Iii-iv guruh kationlari. Guruh reagenti. Guruhning tibbiyotdagi ahamiyati. IV guruh kationlarini tahlil qilish sxemasi



Yüklə 81,88 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü81,88 Kb.
#208631
növüReferat
1   2   3   4   5   6
Iv guruh kationlari. Guruh reagenti. Guruhning tibbiyotdagi aham

Reaksiyani bajarish
3 ta probirka olib, birinchisiga bir nechta tomchi alyuminiy (III), ikkinchi probirkaga rux (II), uchinchisiga xrom (III) tuzi eritmasidan soling. Hamma probirkaga natriy gidroksididan qo’shib, oq amorf Al(OH)3, Zn(OH)2, Cr(OH)3 – ko’k–binafsha rangli Cho’kma ќosil bo’lishini kuzating. Ortiqcha ishqor eritmasidan qo’shish bilan ular erib ketadi. Ustiga NaCrO2 ustiga bir necha tomchi H2O2 qo’shib, suv hammomida isitiladi. 5-7 min keyin sariq rangli CrO4-2 –ni hosil qiladi.
Shu bilan birga alyuminiy, rux va xrom (III) tuzlari eritmasiga ammiak eritmasining ta’siri ham o’rganiladi.
Al3+(2s2p6) KATIONINING ANALITIK REAKSIYALARI
Ishqor va ammiak eritmasi bilan reaksiyasi (guruh reagentining ta’siriga qarang)
Al3++3NH3+3H2O=Al(OH)3+3NH4+
Al(OH)3+HNO3=Al(NO3)3+3H2O
Al(OH)3+NaOH=Na3[Al(OH)6]
Na3[Al(OH)3]=NaAlO2+2NaOH+2H2O
Alizarin – 1,2-dioksiantraxinon bilan reaksiyasi
Alyuminiy kationi alizarin va uning hosilalari bilan ammiakli sharoitda kam eriydigan, sirka kislotasi ta’siriga nisbatan barqaror bo’lgan, qizil rangli «alyuminiy laki»ni hosil qiladi. Bu reaksiyani bajarishga xrom, rux, qalay (II), temir (III) ionlari xalaqit beradi.


Alyuminiy ioni kuchsiz ishqoriy sharoitda alizarin bilan ichki kompleks birikmasini hosil qilib, bunda alyuminiy to’rt valentli bo’ladi.
Reaksiya tomchi usulida bajariladi.
Reaksiyani bajarish uslubi
Filtr qog’oziga kapillyar yordamida 1-2 tomchi alyuminiy tuzi eritmasidan tomizib, 1-2 min konsentrik ammiak eritmasi saqlangan idish og’ziga quying. Al+3 Al(OH)3 ga o’tadi. So’ngra bir tomchi alizarin tomizib, qaytadan ammiak saqlangan idish og’ziga Qo’ying. Hosil bo’lgan dog’ siyox rangga bo’yaladi. Qog’ozni quritib 2 mol/dm3 sirka kislotasi bilan ho’llab, gorelka alangasida quriting. Dog’ qizg’ish rangga bo’yaladi.
Kobalt (II) nitrati bilan reaksiyasi (farmakopik usuli).
Kobalt nitrati alyuminiy tuzlari bilan kuydirilishi natijasida «Tenar ko’ki» deb ataluvchi ko’k rangli kobalt alyuminatni hosil qiladi:
2Al(NO3)3 + Co(NO3)2 = Co(AlO2)2 + 8NO2 (g) + 2O2 (g)

Yüklə 81,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin