Iii mavzu. Xonliklar davri va ularning tashqi aloqalari



Yüklə 206,64 Kb.
səhifə10/11
tarix17.09.2023
ölçüsü206,64 Kb.
#144554
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3 mavzu

Adabiyot. Qo‘qon xonligi madaniy hayotida adabiyotning o‘rni ayniqsa yuqori edi. Shuning uchun adabiyot rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan Qo‘qon adabiy muhitining shakllanishi xonlikda madaniyat taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo‘ldi.
Iste’dodli shoir va shoiralar, yozuvchilar, ya’ni o‘z ilmining ustalari tomonidan shakllangan Qo‘qon adabiy muhitining o‘ziga xos xususiyati – unigng vakillari ikki yo‘nalishda ijod qilganliklaridadir. Birinchi yo‘nalishga mansub ijodkorlar saroy shoirlari bo‘lib, ularning asarlarida boy tabaqa vakillari madh etilgan. Ikkinchi yo‘nalish vakillarining asarlarida esa xalqning orzu umidlari, intilishlari, dardu-hasratlari o‘z ifodasini topgan. Har ikkala yo‘nalish vakillarining umumiy jihati ham mavjud bo‘lib, bu ularning asarlarida Vatan timsoli , unga muhabbat hissining ilgari surilganligidir.
Qo‘qon adabiy muhitining vakillari va asarlaridan Amiriy taxallusi bilan falsafiy va lirik g‘azallar bitgan Umarxonni, Fazliy va Mushrif tomonidan yozilgan “Majmuat ush-shuaro”(“Shoirlar to‘plami”) tazkirasini, Huvaydoning “Devoni Huvaydo”, “Rohati dil” asarlarini, Gulxaniy va Maxmur asarlarini, Muhammad Yunus Toib, Muhsiniy, Nasimiy, Xo‘qandiy, Nodir, Nozil, Pisandiy, Nodirabegim, Uvaysiy, Anbar otin, Dilshod, Zebuniso kabi ko‘plab shoir va shoiralarnini keltirish mumkin.
Tadqiqotchilarning fikricha, Qo‘qon xonligidagi adabiy muhit va madaniy hayotni shakllantirishda temuriylar davriga taqlid yaqqol ko‘zga tashlanadi. Buni hukmdor Umarxon davrida shakllangan, uning boshchiligida faoliyat ko‘rsatgan adabiy muhit va adabiyot namoyondalari misolida, yaratilgan asarlarning shakli va janrlarida ko‘rish mumkin. Madaniy hayot va adabiy muhitda ham ming sulolasini ulug‘lashga intilish ustunlik qildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Qo‘qon xonligi nohoyatda murakkab, siyosiy kurashlar avj olgan bir davrda vujudga kelib, shakllandi. Chunki, xonlik tashkil topgan davr O‘rta Osiyoda buyuk imperiyalar davri o‘tib, mahalliy yo‘lboshchi sulola vakillari turli yo‘llar bilan hokimiyatni qo‘lga olib, qabilaviy konfederatsiya asosida davlat tuza boshlagan davrga to‘g‘ri keldi. Urushlar va o‘zaro kurashlarga boy bo‘lgan Qo‘qon xonligi davlat boshqaruv shakliga ko‘ra mutlaq monarxiya bo‘lib, mamlakatda mulkdor tabaqalar, yetakchi urug‘lar (ming, qipchoq, qirg‘iz, saroy)larning zodagonlari, ruhoniylar, ayniqsa sayyidlar va xo‘jalar yuksak maqomga ega edilar.
XIX asr o‘rtalaridagi siyosiy boshboshdoqlik, o‘zaro urush va nizolar mamlakat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, Qo‘qon xonligi hayotining barcha sohalarida tushkunlik davri boshlanadi. Bundan unumli foydalangan Rossiya imperiyasi “o‘z chegaralarida” tinchlikni o‘rnatish bahonasida xonlik hududlarini bosib oldi va uning o‘rniga 1876 yilda Farhona viloyati tashkil topdi. Shunga qaramasdan, Qo‘qon xonligi mintaqadagi yirik davlatlardan biri sifatida o‘ziga xosliklarga ega bo‘lib, O‘zbekiston davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 206,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin