Ii-modul. Texnologiya darslarini tashkil etish metodikasi. 12-mavzu. Texnologiya darslarida xorijiy ta`lim tizimidan foydalanish



Yüklə 25,48 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü25,48 Kb.
#192067
1   2   3
M14

Masofali o‘qitish. Pedagogika fani bilimlar sohasi va ijtimoiy amaliyot sohasi kabi jahon rivojlanish umumiy tendensiyalari va qonuniyatlariga binoan rivojlanadi. Shuning uchun kasbiy-pedagogik ta’lim chet el tajribalarini o‘rganish uni ilmiy tushunish ilg‘or g‘oyalardan milliy ta’lim amaliyotida foydalanish ayniqsa dolzarb hisoblanadi. "Kadrlar tayyorlash sohasidagi pozitiv jahon tajribasini hisobga olish uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha elementlariga taalluqli va uning rivojlanishi omillaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga milliy g‘oyalar va an’analarda qurilgan ta’lim har doim milliy rivojlanish masalalariga javob berishini esda tutish kerak.
Bunday ta’limning texnik yoki tashkiliy shakllari turlicha bo‘lishi mumkin ba’zan umuman odatdan tashqari tasavvur qilib bo‘lmagan ko‘rinishlarga ega bo‘lishi mumkin. Ammo bizning chuqur ishonch hosil qilishimizga oxir-oqibat odamning ta’lim olishi natijasi faqat o‘quv faoliyati shakllari shu jumladan masofaviy ta’lim bilan belgilanmaydi balki o‘quv jarayoni quriladigan tayanch psixologik - pedagogik mazmunga bog‘liq bo‘ladi. Aynan mana shu mazmunlarini izlab topish milliy mentalitetga nisbatanmasofali ta’lim asoslarini ishlab chiqish boshlang‘ich vazifasi hisoblanadiMasofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti boy chet el va milliy tajribalar tadqiqotlar yo‘nalishlari umuman dolzarbligni tasdiqlaydi. Yangi pedagogik axborot va telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishga asoslangan ta’lim olish usulidan biri hisoblangan masofali ta’lim mohiyatini tushunishga bizni yaqinlashtiradi. Ta’limning sintetik integral va gumanistik shakli hisoblanuvchi masofali o‘qitishning aynan nazariy va amaliy masalalari ta’limni isloh qilish sharoitlarida milliy ta’lim tizimi oldida turgan muammolar katta qismini hal etishi kerak. Chet el ta’lim tizimlarida masofali o‘qitishning tashkil topishi va rivojlanishi jarayonini o‘rganishda ta’lim muassalarida masofali o‘qitishni amaliy tashkil qilish turli shakllari va variantlarini hamda masofali ta’limni didaktik ta’minlash vositalarini tahlil qilishga e’tiborni qaratish zarur. Solishtirish metodi mohiyatini xitoy olimi X. Shu va N. Chjoular to‘la ochib beradilar: "Agarda millat vaqt o‘qida o‘zining turgan joyini tarixiy yoki "vertikal" solishtirishlar bilan aniqlay olsa shunda u millatlararo yoki "gorizontal" solishtirishlar yordamida dunyodagi o‘z o‘rni to‘g‘risida yaxshiroq tasavvurga ega bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda "vertikal" solishtirish ishonch uyg‘otadi "gorizontal" esa realist bo‘lishga
majburetadi".
Yüklə 25,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin