Iii-bob. Maxmud Asad Jo’shon "Haqiqiy sevgi" asari uning shaxs kamolotidagi o’rni va ahamiyati


minnat (bandani qarzdor, burchli qilish) va Haqqa qilinishi kerak boʻlgan narsa ubudiyat



Yüklə 25,99 Kb.
səhifə3/3
tarix24.10.2023
ölçüsü25,99 Kb.
#160226
1   2   3
III-bob

minnat (bandani qarzdor, burchli qilish) va Haqqa qilinishi kerak boʻlgan narsa ubudiyat (bandalik, qullik)dir. Unga qaraganida, Undan boshqani koʻrishga, bandalikka qaraganida, Undan boshqa bilan suhbatlashishga majoli qolmagay va har ikki dunyoda hech kim bilan suhbatlashmagay, har ikki dunyoda hech narsadan qoʻrqmagay”.[12] Ilohiy muhabbat tasavvuf adabiyotida ishq tushunchasi bilan ifodalanishini koʻramiz. Alisher Navoiy ham “Mahbub ul-qulub” asarida ishqning “marotib”lari borligini aytib, yuqoridagi fikrlarni yanada toʻldiradi, yaʼni muhabbatning ikki emas, uch turini qayd etadi: nafsoniy ishq (avom ishqi), majoziy ishq (xavos-xos kishilar ishqi) va ilohiy ishq (avliyolar ishqi). Bu oʻrinda Navoiyning “ishq marotibdur” degan soʻziga diqqat qilishingizni istardik, zero “marotib” (martabalar) soʻzi tariqat ahlining istilohlaridan boʻlib, u solikning ruhiy-maʼnaviy taraqqiyot darajasini belgilaydi. Demak, ishq – insoniy kamolot darajasini koʻrsatuvchi fazilat (buni Ibn Sinoda ham oʻqiymiz). Bundan tashqari, avom va xavos tushunchalari ham tariqatga bogʻlanadi. “Avom” deganda, Alisher Navoiy savodsiz, oddiy xalqni nazarda tutmagan, balki umuman, ilohiyot tajalliyotini qalban his etolmagan, borliqqa zohiran munosabatda boʻlib, jamiyatning rasmu odatlarini bajarishdan nari oʻtolmaydigan kishilarni nazarda tutadi. Bunday kishilar qatoriga bilimdon muftiy, mullalaru ilmi botindan bexabar shayxu zohidlar ham kirgan. Shu kabi, “xos kishilar” – aslzodalar tabaqasi, shoh-amirlar emas. Hazrat Navoiy mazkur istilohni koʻngil amriga amal qilib, Tangri yoʻlida zahmat chekuvchi, dili va tili Haq yodidan boʻshamaydigan chin soʻfiylarga nisbatan qoʻllagan. Bu insonlarning koʻngil koʻzgusi dunyoviy hirsu havas gʻuboridan tozalangani sababli “pok koʻzni pok nazar bila pok yuzga” solib, “pok mazhar”, yaʼni ilohiy jamol aks etgan alohida odamlarni sevish “vositasi bila”… mahbubi haqiqiy (yaʼni Xudo) jamolidan bahra olmoqqa musharrafdirlar[13].Islom taʼlimotida ilohiy muhabbat mavzuini yanada yaxshiroq anglashimiz uchun uning gʻoyaviy-nazariy asosini koʻrib chiqishimiz toʻgʻri boʻladi.
Haqiqiy sevgining shaxs kamolotidagi o’rni juda katta hisoblanadi. Sababi har bir shaxs, avvalo shaxs bo’lishi uchun ma’lum hayot bosqichlarida o’tibgina kamolotga yetadi. Insonning shaxsiy rivojlansjh chog’ida ma’naviy v axloqiy tarbiyasi juda katta ahamiyatga ega. Inson kamolotida uning komillik darajasi alohida o’ringa ega. Komil inson g’oyasi insonning mukammallik belgisidir, aynan asarda ham insonning allohga bo’lgan muhabbat yo’li, uning inson ongida rivojlanishi ko’rsatib o’tilgan. Inson allohga muhabbati orqali uning botiniy va zohiriy dunyosi rivojlnadi, uning jamiyatda o’zinin va boshqalarni hurmat qilish salohiyati yanada oshadi, shuningdek, bu dunyosida faqat o’zini o’ylash g’oyasi emas balki boshqalarni ham hurmat qilihi va ularning har tomonloma o’sishida o’rin tutishi kerak. Inson allohga muhabbat g’oyasi chin bo’ladigan bo’lsa xalqimizda aytilgan “savob ishni har kun har kim qilishi kerak” naqli ham alohida ahamiyatli ekani ko’rishimiz mumkin. Chunki insonning tashqi olamga bo’lgan munosabati va uning bosghqalar fikri va e’tiborini har tomonloma ijobiy tarzda ko’rsatish uchun eng asosiy amallardan biri bu alloh yo’liagi muhabbat va uning shaxsiy inson tasirida har bir insonning o’zida rivojlanib ahamiyat kasb etishi nazarda tutilgan. Maxmud Asad Jo’shonning “Haqiqiy sevgi” asarining asosiy manbai bu muhabbat faqat allohga deb tariflandi, asardagi “Muhabbat yo’li muvaffaqiyat yo’lidir’ bo’limida esa inson muhabbati orqali u allohnin tanisa va unga erghashjsa har qanday muvaffaqiyat o’zi insonni topishi mumkinligi, uning har qanday holatda rivojlanishi avvalo qalbida va iymonida aks etishi kerakligi takidlangan.
Sevgilarning eng oldinda keladigani, eng keraklisi, eng go‘zali, eng yuksagi Alloh sevgisidir. Chunki Alloh eng go‘zal sifatlarning sohibi, har turli go‘zalliklarning mujidi- ijodkori, soni’i – san’atkori, foili – bajaruvchisi va xoliqidir. Inson yaxshiroq va teranroq o‘ylasa, o‘zi sevgan barcha go‘zalliklarning ortida mulkning mutlaq sohibi, butun olamlarning Rabbisi – Parvardigori – Zul-jaloli val-jamol hazratlarini ko‘radi. Alloh muhabbati banda uchun har turli xayrning, yaxshilikning va go‘zallikning asli, bosh manba’i, bitmas-tuganmas shavq, zavq va kuch-quvvat omili bo‘adi.. Alloh sevgisiga erishgan qul avliyo bo‘ladi, olim bo‘lgay, fozil bo‘ladi, komil bo‘ladi, xayrli inson bo‘ladi, xayrli farzand-avlod bo‘ladi, xayrli ota-ona bo‘ladi, xayrli qo‘shni bo‘ladi, xayrli do‘st bo‘ladi. Alloh sevgisiga erishmagan qul ham bo‘ladi, ammo bemaza bo‘ladi, qabih bo‘ladi, qo‘rs- qo‘pol bo‘ladi, buzg‘unchi bo‘ladi, osiy bo‘ladi, g‘addor bo‘ladi, fosiq bo‘ladi, fojir bo‘ladi, muzir zararli bo‘ladi. Islomning mohiyati Alloh sevgisidir, shundan Rasululloh sevgisi, Qur’on sevgisi, iymon sevgisi, ibodat sevgisi, xayrot va hasanot sevgisi, musulmon sevgisi, ixvon – qardoshlik, birodarlik sevgisi, inson sevgisi, san’at sevgisi ya’ni haqiqiy sevgi nomoyon bo’ladi. Mahmud As’ad Jo’shon Tasavvufning asosi – qullarga Allohni, Allohga qullarni sevdirmoqdir. Tasavvuf buni juda zarif, juda nozik, juda teran usullar bilan ta’minlaydi; qulni oshig‘i sodiq va muhibbi Xoliq holiga keltirdi. Mavlono Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy»si ishqdir, nayning navosi ishqdir, Fuzuliyning she’ri ishqdir, Yassaviyning «Hikmat»i ishqdir, Ibrohim Haqqiyning «Ma’rifatnoma»si ishqdir, Yunusning «Ilohiy»lari ishqdir, Itriyning bastalari ishqdir, obidning xilvati ishqdir, darvishning zikri ishqdir, mujohidning jihodi ishqdir, muhoribning «Alloh, Alloh», deb yovga qarshi qilgan hamlasi ishqdir, shahidning jon bermog‘i ishqdir, g‘oziyning g‘azo rutbasi – g‘oziylik martabasi ishqdir deb izohlab o’tishida ham asardagi muhabbat g’oyasi qanchalik teran ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatib berilgan. Allohning muhabbatiga erishish eng oliy baxt. Bu fikrni har tomonlama isbotlasa bo‘ladi. Inson insonning muhabbatini qozonsa, qanchalik mehrga, yaxshilikka erishadi. Alloh muhabbatini qozonish esa, bundanda ulkan baxtga, saodatga olib boradi. Nafaqat bu dunyoda, balki abadiylik makoni oxiratda ham.
1. Qur'oni Karimni, uning ma'nolarini tadabbur qilib qiroat qilish. Ya'ni, kalomullohning har bir oyatini tushungan holda, ularning zamirida yotgan ma'nolarni tafakkur etib, tilovat qilish.
2. Farz ibodatlarni ado qilish bilan birga nafllarni ham qilib borish! Alloh taolo hadisi qudsiyda nafllarni qilib yurgan bandasini yaxshi ko‘rib qolishini aytgan.
3. Allohning zikrini doim til, qalb, amal va hol bilan qilib borish! Ya'ni, Alloh tomonidan buyurilgan amallarni ham jismoniy, ham ruhiy tomondan amalga oshirish zarur. Ana shunda inson tashqi va ichki tomondan mutanosib ixlosga erishadi.
4. Oxirat ishini har qanday dunyo ishidan ustun qo‘yish! Oxirat ishi nima, bu – Allohning farzlarini qilish va uning qaytariqlaridan qaytishdir.
5. Allohning ismlari, sifatlari haqida o‘ylab, ular to‘g‘risida tafakkur qilish! Allohning 99 ism va sifati mavjud. Ularning har birida ulkan ma'no va hayot hikmati yashirin. Ana shular haqida tafakkur qilish ham Yaratgan muhabbatiga olib boradi.
Yana quyidagi amallar Allohning bandasiga muhabbat qo‘yishiga sabab bo‘lar ekan:
6. Alloh taoloning marhamatlari, zohiriy va botiniy ne'matlari, ehsonlari haqida o‘ylash, ularni his qilish!
7.Uning huzurida siniqlik, xorlik, muhtojlikni his etish!
8. Kechaning oxirgi qismida xoli qolish, ibodat, Qur'on tilovati va tavba-istig‘for bilan bedor bo‘lish!
9. Solihlar, muhiblar, sodiqlar va oriflar bilan birga o‘tirib, ularning hikmatlaridan bahramand bo‘lish!

10. Alloh azza va jalla bilan banda o‘rtasiga to‘siq bo‘ladigan har qanday gunohlardan tiyilish!


Shundan kelib yana bir asosiy so’z muvaffaqiyat bo’lib uning shaxs kamolotida o’rni va insonning jamiyatdagi o’zini tutish qoidalari aynan muvaffaqiyatrida ham o’z aksini topadi. Muvaffaqiyatli insonlar fe’l-atvorini tahlil qilsak, ularda faqatgina aqlning yoki ruhning o‘zi ustun emasligiga guvoh bo‘lamiz. Ya’ni, ongi va qalbi har jihatdan yuksak, bir-biriga munosib bo‘lgan insonlarda farovon yashash imkoni doimo yuqori bo‘lgan. Ular har qanday vaziyatda ham ma’lumotni tarozining ikki pallasi bo‘lgan idrok va qalb chig‘irig‘idan o‘tkazadilar. Biz «essiz, ko‘nglimga quloq tutsam bo‘lar ekan», «shu narsa bo‘lishini sezgan edim», «shunday bo‘lishini yuragim sezgan edi» degan jumlalarni ko‘p eshitamiz. Bu bejiz emas. Boisi yurak ham fikrlaydi, mushohada qiladi. Buyuk insonlar doimo yurak va aql oralig‘ida bo‘ladilar, ya’ni holatda bo‘ladilar. Shu tufayli daholarda biroz telbalik xususiyati ham ko‘zga tashlanadi. Buyuk insonlarning aql bovar qilmas harakatlari, qarorlari zamirida aslida ularning kuchli yuragi turgan bo‘ladi.
