Iii mavzu: talab va taklif. Bozor muvozanati reja Bozorlar va raqobat Talab va taklif Tayanch so’z va iboralar



Yüklə 73,71 Kb.
səhifə3/4
tarix24.10.2023
ölçüsü73,71 Kb.
#161055
1   2   3   4
3-Mavzu MI

2.Talab va taklif
Biz bozorlarni o`rganishni xaridorlarning o`zini tutishini o`rganib chiqishdan boshlaymiz. Diqqatimizni muzqaymoq savdosiga qaratamiz.
Talab egri chizig’i: narx va talab miqdorining o`zaro bog’liqligi
Har bir tovarni talab miqdori – bu xaridorlar xohlagan va sotib olishi mumkin bo`lgan tovarlar sonidir. Biz ko`rishimiz mumkinki, talab miqdori ko`p omillar bilan aniqlanadi, ammo bozor ishlashini tahlil qilganda shuni bilishimiz mumkinki faqat bitta omil – tovarning narxi hal qiluvchi o`rin tutadi. Agar bitta pufakning narxi 20$ gacha ko`tarilsa, siz kamroq pufakchalarni xarid qilasiz. Agar pufakning narxi 0.20$gacha tushib ketsa, siz ko`proq pufakchalarni xarid qilasiz. Iqtisodiyotda ko`p tovarlar uchun narx va talab miqdorining o`zaro munosabati haqiqiydir va u shunchalik katta hajmga egaki, iqtisodchilar buni talab qonuni deb ataydilar: boshqa bir xil sharoitlarda tovarning narxi ko`tarilsa unga bo`lgan talab miqdori kamayadi, va aksincha tovarning narxi tushganda unga bo`lgan talab miqdori ko`payadi.



R asm


Talab grafigi va talab egri chizig’ i

Talab grafigi – bu har bir narxda bo’ lgan talabning hajmini ko’ rsatuvchi jadval. Talab egri chizig ’ i narxning o’zgarishidagi talabning hajmi o’zgarishini ko’ rsatadi. Past narx talabning hajmini ko’ payishiga olib keladi, demak talab egri chizig’ i pastga qarab





Birinchi rasmda Katerina har oyda nechta muzqaymoq va qanday narxda sotib olishi ko`rsatilgan. Agar muzqaymoq tekin bo`lsa, Katerina oyiga 12 ta muzqaymoq yeydi. Muzqaymoqning narxi 0.50$ bo`lsa, Katerina oyiga 10ta muzqaymoq iste’mol qiladi. Narxni ko`tarilishiga qaragan holda u borgan sari kam muzqaymoq sotib oladi. Narx 3.00$ yetgan zahoti Katerina muzqaymoqni xarid qilishni to`xtatadi. Bu rasm talab grafigini, ya’ni boshqa omillar ta’sirida bo`lmagan tovarning narxi va talab miqdori o`zaro munosabatini ko`rsatadi.

Birinchi rasmda talab qonunini namoyon qilish uchun jadvaldan olingan sonlar ishlatiladi. Shartli ravishda, muzqaymoq narxi vertikal o`qida ko`rsatiladi, talab miqdori esa gorizontal o`qida ko`rsatiladi. Pastga qarab ketayotgan chiziq narxni va talab miqdorini o`zaro bog’laydi va u talab egri chizig’i deb nomlanadi.



Yüklə 73,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin