1
II MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING METODI VA UNDA
QO‘LLANILADIGAN USULLAR
2.1. Iqtisodiy tahlilning metodi va unung o‘ ziga xos xususiyatlari
2.2. Iqtisodiy tahlilda qo‘ llaniladigan usullar va ularni guruhlarga ajratish
2.3. Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari
2.4. Iqtisodiy tahlilda integral, korrelatsiya va regressiya usullarining
qo‘llanilishi
2.1. Iqtisodiy tahlilning metodi va unung o‘ ziga xos xususiyatlari
Iqtisodiy tahlil dialektikani o‗rganishning muhim vositasi hisoblanadi.
Iqtisodiy tahlilning uslubiy asoslari dialektika va iqtisodiy nazariya faniga
tayanadi. Ma
’lumki, bilish nazariyasi shunga asoslanganki, u ham bo‗lsa, obyektiv
(mavjud) dunyoni bilishdir. Bu degani bilish jarayoni dialektik xususiyatga ega
bo‗lib, voqelikning in
’ikosidir. Bilish nazariyasining mantiqiyligi dialektik tarzda
quyidagi formulada
aks etadi, ya‘ni: jonli mushohada, abstrakt tafakkur, amaliyot.
Mеtоd judа kеng mа‘nо vа tushunchаgа egа. Umumаn mеtоd dеgаndа rеаl
vоqеlikdа yuz bеrаyotgаn hоdisа vа jаrаyonlаrni o‗rgаnishgа yondаshish usuli
tushinilаdi. Fаnning mеtоdi dеgаndа esа, ushbu fаnning obyektini tаdqiq qilish
usuli tushunilаdi
Iqtisodiy
tahlil mеtоdi deganda esa, biznes-rejaning bajarilishiga va
mahsulot hajmining o‗sishiga ta
’sir ko‗rsatuvchi omillarni sistemali va kompleks
tarzda o‗rganish, o‗lchash va umumlashtirish usuli bo‗lib, ular hisob,
hisobot va
hisobdan tashqari ma
’lumotlarni maxsus usullar orqali qayta ishlanilib, amalga
oshirilishi tushuniladi.
Ma‘lumki, tahlil qilinayotgan obyektning faoliyatiga ichki va tashqi omillar
ta‘sir ko‗rsatadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, tahlilda omillar deganda u yoki bu
iqtisodiy ko‗rsatkichga ijobiy hamda salbiy ta
’sir ko‗ rsatuvchi faol harakat
qiluvchi kuchlar nazarda tutiladi.
―
Sabab
‖
termini nisbatan keng ko‗
lamdagi
kompleks omillar tizimiga nisbatan qo‗llanilib, bu kompleksni tashkil etuvchilar
esa omillar deb ataladi.
Tahlilning muhim metodologik jihatlaridan biri uning nafaqat sabab-oqibat
aloqalarini o‗rganish, balki ularga miqdoriy tavsif berishi, ya‘ni
faoliyat
natijalariga omillar ta‘sirini miqdoran o‗lchashni ta‘minlash sanaladi. Bu analitik
tadqiqotlar darajasini oshiradi.
Iqtisodiy tahlilning muhim metodologik jihati, korxonaning xo‗jalik
faoliyatidagi iqtisodiy jarayon va hodisalarning sabab-oqibat aloqalarini kompleks,
tizimli tadqiq qilish uchun zaruriy sanaluvchi ko‗rsatkichlar tizimini ishlab chiqish
va undan foydalanish hisoblanadi.
Хo‗jаlik fаоliyati vа uning nаtijаviy ko‗rsаtkichlаrigа tа‘sir etuvchi оmillаr
bеqiyosdir. Аmmо, ulаrning bаrchаsini hisоblаsh mаqsаdgа muvоfiq emаs.
Iqtisоdiy tаhlil jаrаyonidа оmillаrning аyrim tоmоnlаri,
хususiyatlаrini inоbаtgа
оlib turkumlаsh vа hаr birini аlоhidа - аlоhidа tа‘riflаsh lоzim. Iqtisоdiy
2
аdаbiyotlаrdа оmillаr qаtоr bеlgilаri bo‗yichа tаsniflаnаdi. Bulаrgа quyidаgilаrni
kiritish mumkin:
- ijоbiy vа sаlbiy оmillаr;
- kоrхоnа fаоliyatigа bоg‗liq (ichki) оmillаr, bоg‗liq bo‗lmаgаn (tаshqi)
оmillаr;
- ishlаb chiqаrishning intеnsiv vа ekstеnsiv оmillаri;
- ishlаb chiqаrish vа muоmаlа jаrаyonlаri оmillаri.
Ular o‗z navbatida iqtisodiy mazmuni bo‗yicha
miqdor va sifat omillarga
bo‗linadi (2.1-chizma).