Iii bob. Multimedia vositalari asosida tajriba darslarini o‘tkazish va natijalar tahlili



Yüklə 83,96 Kb.
səhifə1/3
tarix21.06.2023
ölçüsü83,96 Kb.
#133523
  1   2   3
III BOB


III BOB. MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA TAJRIBA DARSLARINI O‘TKAZISH VA NATIJALAR TAHLILI
3.1. Multimedia vositalari asosida tajriba darslarini tashkil etish va o‘tkazish
Pedagogik tajriba-sinov ishlari oliy ta’lim muassasalarining 60112300-Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari misolida, multimedia vositalari asosida talabalarning pazandachilikka oid ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonining nazariy asoslariga tayangan holda tajriba-sinov ishlarini tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Tajriba-sinov ishlarini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad - talabalarning talabalarning pazandachilikka oid ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beruvchi taomlarning elektron katologidan ta’lim vositalardan samarali foydalanish darajasini aniqlashdan iborat.
Tajriba-sinov ishi vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. 60112300-Texnologik ta‘lim yo‘nalishi talabalarining o‘quv faoliyati mazmunini yorituvchi o‘quv meyoriy hujjatlar (Davlat ta‘lim standarti, malaka talablari, o‘quv reja, fan dasturlari va boshqalar)ni tizimli tahlil qilish asosida talabalarning multimedia bilan ishlashga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish bo‘yicha ma‘lumotlarni o‘rganish va umumlashtirish.
2. Anketa so‘rovlari yordamida talabalarning kasbiy faoliyatiga tayyorgarlik jarayonlaridagi bilimlar ahamiyatini bilish haqidagi ma‘lumotlarni aniqlash.
3. Talabalarning multimedia bilan ishlash jarayonida innovatsion ta‘lim texnologiyalarni ishlab chiqish va qo‘llash zaruriyatini asoslash.
4. Umumkasbiy fanlar bo‘yicha ishlab chiqilgan multimedia misolida talabalarga tushunarliligi va bajara olishini nazorat qilish.
5.Umumkasbiy fanlar bo‘yicha ishlab chiqilgan dasturiy ta‘lim vositalarining samaradorligini bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining tafakkuri, mustaqilligi va ijodiy faolligini rivojlantirishni aniqlash ko‘zda tutilgan.
6. Tajriba-sinov ishini yakunlash va natijalarni qayta ishlash.
Tajriba-sinov ishi davomida quyidagi metodlar qo‘llaniladi:
- nazariy, ilmiy va metodik adabiyotlarni o‘rganish, tahlil qilish, analiz, sintez, modellashtirish, umumlashtirish, taqqoslash;
- emperik, meyoriy hujjatlarni tahlil qilish, pedagogik jarayonni kuzatish, suhbat, anketa so‘rovi, tajribani umumlashtirish, ma‘lumotlarni matematik-statistik qayta ishlash, faoliyat natijalarini tahlil qilish.
Ishlab chiqilgan multimedia asosida umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi samaradorligini tajribaviy tekshirish va baholash Buxoro davlat universitetining 60112300-Texnologik ta‘lim yo‘nalishi talabalariga qo‘llash orqali amalga oshirildi. Tajriba-sinov ishi 2020-2021 o‘quv yili davomida amalga oshirildi.
Tajriba-sinov va nazorat guruhida 23 nafar talabalar ishtirok etdi. Oliy ta’lim muassasalari quyidagi omillarga asosan tanlanadi. Ushbu oliy ta’lim muassasalarida 60112300-Texnologik ta‘lim yo‘nalishi talabalarining dasturiy ta‘lim vositalaridan foydalangan holda - “Qishloq xo‘jalik ishlarini tashkil qilish texnologiyasi” fanini innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishda, innovatsion ishlanmalar qo‘llab-quvvatlanishi, ularda moddiy texnik baza va pedagogik shart-sharoitlar mavjudligi, o‘quv jarayonining kompyuter ta‘minoti yetarli darajada ekanligi.
Tajriba-sinov ishlarini olib borishda quyidagilar aniqlandi: talabalarda innovatsion ta‘lim tizimi rivojlanishi, talabalar tomonidan umumkasbiy fanlar blogidagi “Qishloq xo‘jalik ishlarini tashkil qilish texnologiyasi” fani bo‘yicha ijodiy bilim va ko‘nikmalarning egallanishi, “Qishloq xo‘jalik ishlarini tashkil qilish texnologiyasi” fanidan olingan bilim va ko‘nikmalarni kasbiy faoliyatida qo‘llay olish malakasi, qoldik bilimlari, talabalarning multimediaasosida umumkasbiy fanlarni o‘rganishga munosabati.
2021-2023 o‘quv yili davomida o‘tkazilgan asoslovchi tajriba-sinov ishi bosqichida 60112300-Texnologik ta‘lim yo‘nalishi talabalarining umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni o‘zlashtirishda kasbiy faoliyatiga oid innovatsion yondashish muammosining mavjud holatini o‘rganishga qaratilgan pedagogik faoliyat tashkil etildi.
-Texnologik ta‘lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy faoliyatiga innovatsion ta‘lim jarayonini rivojlantirish o‘quv jarayonida, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion dasturlar orqali, bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlashda qo‘llanilayotgan
malaka talablari, o‘quv reja, fan dasturlari va o‘quv adabiyotlari, o‘quv ustaxonalarining moddiy-texnik bazasi tizimli tahlil qilindi.
- 60112300 - Texnologik ta‘lim yo‘nalishi bo‘yicha ta‘lim olayotgan talabalarning umumkasbiy fanlar blogidagi - “Qishloq xo‘jalik ishlarini tashkil qilish texnologiyasi” fani bo‘yicha kasbiy faoliyatlarga innovatsion yondashish asosida tayyorlash holati tekshirildi, shuningdek, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining tayyorgarlik holati (bilimlari) tahlil qilindi;
- O‘quv jarayonida kompyuter va dasturiy ta’lim vositalarni qo‘llash tajribasiga ega bo‘lgan va ega bo‘lmagan talabalardan so‘rovnomalar o‘tkazildi;
- 60112300-Texnologik ta‘lim yo‘nalishi talabalariga innovatsion ta‘lim texnologiyalari asosida darslarni tashkil etish bo‘yicha, dasturiy ta‘lim vositalarni qo‘llashning mazmun-mohiyati, didaktik imkoniyatlari va metodikasini tanlash tamoyillarining tuzilmasi ishlab chiqildi va amalga oshirildi.
-“Qishloq xo‘jalik ishlarini tashkil qilish texnologiyasi” fanini o‘rganishdan oldin, talabalarning innovatsion texnika va texnologiyalar, dasturiy ta‘lim vositalaridan foydalanishga oid dastlabki bilim va ko‘nikmalari kirish test topshiriqlari asosida aniqlandi.
Umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishda siz qanday ko‘nikmalarga ega bo‘ldingiz degan savolga 90 % talaba va 10 % o‘qituvchilar qoniqarli javob berishdi. Bajarilgan topshiriq natijalari bo‘yicha talabalar ikkita kichik-kichik guruhlarga ajratildi: birinchi kichik guruhni fan bo‘yicha materialni o‘rganishga tayyor bo‘lgan talabalar jamoasi tashkil etdi (bu guruh talabalarining bilimlari darajasi 50% dan yuqori); ikkinchi kichik guruhni qo‘shimcha shug‘ullanish zarur bo‘lgan talabalar jamoasi tashkil etdi (bu guruh talabalarining bilim darajasi 50% dan past).
Tajriba - sinov ishi natijalari, tadqiq qilinayotgan muammo bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish bizga tadqiqot muammosini tavsiflovchi bir qator kamchiliklarni aniqlash imkonini berdi va bu tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilash hamda bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatiga innovatsion yondashish modelini, shuningdek talabalarning zamonaviy ta‘lim texnologiyalar bilan o‘qitilishining rivojlanishiga qaratilgan dasturiy ta‘lim vositalaridan foydalanish imkoniyatlari aniqlangan bo‘lib, - Qishloq xo‘jalik ishlarini tashkil qilish texnologiyasi” faniga oid bo‘lgan materiallar asosida elektron darsliklar ishlab chiqishga asos bo‘ldi.
Tajriba sinov ishining asoslovchi bosqichida dastlabki natijalarni aniqlash uchun pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari asosida anketa so‘rovidan foydalanildi. Aniqlangan natijalar talabalarda umumkasbiy fanlar bo‘yicha egallangan asosiy bilimlar, ta‘lim jarayonini samarali tashkil etishi uchun yetarli emasligini ko‘rsatdi.
Tajriba-sinov ishining dastlabki asoslovchi bosqichi natijalari tahlil qilinganda quyidagicha xulosalar chiqarish imkonini berdi: talabalar yetarlicha yuqori darajada ijodkorlik xususiyatiga ega, ammo ularda kasbiy bilimlarning kirish nazorati natijalari past ekanligi, yetarlicha bazaviy texnik tayyorgarlikka ega emasligi, shuningdek oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim olishning dastlabki bosqichida bo‘lajak kasbiy faoliyatiga tayyorgarligi, umumkasbiy fanlarning o‘rni va ahamiyatini innovatsion ta‘lim texnologiyalarisiz tasavvur qila olmasligidan dalolat beradi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, o‘qitishning ananaviy shakllari endilikda ta‘lim jarayonini innovatsion tashkil etish masalalarini (masalan, elektron va masofaviy ta‘limda) to‘la hal etishga qodir emas. Shunday qilib ta’lim tarbiya jarayonida -Texnologik ta‘lim yo‘nalishining samaradorligini oshirish uchun dasturiy ta‘lim vositalarini qo‘llash va ularni noananaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan integratsiyalash ilmiy-metodik asoslandi .
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, tadqiq qilinayotgan muammoda 60112300-Texnologik ta‘lim yo‘nalishining (DTS va malaka) talablariga va o‘tkazilgan anketa so‘rovi natijalariga asoslanib, umumkasbiy fanlar blogidagi -“Qishloq xo‘jalik ishlarini tashkil qilish texnologiyasi” fanini o‘qitish metodikasining oliy ta‘lim muassasalaridagi hozirgi holati kasbiy bilimlarni egallashlarini ta‘minlay olmasliklari aniqlandi.
O‘qitishning an’anaviy jarayonlari bugungi kunning innovatsion sharoitlariga mos emasligi asosida -Qishloq xo‘jalik ishlarini tashkil qilish texnologiyasi asoslanib, takomillashtiruvchi tajriba-sinov ishlari o‘tkazishga kirishildi va 2021- 2023 o‘quv yili davomida amalga oshirildi.
Oliy ta‘lim muassasalarining -Texnologik ta‘lim yo‘nalishi umumkasbiy fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni dasturiy ta‘lim vositalaridan foydalanib o‘qitish afzal deb topildi. Ushbu metodikaga asoslanib, ta‘lim oluvchilar tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Tajriba-sinov ishlari tajriba guruhida -Qishloq xo‘jalik ishlarini tashkil qilish texnologiyasi” fani bo‘yicha mashg‘ulotlar ishlab chiqilgan multimediaasosidsa, nazorat guruhlarida esa, yuqorida takidlangan fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlar ananaviy shaklda tashkil etildi. O‘quv jarayoni grafigini buzmaslik, talabalar uchun qo‘shimcha vaqtni talab qilmasligi bois tajriba-sinov ishlari rejadagi mashg‘ulotlar doirasida o‘tkazildi. Tajriba natijalariga ta‘sir etishi mumkin bo‘lgan omillardan yana biri, tajriba va nazorat guruhlari talabalarining boshlang‘ich bilim darajasidagi farqlar hisblanadi. Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni aniqlash uchun dastlabki mashg‘ulotni o‘tkazishdan oldin kirish nazorat testi o‘tkazildi. Natija shuni ko‘rsatdiki, har ikkala guruh talabalarining boshlang‘ich tayyorgarlik darajalari qoniqarli edi. Multimedia vositalari quyidagi natijalarni amalga oshirish imkonini berdi:
- Bo‘lajak texnologiya fani o‘qituvchilarining innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan foydalanib o‘qitish metodikasini ishlab chiqish, optimal imkoniyati borligini aniqlash;
- Ishlab chiqilgan multimedia vositalari asosida oliy ta‘lim muassasalari 60112300-Texnologik ta‘lim yo‘nalishi malaka talablarida belgilangan darajada ma‘lumotlarni egallash;
- Umumkasbiy fanlar blogidagi - “Qishloq xo‘jalik ishlarini tashkil qilish texnologiyasi” fanini o‘qitishning kompyuterli variantini joriy qilish, multimedia vositalari asosida o‘quv jarayonini tashkil qilishda vaqtdan unumli foydalanib, yangi o‘quv ma‘lumotlarni tejalgan vaqt hisobiga berish mumkinligi aniqlandi va bu jarayonlarni amalga oshirish imkoniga erishildi.

Yüklə 83,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin