xos va om (oddiy) kishilarning iqroridir. Bu iqror tavhid (yakka xudolik) va iymonni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan barcha moʻminlar muhib (sevuvchi) hisoblanadilar. Iymon shartlariga rioya qilishda xoslar ham, omlar ham tengdir. Shu oʻrinda xos kishilar muhabbati toʻgʻrisida gapiradigan boʻlsak, bu muhabbati vajd (vajd muhabbati, vajd koʻrinishidagi muhabbat) boʻladi, vajd qalb xirqasidir. Bunda muhibning qalbi xudoga boʻlgan muhabbat bilan shunchalik kuyadiki, uni taʼriflashga til ojiz. Allohga muhabbat g’oyasi juda dolzarb mavzu yoki ilohiy tushuncha deb ham aytish mumkin. Sababi alloh muhabbati insonning botiniy hayoti uchun eng muhim omil sifatida qaraladi. Olovning borligini aytgan kishi va olovning borligini bilgan kishi olovdan kuygan kishi hisoblanmaydi va bunday kishi bemalol barcha ishni qila oladi va barcha narsa bilan shugʻullana oladi. Ammo agar oʻsha kishi olovda kuysa, hech kim unga yaqinlasha olmaydi. Bu koʻzga koʻrinmas narsadir, sirdir. Sirni esa soʻz bilan taʼriflab boʻlmaydi, chunki soʻz zohir, sir esa nihon narsadir. Zohir va nihon bir-biriga zid ikki narsalardir. Unga zid biror narsani topish esa amri maholdir. Ammo bir-biriga zid narsalarni belgilariga qarab aniqlaydilar. Shundan kelib chiqib aytiladiki, muhabbati vajd unga (muhibga) yetgan zarbadir. U buni bilmaydi ham, aytmaydi ham. Buning belgilari shundan iborat boʻladiki, u na nafsni koʻradi, na xalqni koʻradi, na kerak nimarsalarni koʻradi va na ahvolni koʻradi. U nafsni koʻrmay qolgach, unda kibr, murod, ishtiyoq va sevganiga xusumat ham qolmagay. U xalqni koʻrmay qolgach esa unda riyo, ishonch, boshqalar bilan suhbat va ishrat ham qolmagay. U kerak narsalarni koʻrmay qolgach, unda boylik, mol-dunyo, buyuklik va vatan ham qolmagay. U ahvolni koʻrmay qolgach esa mujarrad (bu dunyoning barcha narsalaridan ayrilgan, yolgʻiz)ga aylanadi, har ikki dunyoda uning hech narsaga holi qolmaydi – na (Xudoga) xizmatni koʻradi, na toatni koʻradi, oʻz botinida na maʼrifat (Xudoni bilish, tanish)ni koʻradi va na tavhidni. Boshqalar bu xislatlarga ega boʻlmasalar-da, bularni koʻradilar. U bu xislatlarga ega boʻlsa-da, bularni koʻrmaydi. Muhabbati vajdning nishonasi shudir. Bu muhabbatning tavsifi emas, balki muhabbat nishonasining tavsifidir. Agar muhabbat tavsifining sifati shunday boʻlsa, ayni muhabbatning tavsifi qanday boʻlar ekan? Ayni muhabbatning tavsifini qilishga biror kishiga yoʻl yoʻq ekan, unda ayni muhabbatning oʻziga kimga yoʻl boʻlsin? Bunga (muhabbati vajdga) qanday erishish mumkinligi toʻgʻrisida shunday deyiladi: “Bandaning muhabbati vajdi toʻgʻri boʻlishi yoki bu muhabbatni oʻz siridan topishi uchun banda ikki narsaga gʻarq boʻlishi kerak: birinchisi – Haqqa qilinishi kerak boʻlgan narsani koʻrishga, ikkinchisi – Haq qiladigan narsani koʻrishga. Bunda Haq qiladigan narsa