Iii ma’ruza. Quduq konstruksiyasi va uning elementlari Reja


- xvostovik konstruksiya faqat mustahkamlanmagan oraliqlarni va oldingi tizmaning bir qismini mustahkamlashda qо‘llaniladi



Yüklə 30,17 Kb.
səhifə2/13
tarix16.05.2023
ölçüsü30,17 Kb.
#114685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Iii ma’ruza. Quduq konstruksiyasi va uning elementlari-fayllar.org

- xvostovik konstruksiya faqat mustahkamlanmagan oraliqlarni va oldingi tizmaning bir qismini mustahkamlashda qо‘llaniladi;

- ichma-ich quvur-konstruksiya–maxsus oraliq mustahkamlash tizmasi, faqat murakkab qatlamlarni berkitishda qо‘llaniladi va oldingi tizma bilan ham keyingi oraliq tizmasi bilan ham hech qanday birikmaga ega bо‘lmaydi.

Mustahkamlash tizmasini seksiyali tushirish va quduqni dо‘m bilan mustahkamlashda:

- birinchidan og‘ir mustahkamlash tizmalarini tushirish muammosi amaliy yechimini topadi;

- ikkinchidan quduqning konstruksiyasi soddalashtiriladi, mustahkamlash quvurining diametri kichraytiriladi, quduq devori bilan tizma oralig‘idagi tirqish (zazor) kichrayadi, metallarning sarfi va tamponaj materiallarining miqdori qisqaradi, burg‘ilash tezligi oshadi va burg‘ilash ishlarining narxi kamayadi.

Murakkab sharoitda burg‘ilashda (stvolning egrilanishi, og‘nashlarning miqdori katta bо‘lganda) quduqning konstruksiyasida maxsus turdagi oraliq mustahkamlash tizmasining turi oldindan rejalashtiriladi.

Ishlatish tizmasi–eng sо‘nggi mustahkamlash quvuri, mahsuldor qatlamning oldingi tog‘ jinslarining qatlamidan ajratish uchun tо‘liq sementlanadi, quduqdan neft va gaz olish uchun hamda mahsuldor qatlamga eritma va gazni haydashda xizmat qiladi. Quduqning konstruksiyasini asosiy parametrlariga mustahkam-lash tizmasini soni va diametri, ularni tushirish chuqurligi, har bir oraliqni burg‘ilash uchun burg‘i diametri, tizmalarning orqasidagi tamponaj aralashmasining balandligi va miqdori, burg‘ilash eritmalarini siqib chiqarishni tо‘liq ta’minlash kiradi.

Quduqning konstruksiyasini ishlash quyidagi geologik va texnik-iqtisodiy omillarga asoslanadi:

a) tog‘ jinslarining joylashuvini geologik xususiyati, ularning fizik-kimyoviy xossalarini tasniflari, flyuid tarkibi, gorizontlarning mavjudligi, qatlamning harorati va bosimi hamda burg‘ilanadigan tog‘ jinsining gidravlik yorilish bosimi;


Yüklə 30,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin