Iii bob. Xususiy muvozanat


Monopolist mahsulotiga talab



Yüklə 74,05 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü74,05 Kb.
#211024
1   2   3   4   5   6
3-mavzu. Xususiy muvozanat

Monopolist mahsulotiga talab. Raqobatlashgan bozorda firma maksimal foyda oladi, agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa, .
Bunday mahsulot hajmi optimal bo‘ladi. Monopolist ham shu optimal ishlab chiqarish shartiga amal qilishi kerak bo‘ladi. Sof monopolist tovariga bo‘lgan talab ham bozor talabi hisoblanadi. Monopolist o‘z tovari narxini oshirsa unga talab kamayadi va aksincha, monopolist tovar narxini tushirsa unga talab ortadi.
Xuddi shunday sof monopolist taklifi ham bozor taklifi hisoblanadi. Masalan, tovar ishlab chiqarishning o‘zgaruvchan xarajatlari oshsa, monopolist maksimal foyda olish uchun tovar hajmini qisqartiradi. Taklifni qisqarishi tovar narxini oshiradi.
Raqobatlashgan bozorda firmaning chekli daromadi mahsulot narxiga teng va talab chizig‘i gorizontal bo‘lsa, monopol bozorda mahsulotga talab chizig‘i pastga yotiqroq va monopolistning chekli daromadi har doim narxdan kichik bo‘ladi (3.6-rasm).

3.6-rasm. Sof monopoliyada firmaning mahsulotiga talab, uning chekli va umumiy daromadi.
Monopol firmaning mahsulotiga talab bilan uning chekli va umumiy daromadi o‘rtasidagi bog‘liqliklarni quyidagi rasmda ko‘rish mumkin. Talab chizig‘ining elastik qismida chekli daromad bo‘lgani uchun monopolist mahsulot hajmini noldan, miqdorgacha oshirganda uning umumiy daromadi oshadi.
Talab chizig‘ining elastik bo‘lmagan qismida chekli daromad manfiy, ya’ni bo‘lgani uchun, talab chizig‘ining ushbu qismida ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy daromadni kamaytiradi. Shuning uchun ham monopolist talab chizig‘ining elastik bo‘lmagan qismidan qochishga harakat qiladi.
Agar monopolistning talab chizig‘i raqobatlashgan bozordagi singari gorizontal bo‘lganda edi, u tovar hajmini o‘zgartirishi bilan narxga ta’sir qila olmas edi. Monopollashgan bozorda taklif chizig‘i ma’noga ega emas. Nima uchun deganda, ishlab chiqariladigan mahsulot (taklif) miqdori bilan narx o‘rtasida proporsional bog‘liqlik yo‘q. Monopolistning qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarishi nafaqat chekli xarajatga bog‘liq, balki talab chizig‘ining shakliga ham bog‘liq bo‘ladi.
Monopol bozorda talabning o‘zgarishi narxning va taklifning raqobatlashgan bozordagiday proporsional o‘zgarishiga olib kelmaydi. Monopolist, talab o‘zgarganda mahsulot hajmini o‘zgartirmasdan narxni o‘zgartirishi yoki narxni o‘zgartirmasdan mahsulot hajmini yoki bir vaqtning o‘zida narxni hamda mahsulot miqdorini o‘zgartirish mumkin.
Monopolistning maqsadi maksimal foyda olish bo‘lsa, u tovar narxini xohlagancha oshira olmaydi. Narx oshishi bilan mahsulotga talab kamayib boradi, narx oshishi ma’lum darajaga yetganda umumiy daromad umumiy xarajatni qoplamaydi. Monopolist qanday narx strategiyasini tutishini bilish uchun daromadning narxga ko‘ra talab elastikligi bilan qanday bog‘liqligini eslash zarur bo‘ladi. Talab chizig‘ining elastic bo‘lgan qismida ( ) narxning pasayishi umumiy daromadni o‘sishiga olib keladi ( ), elastiklik birga teng bo‘lganda ( ) umumiy daromad maksimumga erishadi ( ), elastic bo‘lmagan qismida narxning pasayishi umumiy daromadni pasayishiga olib keladi ( ) . Shu sababli, monopolist talab chizig‘ining elastik bo‘lmagan qismida harakat qilmaydi.
Monopolist ham raqobatlashgan bozordagi firma kabi chekli harakat bilan chekli daromadni tengligini ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsagina maksimal foyda olishi mumkin (3.7-rasm).

3.7-rasm. bo‘lganda foydani maksimallashtirish grafigi.
Rasmda monopolistning o‘rtacha daromad chizig‘i bipor talabi chizig‘ini beradi. Mahsulot narxi shu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq funksiya. Grafikdan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi ga teng bo‘lganda chekli xarajat chekli daromadga teng bo‘ladi. Talab chizig‘idan foydalanib mahsulot hajmi ga mos bo‘lgan bir birlik mahsulotning monopol narxi ni aniqlaymiz. Ushbu ga teng bo‘lgan mahsulot hajmida foyda maksimal bo‘lishini ko‘rsatamiz. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda muvozanatlik E nuqtada erishiladi. Grafikda E nuqta muvozanat nuqta va unga mos keladigan ishlab chiqarish hajmi va narx .
Faraz qilaylik, monopolist ishlab chiqargan mahsulot miqdori bo‘lsin va u dan kichik , bu holatga mos keladigan narx ham dan yuqori va chekli daromad chekli xarajatdan katta .
Monopolist mahsulot hajmini dan oshirsa, u har bir birlik qo‘shimcha ishlab chiqargan mahsuloti uchun ga teng bo‘lgan qo‘shimcha foyda olishi mumkin, ya’ni u o‘zining umumiy daromadini oshirishi mumkin. Monopolist mahsulot hajmini oshirib, umumiy foydani oshirishi mumkin to mahsulot hajmi ga teng bo‘lgunga qadar, mahsulot hajmi ga teng bo‘lganda, keyingi qo‘shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan tushadigan daromad nolga teng, nima uchun deganda bo‘ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish hajmi ga teng bo‘lganda monopolistning umumiy foydasi rasmdagi shtrixlangan sohaga teng bo‘lgan miqdorga kamayadi.
Monopolist uchun miqdorda mahsulot ishlab chiqarish ham uning umumiy foydasini kamaytiradi. hajmda chekli xarajatlar chekli daromadlardan yuqori ( ). Agar monopolist ishlab chiqarish hajmini ga nisbatan kamaytirsa, u o‘zining umumiy foydasini ( ) miqdorga oshirgan bo‘lardi. Monopolist mahsulot hajmini dan ga qadar qisqartirishi natijasida umumiy foydani shtrixlangan soha miqdorida oshirishi mumkin. hajmdan keyin mahsulot hajmini qo‘shimcha birlikka qisqartirilishi umumiy foydani oshirmaydi ( bo‘ladi). Rasmda bilan va hamda chiziqlar oralig‘idagi soha monopolistik tomonidan kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarib o‘ta yuqori narxda sotish munosabati bilan yo‘qotiladigan foydani ifodalasa, mahsulot hajmi dan katta bo‘lgandagi va bilan oralig‘idagi soha nihoyatda ko‘p mahsulot ishlab chiqarib ( ) , past narxlarda sotilishi natijasida yo‘qotiladigan foydani ifodalaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi foydani maksimal qiladigan hajm ekanligini matematik nuqtayi nazardan ham ko‘rsatish mumkin. Umumiy foydani bilan belgilasak va bu munosabatdan bo‘yicha hosila olib, uni nolga tenglashtirib yechamiz:
. By yerda va bo‘lgani uchun ham foydani maksimallashtirish sharti yoki bo‘ladi.

Yüklə 74,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin