6-amaliy mashgʻulot
OʻLCHASH VOSITALARINI QONUNCHILIK TALABLARIGA
MUVOFIQLIGINI TASDIQLASH
Mahsgʻulotning maqsadi:
Berilgan oʻlchash vositalari bilan tanishish va ularning
qonunchilik talablariga muvofiqligini tasdiqlash. Umumiy xulosa berish.
Nazariy ma’lumotlar
Yangi tahrirdagi “Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunning 16-moddasi “O‘lchash
vositalari va sinov vositalari” deb nomlangan boʻlib, unda quyidagilar belgilab berilgan:
“Foydalanishda boʻlgan oʻlchash vositalari va sinov vositalari oʻlchash
natijalarining belgilangan aniqlikdagi qonuniylashtirilgan birliklarda boʻlishini
ta’minlashi va qoʻllash shartlariga mos kelishi kerak.
O‘lchash natijalarining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ruxsat etilmagan
sozlash va aralashuvlarning oldini olish maqsadida oʻlchash vositalarining
konstruksiyasi oʻlchash vositalarining funksional qismlariga (shu jumladan dasturiy
ta’minotga) kirish cheklanishini ta’minlashi kerak.
Quyidagilar texnik vositalar, qurilmalar, moddalar va (yoki) materiallarning
oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi:
qiymatlari ma’lum vaqt davomida oʻzgarmas deb qabul qilinadigan normalangan
metrologik xususiyatlarga va texnik tavsiflarga ega boʻlishi;
oʻlchash natijalarining belgilangan aniqlikda qonuniylashtirilgan birliklarda
boʻlishini ta’minlash qobiliyati, shuningdek sinov natijalarining ishonchliligi;
mexanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron prinsiplarda ishlashi.
Quyidagi hollarda texnik vositalar oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari
hisoblanmaydi:
indikator funksiyasiga ega boʻlganda;
natijalari oʻlchash va (yoki) sinov hisoblanmaydigan, faqat dastlabki baholash
uchun foydalanilganda;
faqat oʻlchash va (yoki) sinov natijalari haqida axborot uzatish funksiyalarini
bajarganda”.
Oʻlchash vositalariga nisbatan qoʻyiladigan majburiy talablar quyidagi me’yoriy-
huquqiy dalolatnomalar orqali oʻrnatiladi:
- “Metrologiya toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni;
- Oʻlchash vositalariga nisbatan majburiy talablar belgilangan boshqa qonunlar va
qonun hujjatlari;
- “Oʻlchash vositalarini sinovdan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM ning 2020 yil
29-avgustdagi 528-son qaroriga 1-ilova);
- “Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR
VM ning 2020 yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 2-ilova);
- “Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM ning 2020
yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 3-ilova);
- “Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM
ning 2020 yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 4-ilova);
- “Oʻlchash vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR
VM ning 2020 yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 2-ilova);
- “Oʻlchash vositalarini kalibrlashdan oʻtkazish qoidalari” (OʻzR VM ning 2020
yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 2-ilova);
- “Oʻzbekiston Milliy metrologiya institutining Ustavi” (2019 yil);
- “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida
davlat boshqaruvini tubdan
takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2
iyundagi PF-6240 sonli Farmoni;
- aniq oʻlchash vositalariga nisbatan ishlab chiqilgan ekspluatatsion va texnik
hujjatlar va boshqalar.
Topshiriq. Talabalar berilgan oʻlchash vositalari
namunalarining qonunchilik
talablariga mosligini baholashadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.
“Metrologiya toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra oʻlchash vositalari va sinov vositalari
qanday shartlarga mos kelishi kerak?
2.
Oʻlchash vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini
ayting.
3.
Qanday hollarda texnik vositalar oʻlchash vositalari va (yoki)
sinov vositalari
hisoblanmaydi?
4.
Oʻlchash vositalariga nisbatan qoʻyiladigan majburiy talablar qanday me’yoriy-
huquqiy dalolatnomalar orqali oʻrnatiladi?