2.3-chizma. Tahlilda qo‘ llaniladigan usullar tasnifi An‘anaviy usullar guruhiga iqtisodiy tahlil paydo bo‗lgandan buyon
an‘anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo‗llanilib kelayotgan usullar kiritiladi.
Ularning tarkibiga mutloq va nisbiy farqlarni aniqlash, taqqoslash, guruhlashtirish,
balansli bog‗lanish, zanjirli bog‗lanish, indeks, foizlar va hokazo usullarni
kiritishimiz mumkin bo‗ladi.
Iqtisodiy-matematik usullar iqtisodiy tahlil fanining takomillashib borishi
natijasida vujudga kelgan bo‗lib, bunda turli dasturiy ta‘minotlar va matematik
usullardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisоdiy tаhlilni tаkоmillаshtirishning muhim yo‗nаlishlаridаn biri
kоrхоnаlаr fаоliyatidа iqtisоdiy-mаtеmаtik usullаrdаn hаmdа bu bоrаdаgi ilg‗оr
ахbоrоt tехnоlоgiyalаridаgi yangiliklаrdаn sаmаrаli fоydаlаnishdir. Ushbu
tаdbirlаrni muvаffаqiyatli аmаlgа tаtbiq etilishi, iqtisоdiy tаhlil imkоniyatlаrini
оshirib, yanаdа ko‗prоq turdаgi vа murаkkаb tаvsifdаgi mаsаlаlаrni qisqа
muddаtdа to‗g‗ri hаl qilish imkоnini bеrаdi. Nаtijаdа, kоrхоnа iqtisоdiy
fаоliyatidаgi judа ko‗plаb оmillаr tоpilаdi hаmdа o‗rgаnilаdi, iqtisоdiy
rеsurslаrdаn fоydаlаnishning eng mаqbul yo‗llаri tаnlаnаdi, qаbul qilinаdigаn
bоshqаruv qаrоrlаri ilmiy jihаtdаn аsоslаnаdi hаmdа fаоliyat sаmаrаdоrligini
оshiruvchi zахirаlаr аniqlаnib, ulаr mаqsаdgа muvоfiq yo‗nаltirilаdi.
Iqtisodiy-matematik usullarni iqtisodiy tahlilda qo‗llash quyidagilardan kelib
chiqqan:
1. Korxonalar soni kun sayin oshib bormoqda.
2. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar nomenklaturasi 10 mln. tur, ularning
xilma-xilligi esa 1 mlrd. turni tashkil etadi.
3. Iqtisodiyot juda ham murakkab ierarxik (bo‗ ysunish) tizimiga ega.
4.
Iqtisodiyotning
barcha
tarmoqlari
juda
yuqori
parametrlarda
ishlamoqdalar, ya‘ni ishlab chiqariladigan mahsulot xilma-xilligi va tarkibining
o‗zgarishi tez sur‘atlar bilan bormoqda.
Iqtisodiy
tahlilda
iqtisodiy-matematik
usullarni
qo`llash
quyidagi
bosqichlarni o‗z ichiga oladi (2.4-chizma).