy va ijtimoiy shart-sharoitlar, uning tarbiyasi, bilimi, dunyoqarashi bilan bog'liq. Motivatsiya turlari masalasi o’rganilayotganda quyidagi vazifa paydo bo’ladi: hozirgi zamonda ijodning qaysi motivlarini rivojlantirish, buning uchun qanday metodlarni qo’llash kerak? Bu ijodkor shaxsni tarbiyalovchi ota-onalar, o’qituvchi va pedagoglar uchun katta hajmdagi ishlar borligini bildiradi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Ijodiy faoliyat nima?
2. Ijodiy faoliyatning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
3. Ijodiy faoliyat qanday motivlar asosida vujudga keladi?