Reaksiyani bajarish Filtr qog’oziga tartib bilan 1-2 tomchidan alyuminiy va kobalt nitrati tuzlari eritmasidan tomiziladi. Qog’oz quritiladi va yondiriladi. Co(AlO2)2 ning hosil bo’lishi bilan bog’liq bo’lgan kulning rangiga e’tibor bering.
Cr3+(…3p63d3) KATIONINING ANALITIK REAKSIYALARI Ishqor va ammiak eritmasi bilan reaksiyasi (guruh reagentining ta’siriga qarang). Xrom (III) ionini xromat ionigacha oksidlanishi (guruh reagentining ta’siriga qarang). 2Cr3++2MnO4-+5H2O=Cr2O72-+2MnO(OH)2-+6H+ 2Cr3++3S2O82-+7H2O=Cr2O72-+6SO42-+14H+ 2[Cr(OH)4]-+3Br2+8OH-=2CrO42-+6Br-+8H2O
Nadxrom kislotasining hosil bo’lishi.
Xromat ioni – vodorod peroksidning sulfat kislotali erimtasida nadxrom kislotasini hosil qiladi:
2CrO42-+2H+ = Cr2O72-+ H2O
Cr2O72-+4H2O2 + 2H+ = 2H2CrO6 + 3H2O
Nadxrom kislotasining suvdagi eritmasi turg’un emas. Ba’zi organik erituvchilarda uning turg’unligi sezilarli darajada ortadi. Reaksiya xususiy bo’lib, hamma analitik guruh kationlari ishtirokida ham o’tkazish mumkin.
Reaksiyani bajarish Avvalgi tajribada hosil qilingan xromat eritmasi qaynatilib, sovuq suv oqimida sovitiladi. Ustiga 5 tomchi vodorod peroksid, 0,5 sm3 amil spirti yoki efir qo’shib, 1:4 bo’lgan sulfat kislotadan tomizing. Organik qatlam ko’k rangli bo’ladi.
Zn2+ (…3r63d10) KATIONINING ANALITIK REAKSIYALARI