Muvaffaqiyat idrok va ruh oralig‘idagi lahzalarda sodir bo‘ladi. Insoniyat tarixidagi jamiki madaniyat va elatlarda ruh kuchli hislar, tuganmas zavq-shavq va donolik jam bo‘lgan manba hisoblangan. Shuningdek, inson muhabbat, shukronalik, qanoat kabi ezgulik ramzi bo‘lgan kuchli tuyg‘ularni o‘zining ruhida kashf qilib kelgan. So‘nggi tadqiqotlarda ma’lum bo‘lishicha, inson yuragi va miyasi o‘rtasida hamkorlik mavjud. Ular birgalikda ma’lumotni qayta ishlashadi, inson ana shu jarayonda qaror qabul qiladi. Ijodkor ham, tadbirkor ham, rassom yoki rejissyor ham mashaqqatlarni yengishga yordam bergan hislarni, og‘ir damlarda dalda bo‘lgan tuyg‘ularni, taraqqiyotga sabab bo‘ladigan g‘oyalarni yaratishda qalbidan kuch oladi. Hadeb miya bilan fikrlash insonni aqldan ozdirib qo‘yishi mumkin. Biz odatda yurakni aqlli, ko‘ngilni esa xohishlarga bo‘ysunadi deb o‘ylaymiz. Oxirgi ilmiy qarashlarga ko‘ra yurakda ham mustaqil asab tizimi bo‘lib, bu unga mantiqiy xulosalar qilish imkonini beradi. Yurak miyaga asosli va foydali ma’lumotlar jo‘natib turadi. Shu bois aksariyat insonlar qalblariga bo‘ysunadilar. Ya’ni, yurak qanchalar kuchli bo‘lsa, qarorlar shu qadar asosli bo‘lib chiqadi. Neyrofiziologlar tomonidan ruh va miya o‘rtasidagi «neyronli aloqa yo‘li» aniqlangach, insonlarning aqlli qaror qabul qilishlarida yurakning o‘rni yuqori ekani yanada oydinlashdi. Yurakdagi mantiqiy fikrlash tizimi shu vaqtga qadar o‘ta murakkab va sirli mexanizm bo‘lib qolmoqda. Unda ham miyadagi kabi neyronlar, gormonlar, oqsil va to‘qimalar mavjud. Yurakdagi neyronlar soni 40 mingtagacha yetadi. Yurakdan yuborilgan xabar miyaga uning idrok, qaror qilish hamda boshqa hissiy holatga javobgar qismi orqali qabul qilinadi. Eng qiziq jihati shuki, inson tanasi atrofida hosil bo‘ladigan elektromagnit maydonidagi quvvatning asosiy qismi ruhdan, ya’ni qalbdan hosil bo‘ladi. Yurakning magnit quvvati miyanikidan besh yuz barobar yuqori ekan.
Hech e’tibor berganmisiz, ba’zi odamlar bilan qayta-qayta suhbatlashgingiz kelaveradi. Buning ham ilmiy asosi bor. Odam o‘zidan tarqatayotgan elektromagnit to‘lqinlari boshqa inson tanasi va miyasiga ma’lumot tarzida yetib boradi. Odamlar shu taxlit bir-birlarida taassurot qoldiradilar va odamning yaxshi-yomonini darrov taniydilar. Biz «nazari o‘tkir odam» yoki «aurasi kuchli odam» deb o‘ylaydigan kishilar boshqalardan tarqalayotgan quvvatni tushunish bilan birga, unga ta’sir ham o‘tkaza oladilar. Kuchli inontirish, ta’sir o‘tkazish qobiliyati ham aslida qalb ta’sirida amalga oshiriladi. Hissiy quvvati yuqori bo‘lgan, ya’ni kuchli ruhiyatli insonlar boshqalarning fikrini oson o‘qiy oladi hamda vaziyatga oson baho beradi, ular boshqalarni oson tushunadilar. Hissiy quvvat yordamida odamlar o‘zlari bo‘lmagan joylarda bo‘lishlari, o‘zlari bilmagan narsalar haqida so‘zlashlari mumkin. Eng muhimi – miya va yurak o‘rtasidagi samarali aloqaning natijasi bo‘lgan muvaffaqiyatlilik insondagi ijodiy yondashuvni yuzaga chiqaradi. Ya’ni, bu holatda inson ilg‘or va noodatiy fikrlaydi, boshqalar ko‘ra olmagan imkoniyatlarni tasavvur qiladi, to‘siqlarni yengish uchun o‘zida kuch topadi va faqat olg‘a boradi. Shu bilan birga, miya va ruh o‘rtasidagi sog‘lom aloqa inson uchun ijobiy kayfiyatning tuganmas manbasidir. Bunday insonlar barchani maftun qiladi, ularni barcha tinglaydi va ulardan tarqalayotgan quvvat boshqalarga kuch bag‘ishlaydi. Yurak va miya o‘rtasidagi aloqalarning uzilishi faqatgina hissiy nosog‘lomlik bilan bog‘liq emas. Bunda salomatlikning ham ahamiyati bor. Chunki yurak ishlab chiqarayotgan ma’lumot miyaga ko‘chib yuradigan asab tolalari yordamida umurtqa pog‘onasi orqali boradi. Shu sababli ham inson asabiga darz ketsa, turli og‘ir kasalliklar ham yuzaga chiqaveradi. Yana bir qiziq ilmiy dalillardan biri shuki, yurak ichki hissiy sezgini qayta ishlaydi hamda maxfiy belgilarni aniqlash orqali mavhumlikni oydinlashtiradi. Gap shundaki, yurakka xos ichki hissiyot makon va zamon chegaralaridan ham yuqori turadigan kuchli axborot maydoni bilan bog‘lana oladi. Miya kelajakni tasavvur qilsa, yurak kuchli hissiy tizim orqali buni sezadi. Yana ham hayratlanarli dalil shuki, inson ko‘ngli bu axborotni miyasiga qaraganda bir necha barobar tezroq anglab yetadi. Aytmoqchimanki, muvaffaqiyat faqatgina aqlga suyangan qarorlar natijasi emas. Siz qalbingiz va ruhingiz bilan ham aloqa bog‘lashni unutmang. Odam fazoviy borliq bilan ham ruhan aloqa qiladi. Inson gunohga botgani sayin ruhiyatidan uzoqlashib boradi. Bu holatda g‘alaba qozonish qiyinlashadi.
Ruhiyat va qalb bolalikdan shakllanib boradi. Bunda quyidagi omillarning o‘rni yuqori:
→ yaxshi insonlardan tarbiya olish;
→ halol mehnatga o‘rganish;
→ kitob o‘qish va ilm olish;
→ yaqin insonlar bilan bamaslahat ish qilish;
→ samimiy, shikastanafs, tavozeli va xokisor bo‘lish;
→ yomonlardan yiroq yurish;
odamlarga yaxshilik qilish;
→ bu dunyoning o‘tkinchiligini his qilib yashash. 
Miya va yurak o‘rtasida samarali aloqaning yo‘lga qo‘yilishi muvaffaqiyat uchun asosdir.

Adabiyotlar


1. Maxmud Asad Jo’shon “Haqiqiy sevgi”
2. Yoʻldoshev S., Usmonov M. O., Karimov R. R. Qadimgi va Oʻrta asr Gʻarbiy Yevropa falsafasi. – T.: 2003 y.
3. Mumtoz faylasuf. Haqiqat manzaralari / Toʻplovchi va tarjimon S. Joʻrayeva. – T.: Yangi asr avlodi, 2007.
4. Abul Alo Afifiy. Tasavvuf. Islomda maʼnaviy hayot. – Istanbul, 1996.
5. Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad Mustamliy Buxoriy. Sharh at-taarruf li-mazhab at-tasavvuf / Muhammad Ravshan tahriri ostida. –Tehron.: Intishoroti asotir, 1363-1366 h.sh.
6. Abu Homid Gʻazzoliy. Ihyo al-ulum ad-din. 4 jild.
7. Abu Ibrohim Ismoil ibn Muhammad Mustamliy Buxoriy. Sharh at-taarruf li-mazhab at-tasavvuf / Muhammad Ravshan tahriri ostida. –Tehron.: Intishoroti asotir.
Yüklə 25,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin