Ii-modul. Texnologiya darslarini tashkil etish metodikasi. 12-mavzu. Texnologiya darslarida xorijiy ta`lim tizimidan foydalanish



Yüklə 25,48 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü25,48 Kb.
#192067
  1   2   3
M14


II-MODUL. Texnologiya darslarini tashkil etish metodikasi. 12-mavzu. Texnologiya darslarida xorijiy ta`lim tizimidan foydalanish.
Reja:

1. Xorijiy mamlakatlar ta`lim tizimi.


2.Texnologiya ta`limning ahamiyati va mohiyati. Modulli-ta`lim tizimining mohiyati
3.Zamonaviy ta`lim shakllari:masofali o`qitish,mahorat darslari,vebinar,eviristik metodlar.
Tayanch iboralar: texnologiya, ta`lim tizimi, modulli ta`lim, masofali o`qitish, vebinar,eviristik metodlar.
Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogic vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda.Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, “Inson, uning har tomonlama uyg`un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro`yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq atvorning andozalarini o`zgartirish Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O`zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”.
XXI asrda O`zbekiston ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustivor vazifalardan biridir. Bu esa, o`z navbatida texnologiya fani yo’nalshida izlanishlar olib borayotgan olimlarimiz zimmasiga tegishli o`quv fanlari bo`yicha o`quv adabiyotlarini hozirgi davr talabi va ilm-fanning so`nggi yutuqlarini hisobga olgan holda yangilab borish, ta’lim jarayoniga innovasiya va ta’lim texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda.Ma’lumki mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida barcha fanlarni o`qitish jarayonida innovasiyalar va ilg`or xorijiy tajribalarni qo`llash bugungi kunning dolzarb masalaridan biri hisoblanadi. Avvalo fandagi yangilik nima? Fandagi innovasiya nima? Yangilik bu fandagi eng so`nggi kiritilgan yutuqlar, bilimlar, usullar hisoblanadi. Ushbu yutuqlar, bilimlar, usullarni amalda qo`llanilishi bilan innovasiyaga aylanadi. Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish va o`qitish samaradorligini oshirish masalasi mehnat va uni o’qitish metodikasi fanida “Boshlang’ich sinf texnologiya darslarida qo’l mehnatining turlari” mavzusini o`qitishning asosiy vazifalaridan biri sanaladi.

Yüklə 25,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin