Quduqqa bitta ishlatish tizmasini tushirilishini hisobga olgan holda, quduqning konstruksiyasini tanlashda ishlatish tizmasining sonini va har birining diametri aniqlanadi.
Quduqning konstruksiyasi: a-profili; b-quduq ustunida tizmanining markaziy joylashuvi; v-quduq konstruksiyasini grafik tasviri; g-quduqning konstruksiyasini ishchi tarxi.
Hamma mustahkamlash tizmalari qо‘llanilishi bо‘yicha quyidagiga bо‘linadi:
Yо‘llanma - birinchi quvur tizmasi yoki bir dona quvur, quduq
usti qismini burg‘ilash eritmalarining ta’sirida yuvilishdan va nurashdan himoya qiladi hamda eritmaning sirkulyatsiyasini ta’minlaydi. Ba’zida quduqlar ikkita yо‘llanma bilan mustahkamlanadi. Bunda qirqimning yuqori qismidagi qatlam loysimon tuproqlar kо‘rinishida yoki boshqa xususiyatlari bо‘lishi mumkin. Amalda yо‘llanma oldindan tayyorlangan shaxtaga yoki quduqqa tushiriladi va butun uzunligi bо‘yicha semetlanadi. Ba’zida yо‘llanma tog‘ jinsiga о‘q kabi urib kirgiziladi.
Konduktor–mustahkamlash quvurlari tizmasini, tog‘ jinsining yuqori qirqimi oralig‘ini ajratishda qо‘llaniladi, chuchuk suvli qatlamlarni ifloslanishdan himoyalaydi, otilmaga qarshi jihozlar montaj qilinadi va navbatdagi mustahkamlash tizmasi osib qо‘yiladi.
Oraliq (texnik) tizmasi - quduqlarni belgilangan chuqurlikgacha burg‘ilash zonalari bir-biriga mos kelmaganda ajratishda qо‘llaniladi.
Oraliq mustahkamlash tizmalarining quyidagi turlari mavjud:
- butunli quduqning tubidan usti qismigacha bekitiladi, oldingi oraliqni mustahkamligiga bog‘liq emas;