Birinchi rasmda talab egri chizig’i mahsulotga bo`lgan individual talabni aks ettiradi. Tahlil uchun biz bozor talabiga, ya’ni aniq bir tovar yoki xizmatga bo`lgan individual talablarning yig’indisiga ta’rif berishimiz kerak.
Bozorda talabning hajmi har bir xaridorning har bir narxdagi talab hajmining yig’indisini tashkil etadi. Bozor talabining egri chizig ’i gorizontal joylashgan yakka talabning yig’indisi deb olinadi. Agar narx 2.00$ teng bo’lsa, Ketrinning talabi hajmi 2 ta muzqaymoq, Nikolasniki
Muzqaymoq
Katerina
Nikolas
Bozor
Rasm Bozor talabi individual talablar yig’ indisiga teng
Ikkinchi rasmdagi jadvalda shu bozorning ikkita sub’ekti; Katerina va Nikolasning muzqaymoqqa bo`lgan talabi ko`rsatilgan. Katerinaning talab grafigi u aniq bir narxdagi muzqaymoqni qaysi miqdorda xarid qilishini ko`rsatadi. Nikolasning talab grafigi esa u qancha muzqaymoqni sotib olishini ko`rsatadi. Har bir narxdagi bozor talabi ikkita sub’ektning talabini yig’indisini ifodalaydi.
Ikkinchi rasmdagi grafikda shu ikkita talab grafikiga tegishli egri chiziq ko`rsatilgan. Shunga e’tibor beringi, bozor talabi egri chiziqini olish uchun biz gorizontal holatda individual talabni ja’mini olamiz. Ya’ni, har bir narxda bo`lgan umumiy talab miqdorini olish uchun biz xar bir individual talab egri chizig’ining gorizontal o`qida joylashgan yakka ko`rsatkichlarni jamlaymiz. Bizni bozorning ishlashini tahlil qilish qiziqtirgani uchun, biz ko`pincha bozor talabining egri chizig’i bilan ishlaymiz. Bozor talabining egri chizig’i tovarga bo`lgan umumiy talab miqdori narxlar o`zgarishi va boshqa doimiy sharoitlardagi o`zgarishini ko`rsatadi.