VI.Mehnat muhofazasi. Mikroiqlimning inson organizmiga ta’siri Ishlab chiqarish binosining mikroiqlimi xodimga katta ta’sir ko’rsatadi. Tavsiya etish mazmundan mikroiqlimning ayrim o’lchamlarining chetga chiqishi mehnatga layoqatni sustlashtiradi, xodimning hissiyotini yomonlashtiradi va kasbiy kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Havo xarorati. Past xarorat organizmning sovib ketishga hamda shamollash kasalliklari chiqishiga sabab bo’ladi.
Yuqori xaroratda – organizm qizib ketadi, juda ko’p miqdorda terlaydi, mehnatga layoqat sustlashadi. Ishchi e’tibori sustlashib, baxtsiz xodisaga olib kelishi mumkin.
Havoning yuqori namligi teri va o’pkaning ustki qismidan namlikning buғlanishini qiyinlashtiradi va oғir – oqibatda organizmning termoregulyastiyasi buzilishiga, inson axvolining yomonlashuvi, mehnatga layoqatlilikning sustlashuviga olib keladi. Past namlikda (< 20%) – Yuqori nafas yo’llarining shilliq pardalari qurib qolishi kuzatiladi.
Havo xarakati tezligi. 0,15 m/sek.da havoInson xarakatini seza boshlaydi. Havo oqimining xarakati uning xaroratiga boғlik. 360 S > t da oqim insonga salqinlatuvchi ta’sir, 400 S < t da noqulay, yomon, salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Mikroiqlim ko’rsatkichlari
Mikroiqlim ishchi xududda ishchilarning doimiy va yoki vaqtincha turgan joyidan 2 m balandlikda baholanadi.
Eng qulay sharoitlar – termoregulyastiya mexanizmlari kuchlanishisiz organizmning normal issiqlik ahvolini ta’minlovchi hamda uzoq va muntazam insonga ta’sir qiluvchi mikroiqlim o’lchamlarining yiғindisi. Ular mehnatga qobiliyatlilikning yuksak saviyasi uchun shart – sharoit yaratadi va issiq - qulay komfort sezuvchanlikni ta’minlaydi.
Insonga uzoq muntazam ta’sir etishda termoregulyastiya mexanizmlari- kuchlanishi bilan davom etadigan organizmning issiqlik xolatida darhol normallashuvchi o’zgarishlar chaqiradigan mikroiqlim o’lchamlari yiғindisi yo’l qo’yiladigan iqlim sharoitlari deb qaraladi. Bunday holda organizmga shikast etmaydi yoki salomatlikning ahvoliga zarar bo’lmaydi, biroq diskomfort issiqlikni sezish, inson o’zini yomon his qilishi va mehnatga layoqati pasayishi (sustlashishi) mumkinligi kuzatiladi.
Xonani tanlash
Xona keng, me’yorida yoritilgan va havosi oson almashtiriladigan bo’lishi kerak. Yorqin quyosh nurlari monitorga salbiy ta’sir etadi.Qoronғi xonada faqat ish joyini yoritish ham maqsadga muvofiq emasdir.Stolni shunday joylashtiring-ki, deraza oynasi qarshingizda bo’lmasin. Agar buning iloji bo’lmasa, u holda qalin parda yoki jalyuzi sotib oling, shunda derazadan tushayotgan yoruғlik sizga halal bermaydi. Agar oyna yon tomonda bo’lsa, yana parda yoki jalyuzi joningizga oro kiritadi. Chang va issiqliq salomatlikka putur etkazibgina qolmay, texnikaga ham yomon ta’sir o’tkazadi, shuning uchun xonaga qondistioner o’rnatgan ma’qul.
Elektr tokining odamga ta’siri
Elektr jixozlari ishlatishi va tuzilish vaqtida odam elektr toki kuchlanishi ta’siri ostida qolishi mumkin.
Kuchlanishga ko’ra elektr qurilmalari 1000 V ga va 1000 V dan yuqori kuchlanishli qurilmalarga ajratiladi.
Ishlab chiqarish industrgiyasining yanada rivojlanishi mamlakatimizning energiya bilan ta’sirlanganlik darajasining ustiga chambarchas boғlikdir. Ishlab chiqarish korxonalarida mexanizastiyalash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish keng joriy qilinmokda.Elektr qurilmalariga xizmat ko’rsatish boғliq turli ixtisosliklarda ishlovchi ishchilar soni ko’payib bormoqda. Binobarin, ularning elektr tokidan shikastlanishi ehtimoli ham ortib bormokda.Shu bois inson organizmiga elektr tokining ta’sirini o’rganish elektr tokidan shikastlanishi sabablarini tahlil kilish ishlab chiqarishda xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish uchun juda muximdir.